jamiyatlariga aylantirish, qimmatbaho qog‘ozlar bozorini rivojlantirishga oid farmonlarini bajarish
amalda o‘z samaralarini bera boshladi.
1997-yil 1-yanvar holatiga qaraganda respublikada soliq idoralari tomonidan 318 ta aksionerlik
jamiyatlari ro‘yxatga olindi. 1996-yil yakuniga ko‘ra ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 11 milliard
so‘mlikni tashkil etdi. Bu 1995-yilga nisbatan 2,2 marta ko‘pdir.
Jami sanoat ishlab chiqarish hajmida nodavlat korxonalarining ulushi 90 foizga o‘sdi. 144 ta sanoat
korxonalari va birlashmalaridan 113 tasi mulkchilikning turli shakllariga o‘tib ishlay boshladi.
To‘rtko‘l tumanida 2000-yil 6-martdan e’tiboran Rossiyaning Savvinovo yigiruv fabrikasi bilan
hamkorlikda yiliga 2750 tonna ip-kalava ishlab chiqaradigan qo‘shma korxonani qurib tugallashga
kirishildi. Kichik va xususiy korxonalar, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar
rivojlandi. Mikrofirmalar soni 1999-yildagi 3755 tadan 2000-yilga kelib 5565 taga yoki 1,5 martaga,
fermer xo‘jaliklari soni esa 1823 tadan 2353 taga yoki 1,6 martaga ko‘paydi. Birgina 2002-yilning o‘zida
respublikaning 12 ta tumanida 21 ta qishloq xo‘jalik korxonalari negizida yangidan 901 fermer xo‘jaliklari
tuzildi va faoliyat ko‘rsatib turgan 79 ta fermer xo‘jaliklariga qo‘shimcha yer maydonlari ajratilib, jami
980 ta fermer xo‘jaliklari tuzildi. Ular bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlashga moslasha boshladilar.
Mehnat unumdorligi va mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘sa boshladi. Respublikada 1996-yilda amaldagi
narxlarda 10754,4 so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi. Bu solishtirma narxlarda olganda 1995-
yildagiga nisbatan 101,5 foizni tashkil etadi. 2000-yilga kelib yalpi mahsulot yetishtirishda kichik va o‘rta
biznes hajmining ulushi 27 foizni tashkil etdi. Bu 1999-yilgi ko‘rsatkichdan 3 foizga ko‘p demakdir. Kichik
va o‘rta tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari va byudjetdan tashqari jamg‘armalar tomonidan 2000-
yilda 2,9 milliard so‘m miqdorida kreditlar berildi. Natijada harakatsiz turgan korxonalar sonini 771 taga
kamaytirish imkoniyati tug‘ildi.
1991—2003-yillarda natura ko‘rinishida mahsulot ishlab chiqarish ham ko‘paydi, xususan past voltli
apparaturalar, yo‘l qurilishi mashinalari ehtiyot qismlari, yengil sanoat texnologik uskunalari va ularning
ehtiyot qismlari, mebellar va boshqalar ana shular jumlasidandir.
Paxtadan ip ishlab chiqarish, ip gazlamalari, tayyor trikotaj buyumlar, iste’mol mahsulotlaridan un,
makaron, mineral suvlar ishlab chiqarish ko‘paydi.
Do'stlaringiz bilan baham: