76-savol:
O‘zbekiston iqtisodiyotidagi chuqur tarkibiy o‘zgarishlar. (Mahalliylashtirish, tayyor mahsulot
ishlab chiqarish, jamoaviy uslubni rad etish, yangi texnologiyalar, infratuzilma)
Zamonaviy mahsulot turlarini ishlab chiqarish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar tufayli
so‘nggi yillarda respublikamizda sanoat mahsulotlari va xalq iste'mol mollarining ko‘plab yangi
turlarini ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yildi. Ushbu ro‘yxatga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
qayta ishlaydigan mini asbob-uskuna va jihozlar, nasoslar, kabel-o‘tkazgich maxsulotlari va
yuqori kuchlanishli jihozlarning zamonaviy turlari, turli yengil avtomobillar va og‘ir texnikalar
uchun radiator va filtrlar, televizor, konditsioner, sovutgich, uyali aloqa vositalari kabi mahalliy
korxonalar tomonidan yangi o‘zlashtirilgan mahsulotlar turlarini misol sifatida keltirishimiz
mumkin.
Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallarni ishlab
chiqarishni Mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishi iqtisodiyotning tarkibiy
o‘zgartirishda va jahon moliyaviy inqirozi oqibatlarini yengib o‘tishda muhim ahamiyatga ega.
Ushbu vazifani amalga oshirishda qonunchilik bazasining to‘laqonli yaratilganligi, jumladan
dasturning shakllantirish va amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha Hukumat
qarorlari, shuningdek, bu borada ma'sul vazirliklarning vazifalari va vakolatlari aniq belgilab
berilgan yagona tizimning mavjudligi katta rol o‘ynaydi.
LOYIHALARNI MAHALLIYLASHTIRISH DASTURIGA KIRITISH YAGONA MEZON VA TALABLARI
a) mahalliylashtirilgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish quvvatlari va mahalliy
xomashyolarning mavjudligi;
b) ishlab chiqariladigan mahsulot bo‘yicha mahalliylashtirish darajasi kamida 36%ni tashqil
etishi;
v) ishlab chiqariladigan mahsulotning tashqi savdo tovar nomenklaturasi bo‘yicha kodi (kod TN
VED) birlamchi xomashyoga nisbatan birinchi 4 raqamida o‘zgarishi;
g) ichki va tashqi bozorlarda mahsulotga talabning mavjudligi;
d) mahsulot importi mavjudligi (yangi turdagi mahsulotlar bundan mustasno);
ye) mahsulot iste'molchilari bilan tuzilgan shartnomalar yoki birlamchi kelishuvlarning
mavjudligi;
j) mahalliylashtirish mahsulot narxi import qilinayotgan o‘xshash mahsulot narxidan (transport,
soliq va bojxona harajatlarini hisobga olgan xolda) balandmasligi.
Eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan, hamda yuqoridagi mezon va talablarga
mos loyihalarni amalga oshiruvchi va xalqaro talablar asosida sifat boshqaruv tizimini joriy
etgan korxonalar mahalliylashtirish Dasturiga ustuvor ravishda kiritiladi.
Taraqqiyotning o’zbek modeli – jamiyatning tadrijiy rivojlanish kontseptsiyasi sifatida.
Ijtimoiy
rivojlanishning o’zbek modeli insoniyatning rivojlanish borasidagi ilg’or tajribasiga, milliy
davlatchilik
tajribalarimizga va xalqimiz mentalitetiga tayanadi.
Ijtimoiy rivojlanish borasida xalqlar odatda ikki yo’ldan — inqilobiy va tadrijiy yo’ldan
borgan. Insoniyat
tajribasi ijtimoiy rivojlanishning keskin inqilobiy o’zgarishlar yo’li nomaqbul va yaroqsiz ekanini,
jamiyatning
tadrijiy (evalyutsion) taraqqiyoti barqaror — tabiiy rivojlanish yo’li ekanini ko’rsatdi.
O’zbekiston Prezidenti
Islom Karimov ijtimoiy taraqqiyotning tadrijiy yo’li mohiyatini shunday izohlaydi: «Soxta
inqilobiy
sakrashlarsiz, evalyutsion yo’l bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga o’tish tanlab olingan
yo’lning asosiy
mazmuni va mohiyatidir. Bozor iqtisodi sari buyuk sakrashlar, inqilobiy o’zgarishlar yo’li
bilan emas, balki
sobitqadamlik va izchilik bilan — bosqichma-bosqich harakat qilish kerak. Har bir bosqichning
qancha davom
etishi hal qilishi lozim bo’lgan muammolar doirasiga, tashqi omillar qanchalik qulay
bo’lishiga, aholining
mehnat faoliyatiga bog’liqdir»
O’zbek modelning asosiy tamoyillari quydagilardir:
- iqtisodning siyosatdan ustuvorligi;
- davlatning bosh islohotchi ekanligi;
- qonun ustuvorligi;
- kuchli ijtimoiy himoyalash;
- bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich, tadrijiy yo’l bilan o’tish.
O’zbek modelining o’ziga xos xususiyatlari davlatchilik asoslarining, milliy qadriyatlarning
qayta tiklanishi,
o’zlikni anglash, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, milliy mentalitetimizga xos
xususiyatlarining
tiklanishi va rivojlanishi, demokratik qadriyatlarning rivojlantirilishi va inson huquqlarining
kafolatlanishi va
boshqalarda o’z ifodasini topmoqda.
O’zbek modelining hayotiyligi jahon jamoatchiligi tamonidan e’tirof qilindi. O’zbekiston
tajribasi qator
mamlakatlar uchun namuna bo’lib xizmat qilmoqda va uni o’rganishga bo’lgan qiziqish
ortib bormoqda.
O’zbekona taraqqiyot yo’li ma’naviy hayot va iqtisodiy rivojlanishi bir-biri bilan uzviy
bog’liqlikda amalga
oshirishda, ma’naviyat, ma’rifat, madaniyatga bo’lgan e’tiborning kuchayishida yaqqol
ko’zga tashlanadi.
Ma’naviy salohiyatning kuchayishi, inson intelektual va axloqiy qobiliyatlarining rivojlanishi
iqtisodiy
rivojlanish uchun puxta zamin yaratadi. Kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkur, tadbirkorlik
qobiliyatlarini
rivojlantirishda zamonaviy ilm-fan, texnika va texnologiya asoslarini egallash muhim ahamiyat
kasb etadi.
Zamonaviy mahsulot turlarini ishlab chiqarish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar tufayli
so‘nggi yillarda respublikamizda sanoat mahsulotlari va xalq iste'mol mollarining ko‘plab yangi
turlarini ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yildi. Ushbu ro‘yxatga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
qayta ishlaydigan mini asbob-uskuna va jihozlar, nasoslar, kabel-o‘tkazgich maxsulotlari va
yuqori kuchlanishli jihozlarning zamonaviy turlari, turli yengil avtomobillar va og‘ir texnikalar
uchun radiator va filtrlar, televizor, konditsioner, sovutgich, uyali aloqa vositalari kabi mahalliy
korxonalar tomonidan yangi o‘zlashtirilgan mahsulotlar turlarini misol sifatida keltirishimiz
mumkin.
Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallarni ishlab
chiqarishni Mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishi iqtisodiyotning tarkibiy
o‘zgartirishda va jahon moliyaviy inqirozi oqibatlarini yengib o‘tishda muhim ahamiyatga ega.
Ushbu vazifani amalga oshirishda qonunchilik bazasining to‘laqonli yaratilganligi, jumladan
dasturning shakllantirish va amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha Hukumat
qarorlari, shuningdek, bu borada ma'sul vazirliklarning vazifalari va vakolatlari aniq belgilab
berilgan yagona tizimning mavjudligi katta rol o‘ynaydi.
LOYIHALARNI MAHALLIYLASHTIRISH DASTURIGA KIRITISH YAGONA MEZON VA TALABLARIa)
mahalliylashtirilgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish quvvatlari va mahalliy
xomashyolarning mavjudligi;
b) ishlab chiqariladigan mahsulot bo‘yicha mahalliylashtirish darajasi kamida 36%ni tashqil
etishi;
v) ishlab chiqariladigan mahsulotning tashqi savdo tovar nomenklaturasi bo‘yicha kodi (kod TN
VED) birlamchi xomashyoga nisbatan birinchi 4 raqamida o‘zgarishi;
g) ichki va tashqi bozorlarda mahsulotga talabning mavjudligi;
d) mahsulot importi mavjudligi (yangi turdagi mahsulotlar bundan mustasno);
ye) mahsulot iste'molchilari bilan tuzilgan shartnomalar yoki birlamchi kelishuvlarning
mavjudligi;
j) mahalliylashtirish mahsulot narxi import qilinayotgan o‘xshash mahsulot narxidan (transport,
soliq va bojxona harajatlarini hisobga olgan xolda) balandmasligi.
Eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan, hamda yuqoridagi mezon va talablarga
mos loyihalarni amalga oshiruvchi va xalqaro talablar asosida sifat boshqaruv tizimini joriy
etgan korxonalar mahalliylashtirish Dasturiga ustuvor ravishda kiritiladi.
Asosiy
Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish
dasturi
Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish
dasturi
NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 1 dekabrdagi "Sanoat kooperatsiyasi asosida
tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni
chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1236-sonli qarori.
Do'stlaringiz bilan baham: |