344
siyosiy oqimdagi kishilarni birlashtira oldi. Shuning uchun ham hech
qaysi qo'rboshi uningchalik kuch-qudratga ega bo'lmagan edi», -
deb
yozgandi muxoliflaridan biri o'sha kezlarda.
Darhaqiqat, qarshilik ko'rsatish harakatining ijtimoiy tarkibini kuzatar-
kanmiz, bunda aholining sovet tuzumidan norozi bo'lgan turli-tuman ijti
moiy qatlamlari, chunonchi, dehqonlar, hunarmandlar, kosiblar, batrakiar,
mardikorlar, ziyolilar, dindorlar, ruhoniylar, mahalliy boylar, amaldorlar u
yoki bu darajada faol ishtirok etgani ayon bo'ladi.
Xususan, sovet hokimiyati organlarining mahalliy aholiga nisbatan
yuritgan o‘ta millatchilik, shovinistik va bosqinchilik siyosati yurt odamla-
rini oqibatda bu tuzum dushmaniga aylantirdi va o‘z erki, huquqi, ozod-
ligini himoya qilish uchun kurashga chorladi. Farg'ona fronti qo'mondo-
ni M.Frunze ham:
«...Bu yerdagi sovet hokimiyati ilk tuzilish davrida rus
va yerli ishchi, dehqon ommalarini o'ziga tortish o'rniga mehnatkash
xalqni o'zidan uzoqlashtirish uchun qolidan kelgancha harakat qildi.
Ishlab chiqarishning natsionalizatsiya qilinishida faqat burjuaziyaning
mulki emas, balki o'rtahol dehqonlarniki ham tortib olindi... Bu yerda
harakat qilgan qizil askar qismlari, inqilobni himoya qilgan ba’zi rah-
barlar yerli mehnatkash xalqning tub manfaatlari bilan hisoblashmadi,
uning arz-u dodiga quloq solmadi. Bosmachilik harakati shu asosda
vujudga keldi. Bosmachilar
-
oddiy qaroqchilar emas. Shunda ularni
tez yo‘q qilish mumkin bo'lardi»,
- deb e’tirof etgandi.
TASSR XKS raisi Q.Otaboyev 1922-yil iyulida Turkiston MIQ 4-plenu-
mida so'zlagan nutqida bu harakatni xalq qo'zg'oioni sifatida baholagandi:
«Biz 4 yil davomida bu harakatga hatto to‘g‘ri baho berishni ham bilmadik,
u xalq qo'zg'oioni bo'lgani hulda, bosmachilik deb atadik. Bosmachilik
mohiyatan talonchilik degan ma’nonianglatadi, bizning ushbu harakatga
bergan noto'g'ri ta’rifimiz masalani hal etishda noto'g'riyondashuvlarga
olib keldi. Va alaloqibat 4 yil davomida biz bu harakatning biron-birjihatini
tugata olmadik».
Madaminbek lashkarlarining jangovarlik harakatlari keng hududlarga
yoyildi. Bu davrga kelib Monstrovning rus krestyanlari (dehqonlari)dan
tashkil topgan ancha ta’sirli harbiy qismlari Madaminbek kuchlari bilan
birlashdi. Bu hoi xalq kurashining nafaqat ijtimoiy tarkibiga, ayni chog'da,
milliy tarkibiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatar,
uning maqsad-vazifalariga
yangicha yondashishni taqozo etardi. Gap shundaki, bunga qadar
sovetlarga qarshi harakat saflarida yerli millat kishilari qo'lni qo'lga
berib kurashib kelayotgan bo'lsalar, endilikda unga sovetlar siyosatidan
keskin norozi rus dehqonlari ham qo'shilgandi. Bu o'zgarish 1919-yil
345
oktyabrida Pomirning Ergashtom ovulida Madaminbek tarafdorlari
tashabbusi bilan Farg‘ona muvaqqat
muxtoriyat hukumati tuzi-
lishida hamo'z ifodasini topgandi. Hukumat tarkibi 24 kishidan iborat
bolib, uning 16 vakilini musulmonlar va 8 nafarini ruslar tashkil etardi.
Farg'ona hukumati boshlig'i va musulmon qo'shinlari bosh qo'mondoni
etib Madaminbek saylangandi.
1919-yil oktyabr oyi oxirlarida Andijonga yaqin Oyimqishloqda
to'plangan vodiy qo'rboshilarining qurultoyida vodiyda harakat qilayot-
gan 150 ga yaqin jangovar qismlarni o'z ta’sirida ushlab turgan 4 yirik
lashkarboshi:
Madaminbek,
Katta Ergash, Shermuhammadbek,
Xolxo'ja eshon qo'mondonliklarini birlashtirishga kelishildi. Qurultoyda
islom qo'shinlari bosh qo'mondoni - «amir al-muslimin» etib Madaminbek
saylandi. Biroq bu birlashuv ham mustahkam bo'lib chiqmadi. Masalan,
Xolxo'ja eshon tez orada o'z kuchlarini ajratib, mustaqil faoliyat ko'rsata
boshladi. Bu davrda Madaminbek qo'i ostida 30 mingga yaqin, Sher-
muhammadbekda 20 ming, Katta Ergash qo'rboshida esa 8 ming
jangovar qc'shin bo'lib, uchta lashkarboshi vodiydagi kurash harakatlarini
boshqarib turardi. Biroq vodiydagi jangovar harakatlarning keyingi bori-
shi tashabbusning ko'proq tajovuzkor sovet qo'shinlari qo'liga o'tishiga,
qarshilik ko’rsatish harakatining pasayib borishiga olib keldi.
1920-yil boshiarida sovet qo'shinlari Katta Ergash, Madaminbek,
Shermuhammadbek va Xolxo'ja kuchlariga sezilarli zarbalar berdi.
Jumladan, 1920-yil yanvarida qizillar Katta Ergash kuchlariga zarba
berib, uning tayanch markazi Bachqirni egalladi. Xuddi shu vaqtda sovet
qo'shini Monstrovning dehqonlar armiyasini tor-mor keltirib, Gulcha
qal’asini ishg'ol etdi. Monstrovning o‘zi asirolindi. Fevralda Garbuva -
Qoratepa - Shahrixon yo'nalishida qizii qo'shinlar Shermuhammadbek
lashkariga kuchli zarba berdi. Buning natijasida Shermuhammadbek
yengilib, Oloy vodiysi tomon chekindi.
Ayni paytda, qizillar Norin va
Qoradaryoning qo'shilish joyida Madaminbek askarlariga qarshi muvaf-
faqiyatli jang qilib, unga katta talafot yetkazdiiar.
Ayyor sovet hukumati taklifiga ko'ra Madaminbek 1920-yil martida
sovet qo'rnondonligi bilan muzokara olib bordi va sulh tuzildi. Bu sulh
shartlariga asosan Madaminbek o'z harakatlarini to'xtatdi, uning 1200
nafardan ziyod askar yigitlari daxlsizligi, o'z qurol-yarog'lariga ega bo'li-
shi, zarurat tug'ilsa, ularning vodiyda tinchlik, barqarorlik o'rnatishda
o'z rahnamosi yetakchiligida faol ishtirok etishi ta’kidlangandi. Madamin
bek o'zining boshqa safdoshlariga ham sovetlar bilan
muzokaralar olib
borib, shunday yo'l tutishni maslahat beradi. Biroq Farg'ona qo'rboshilari
346
yo'lboshchilari Shermuhammadbek va Xolxo'ja eshon o'z huzurlariga
muzokara uchunkelgan yurtning bu mard o'g'lonini sotqinlik va xolnlik-
da ayblab qatl ettiradilar. 1920 - 1923-yillar davomida vodiy hududlari
bo'ylab olib borilgan kurashlarga aka-uka Shermuhammadbek va Nur-
muhammadbek, ulardan so'ng Islom Polvon va Rahmonqul yetakchilik
qildilar. Mazkur qahramonlarning jasorati, haq va ozodlik yo'lidagi fidoyiligi
xalq xotirasida muhrlanib qoldi.
Vodiyda yoqilgan sovetlarga qarshi harakat mash’alasi keyinchalik
Turkistonning boshqa hududlariga ham yoyildi. Sovet hokimiyatining zul-
mi va zo'ravonligiga qarshi kurash Buxoro va Xorazmda,
Samarqand
viloyatida ham aks sado berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: