Qonun korrupsiyaga qarshi kurash sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini keltirib o‘tadi:
aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan
toqatsizlikni shakllantirish;
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralarni amalga
oshirish;
korrupsion huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ular oqibatlari, sabablari va keltirib chiqargan
sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun muqarrar jazolash
tamoyilini tadbiq etish.
Hujjatda davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralarni keltirib o‘tadi.
Jumladan, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini ta’minlash, parlament va jamoatchilik
nazorati, mansabdor shaxslar faoliyati sifatini baholash hamda ishga qabul qilish va mansab
pillapoyalaridan ko‘tarilishda ochiqlik va xolislik tamoyili asosida tanlovli saralashlarni olib borish
tizimlarini joriy etish belgilangan.
Davlat organlari xodimlarining huquqiy maqomi aniqlanib, ularning ijtimoiy himoyasi, moddiy ta’minoti,
har tomonlama rag‘batlantirish choralari ko‘riladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va tadbirkorlik sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralar
qatoridan esa ma’muriy va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, ro‘yxatga olish, ruxsat berish va
litsenziyalash jarayonlarini soddalashtirish va tezkorligini oshirish, davlat organlarining nazorat-tekshiruv
vakolatlarini optimallashtirish hamda ular va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning
masofaviy shakllarini joriy etish belgilangan.
Ma’muriy jarayonlar sohasida korrupsiyadan ogohlantirish choralari ro‘yxatiga ularning batafsil
reglamentini belgilash, ushbu jarayonlarni soddalashtirish va byurokratik rasmiyatchiliklarga yo‘l
qo‘ymaslik kiritilgan.
Qonunda davlat organi xodimi biror bir shaxs tomonidan uni korrupsion huquqbuzarlikni sodir etishga
da’vat qilish holati, shuningdek, boshqa ishchilar tomonidan shu kabi holatlarning amalga oshirilishi
bo‘yicha unga oshkor bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z rahbari yoki huquqni muhofaza qilish organlariga
murojaat etishi belgilangan. Mazkur majburiyatlarning bajarilmasligi qonunchilikka muvofiq tegishli
ravishda jazoga tortilishiga olib keladi.
Korrupsion jinoyat to‘g‘risida oshkor qilgan shaxs davlat himoyasi ostiga olinadi. Biroq mazkur qoida
yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etganlarga nisbatan amal qilinmaydi.
Qonunning alohida moddasi har kim tashkilotlar va davlat organlari faoliyati, mazkur shaxslar yoki
shaxslar guruhiga taalluqli qabul qilinayotgan aktlar to‘g‘risida ma’lumot olish huquqiga ega ekanligini
ko‘zda tutadi. Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va tashkilotlar OAVga
korrupsiya bilan bog‘liq hodisalar, dalillari, voqealar va jarayonlan to‘g‘risida jamoatchilik uchun
qiziqarli bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: