Mikroiqlim kattaliklarining kishi organizmiga ta’siri
Ma’lumki, kishi organizmi uzluksiz ravishda issiqlik ajratib chiqaradi,
bu issiqlikning miqdori ma’lum mikroiqlim sharoitida mushaklar ishining
jadalligiga bog‘liq. Tinch holatda turganda kishi organizmi о‘rta hisobda
70 kkal/soat issiqlik chiqaradi. Organizmga tushadigan yukning ortishi
bilan ajralib chiqadigan issiqlik miqdori ham ortadi. Odam bajaradigan
barcha ishlar og‘irlik darajasi bо‘yicha uch kategoriyaga bо‘linadi:
I.
Yengil ishlar: Bularga asosan, о‘tirib bajariladigan, turib yoki yurib
bajariladigan, lekin muntazam ravishda zо‘riqish talab qilmaydigan
yoki yuk kо‘tarishni talab qilmaydigan ishlar kiradi. (energiya sarfi 172
Dj/sek yoki 150 kkal/soatgacha).
II.
О‘rtacha og‘irlikdagi ishlar: ularga doimo yurib bajariladigan, tik
turgan holda bajariladigan va yuklarni tashish bilan bog‘liq bо‘lmagan
ishlar kiradi. (energiya sarfi 172-232 Dj/sek 150-200 kkal/soat).
III.
О‘rtacha og‘irlikdagi ishlar. Bularga yurib va unchalik og‘ir bо‘lmagan
yuklarni (10 kg gacha) tashish bilan bog‘liq ishlar kiradi. energiya sarfi
232-295 Dj/sek yoki 200-250 kkal/soat).
6
IV.
Og‘ir ishlar: Bularga surunkali ravishda zо‘riqish bilan, doimo salmoqli
og‘irlikdagi yuklarni (10 kg dan ortiq) tashish bilan bog‘liq ishlar kiradi
(energiya sarfi 295 Dj/sek yoki 250 kkal/soat dan ortiq).
Organizmagi fiziologik jarayonlarni me’yorda borishi uchun atrof-
muhit ajralib chiqayotgan issiqlikni о‘ziga qabul qilish xususiyatiga ega
bо‘lishi kerak. Organizm ajratib chiqarayotgan issiqlik miqdori va atrof-
muhitning sovutish xususiyatiga mos tushishi uning nufuzini belgilaydi.
Agar kishi yuqori ish unumdorligiga erishgan holatda ham yaxshi
kayfiyatini ta’minlansa, bunday mikroiqlim sharoit komfort ya’ni eng
qulay sharoit hisoblanadi. Ma’lumki, kishi organizmi termoregulyatsiya,
ya’ni о‘z haroratini boshqara bilish xususiyatiga ega. Bu asosan quyidagi
uch xil yо‘l bilan amalga oshiriladi: bioximik, qon aylanish
intensivligining о‘zgarishi va terlash.
Bioximik termoregulyatsiya organizmda kechadigan jarayonlarning
jadalligi о‘zgarishi natijasida sodir bо‘ladi. Qattiq sovuq yeganda mushak-
larning titrashi organizmning issiqlik ajratib chiqarishini 150-200 Vt/s
gacha oshirishi aniqlangan. Organizm qizib ketganda issiqlikni atrof-
muhitga berishi ortadi. Bu teri qon tomirlarining kengayishi va ularga
qonning kо‘p miqdorda oqib kelishi natijasida sodir bо‘ladi va aksincha,
organizm sovub ketganda teri qon tomirlarining torayishi ularga qonning
kam oqib kelishi tufayli tashqi muhitga issiqlik berish kamayadi.
Kishi terlaganda, namlikning bug‘lanishi natijasida terining yuzalari
issiqlikni yо‘qotadi. Komfort sharoitda issiqlik uzatish miqdori issiqlik
paydo bо‘lish miqdoriga tengdir. Soddaroq qilib aytganda organizm
qancha issiqlik chiqarsa shuncha miqdordagi issiqlikni, tashqi muhitga
beradi. Shuning uchun kishi organizmining harorati doimo 36,0-36,6 °C
miqdorda saqlanadi. Agar issiqlik muvozanati buzilsa, kishi о‘zini yomon
his qiladi.
Masalan, agar issiqlik uzatish issiqlik ajratib chiqarishdan kam bо‘lsa,
organizmda issiqlik yig‘ilib u qizib ketadi. Yoki, issiqlik uzatish, issiqlik
ajratib chiqarishdan kо‘p bо‘lsa organizm sovib ketadi. Organizmning
qizib yoki sovib ketishi, uning ish faoliyatiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi, ish
unumdorligini pasaytiradi, hamda kasallik yoki baxtsiz hodisalarga sabab
bо‘lishi mumkin.
Ishchilarning
komfort
hissiyoti
sex
havosining
mikroiqlim
parametrlarini tanlashga bog‘liqdir. Sanoat korxonalarini loyihalash
meyorlari sexda bajariladigan ishning tabiatini, bajarilayotgan ishning
og‘irlik darajasini va yil faslini hisobga oladi. Ishlab chiqarish sexlaridagi
mikroiqlim sharoit kо‘pgina hollarda nafaqat komfort talablarni, shu bilan
birga texnologik jarayonni zarur shart-sharoitlarini ham qoniqtirishi kerak.
7
Mikroiqlim - kattaliklari bu jarayonning bajarilishiga yordam beradi, yoki
tо‘sqinlik qiladi. Agar texnologik talablar bо‘yicha tanlangan mikroiqlim
kattaliklar komfort shart-sharoitga yoki sanitariya talablariga mos
tushmasa, sexda ishlovchilarga alohida komfortli zonalar tashkil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |