O`zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi va tarixni


Vatan tarixini o`qitishning ahamiyati



Download 26,21 Kb.
bet2/3
Sana30.06.2022
Hajmi26,21 Kb.
#720909
1   2   3
Bog'liq
Документ (2)

Vatan tarixini o`qitishning ahamiyati
Taraqqiy etgan millatlarning o`z tarixini yaxshi bilishi va qadrlashi, tarixiy yodgorlik va obidalarini e'zozlashi ko`z qorachig`idek asrashining ko`pgina sabablari bor. Bu eng avvalo, tarix insoniyat paydo bо`lganidan to hozirgacha davom etib kelayotgan ijtimoiy jarayon oynasi ekanligi bilan bog`liqdir. Ikkinchidan esa, butun insoniyat shu tarixga qarab. o`z o`tmishi va borligini anglaydi, kelajak rejalarini belgilaydi.
Boshqacha bir ma'noda tarix buyuk faylasuf va donishmanddir. Uning mana shu dono falsafasini to`g`ri anglagandagina, xalqlar o`z kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratadi.
Xristian (nasroniy)lik falsafasi asoschisi AAvgustian (354-430-y.) hozirgi eramiz boshidayoq, ya'ni bundan bir ming olti yuz yil oldin tarixning xalq va millatning taqdirida tutajak o`rnini ko`rsatib, shunday degan edi; "G`aflatda yotgan xalqni uyg`otish uchun avvalo, uning tarixini uyg`ot".
XII asrning buyuk allomasi Shahobiddin Muhammad al-Nasaviy ham bu fikrni o`zining quyidagi to`rtligida yanada teran ma'noda mana bunday bayon etadi:
Kimki tutmas qalbida tarixni,
U inson ham emas, olim ham emas.
Biroq kimki uqsa o`tmishini,
Ko'p boyitar o`z tunnushini.
Salkam bir yarim asr hukraronlik qilgan chor va kommunistik bosqinchilar tarixning jamiyatda va millat hayotida tutgan o`rnini to`g`ri anglab, ongli ravishda tariximizni qoraladi, soxtalashtirdi, millat tarixiy xotirasini o`chirib, uni abadiy, qalban ma'naviy qaramlikka moslab tarbiyalashga harakat qildilar.
Shu o`rinda, Farg`ona harbiy gubernatori M.A.Skobelovning ushbu wovinistik shiorga araal qilganligini aytib o`tish joizdir: "Millatni yo`q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san'atini, tilini yo`q qilsangiz bas, tez orada o`zi adoyi tamom bo`ladi".
Mustamlakachi kommunistik partiya tomonidan mahalliy millatlar tarixiga nisbatan olib borilgan siyosat, uning Siyosiy byurosi topshirig`i asosida SSSR Davlat xavfsizlik qo`mitasi (KGB)sining 1947-yilda mutlaqo maxfvylikda ishlab chiqqan ko`rsatmasida o`z aksini quyidagicha topgan edi: "Tarix darslarida o`tmishdagi siyosatdonlardan kimlar vatan ravnaqi uchun xizraat qilishgani yoki xizmat qilishga urunishgani xaqida gapirish mumkin emas, e'tiborni faqat podsholar zulmi va ularga qarshi qaratilgan xalq kurashiga burmoq lozirn".
Shuning uchun ham o`tgan chorakam bir asrlik kommunistik mustamlaka davrida O`zbekiston tarixi tahqirlandi, soxtalashtirildi, xalq ta'limi sohasida o`qitiladigan fanlar tizimiga fan sifatida kiritilmadi. Faqat. maktabning 5-sinflaridagina "O`zbekiston tarixidan hikoyalar" degan "hikoyalar" predmeti o`qitildi. Bundan asosiy maqsad xalqimizda o`z o`tmishiga nisbatan nafrat ruhini tarbiyalash va teskari tarixiy xotirani shakllantirishdan iborat bo`ldi. Bu mash'um siyosatning "samarasi" o`laroq muborak istiqlolning dastlabki yillarida ayrira koramunistik mafkuraga berilgan katta tarixchi olimlar O`zbekiston tarixini oliy o`quv yurtlarida o`qitilishiga har xil bahonalar bilan qarshilik ko`rsatdilar. Bu antiqa "qarshilik" to 1993-yilning sentabrigacha davom etdi. Mana shu o`quv yilidan boshlab Vatanimiz tarixi tarixda birinchi bor oliy o`quv yurtlarida o`qitiladigan fanlarning orasida o`zining qonuniy o`rni va nufuziga ega bo`ldi.
O`zbekiston hukumati mustaqillikdan so`ng Vatan tarixi haqida odilona siyosat yuritdi. Uning millat ma'naviyati va mafkurasi, xalqj ta'limida tutgan o`rniga yuksak baho berib, uni davlat siyosatining ustivor yo`nalishlaridan biri darajasiga ko`tardi.
O`zbekiston tarixi - hozirgi buyuk va muqaddas istiqlolimiz ila bir yarim asrlik mustamlakachiiik g`aflat uyqusidan ko`z ochib uyg`ongan xalqimiz istiqbolimizni belgilashda, zamonaviy mutaxassis kadrlarni tayyorlashda eng zaruriy dasturilamaldir,
Umuman, Ona tarixni o`qitish va o`rganish hozirda avj olib rivojlanayotgan islohotchilik va yangilanish harakati davrida ijtimoiy zaruriyatgina emas, balki hayotiy ehtiyojga aylangan. Bu ehtiyoj rnilliy ma'naviy-mafkuraviy uyg`onish, madaniy va iqtisodiy. yuksalishlarga bо`lgan ehtiyojlarning bosh mezoni hisoblanadi. Tarixga bо`lgan millat ehtlyojining qondirilishi taraqqiyot va milliy uyg`onishning asosidir.
Haqqoniy yozilgan Vatan tarixini o`rganish va o`qitish shuning uchun ham kerakki, u soxta tarixiy tushuncha va tarixiy xotirasizlikka barham beradi, milliy g`oya va mafkura takomillashuvini tezlashtiradi. Vatan tarixini o`qitish va o`rganish yana shuning uchun ham zarurki, xalqimiz undan ruhiy quvvat olib, dushmanga bosh egmaslik, qayta mustamlaka qopqoniga tushmaslik, boshqalarga bo`ysinmaslik, begona e'oya va mafkura hamda zug`umlar ta'siriga berilmaslik ma'naviyatiga ega bo`ladi. Tarixni mukammal bilish, uning mazmun va mohiyati, falsafasini teran anglash millat uchun yuksak fazilat.
O`zbekiston tarixi fani oldida turgan asosiy vazifa quyidagilardan iboratdir: 
Download 26,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish