Bog'liq tortuvchi nimstantsiya fanidan tortuvchi nimstantsiya. (1)
Qisqa tutashtirgichlar . Fazalarni sun’iy ravishda qisqa tutashtirish uchun mo`ljallangan jixoz qisqa
tutashtirgich deb ataladi. Qisqa tutashtirgichlar yuqori kuchlanish tomonida uzgichlari bo`lmagan
podstansiyalarda transformatorning ichi shikastlanganda ta’minlash uzatgichda qisqa tutashuv hosil qilish
uchun ishlatiladi.
Qisqa tutashtirgich-elektr zanjirlarda sun’iy qisqa
tutashuv
hosil
qilish
uchun
mo`ljallangan
kommutasion
jixozdir.
Qisqa
tutashtirgichlar
podstansiyalarning
soddalashtirilgan
sxemalarida
shikastlangan
transformatorlarni
ta’minlovchi
liniyaning himoyasi orqali uzishni tashkil etish uchun sun’iy qisqa tutashuv hosil qilib beradi. 35 kVli
qurilmalarda qisqa tutashtirgichlar 2 ta qutbli qilib bajariladi, bunda sun’iy ikki fazali qisqa tutashuv hosil
qilinadi, 110 kV va undan yuqoriroq kuchlanishlarda qisqa tutashtirgichlar bitta qutbli bajariladi.
Qisqa tutashtirgich yuritmasining prujinali mexanizmi bo`lib, u yerga ulangan pichoqlarni kuchlanish
ostidagi qo`zg`almas kontaktga ulashni ta’minlab beradi. Yuritmaning ishlashi uchun impul’s rele
himoyasidan beriladi, uzish qo`lda bajariladi. qisqa tutashtirgichni ulash paytida elektr yoyi hosil bo`lishini
oldini olish maqsadida pichoqlarni yuqori harakat tezligini ta’minlab berish zarur. Mavjud konstruksiyalarda
qisqa tutashtirgichlarning ulanish vaqti 0,12-0,25 soniyani tashkil etadi.
Qisqa tutashtirgichlar 35kV, 110kV va 220kV nominal kuchlanishlarga mo`ljallab chiqariladi.
Qisqa tutashtirgich avtomatik yuritmali yerga ulovchi vertikal ajratgich ko`rinishidagi bir qutbli jixozdir.
Qisqa tutashtirgich uchta ISHD–35 izolyatoridan tuzilgan ustun 5 dan payvandlab yasalgan asos 4 dan;
chiziq ulanadigan qisqich 6 yuqori kontakt 7 dan; yerga ulanish shinalari 11 ulanadigan qisqich 8 li
novsimon pichoq 9 dan iboratdir. Asos 4 ning shvellerlari orasida jixozning prujinali mexanizmi joylashgan.
Qisqa tutashtargich SHPK tipidagi yuritma 1 yordamida boshqariladi. qisqa tutashtirgich quyidagicha
avtomatik tarzda ulanadi: sun’iy qisqa tutashuv bo`lganda releli himoya ishlab yuritmani ishga tushiradi;
prujinali mexanizm ta’sirida qisqa tutashtirgich avtomatik ulanadi. qisqa tutashtirgichni elektromagnit
yuritmasi ichiga o`rnatilgan o`zakka ta’sir qilib qo`l bilan ham ulash mumkin. Qisqa tutashtirgichni uzish va
mexanizm prujinasini burab qo`yish faqat qo`lda bajariladi.
Qisqa tutashtirgichlarni transformatorning releli himoyasi ishga tushiradi va uning ishlashi natijasida
hosil qilingan qisqa tutashuv toklaridan esa releli himoyani ishga tushirish va elektr uzatgich boshida, ya’ni
energiya beruvchi podstansiyada o`rnatilgan uzgich bilan uzatgichni tez uzib qo`yish uchun foydalaniladi.
Avtomatik ajratgich konstruksiyasi jihatdan ajratgichdan deyarli farq qilmaydi, faqat unda uzish uchun
prujinali yuritmasi bo`ladi. Avtomatik ajratgichni ulanishi qo`lda bajariladi. Ular toksiz pauza vaqtida
kuchlanishsiz zanjirlarni va transformatorlarni magnitlash toklarini uzish uchun xizmat qiladi.