O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)



Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/201
Sana05.09.2021
Hajmi6,21 Mb.
#165323
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   201
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb

O‘zingizni sinang!
 
Anbar otin – ... 
 Muqimiy – ... 
 
Zavqiy – …
Jadid  adabiyotida  1910-yilda  Abdulla  Qodiriy  ilk  nasriy  asarlarini 
e’lon qildi. Adib o‘zining hikoyalari, felyetonlari va pyesalari bilan Tur-
kiston ziyolilari hamda xalq ommasi orasida keng tanildi. Uning «Juvon-
boz» hikoyasi, «Baxtsiz kuyov» pyesasi va qator romanlarini xalq sevib 
o‘qiy boshladi.
Nasrda  ijod  qilish  xalq  uchun  eng  ommabop  va 
tushunarli  adabiyot  shakli  edi.  Shuning  uchun  ham 
jadidlar o‘z g‘oya larini keng xalq ommasiga singdi-
rish maqsadida nasr janridan keng foydalanganliklari 
ham bejiz emas edi. Jadidlar xalqqa yaqinlashish ning 
eng  samarali  yo‘li  sifatida  xalq  milliy  teatrini  yara-
tishdi.  1911–1913-yillarda  Turkistonning  turli  sha-
harlarida  teatrlar  tashkil  etildi.  Adiblar  ular  uchun 
pyesalar  yozishdi.  Sahnada  yangragan  ona  tilidagi 
nutq va teatr aktyo rining harakatlari xalq ommasiga 
nisbatan qudratli ta’sir vositasiga aylandi.
Jadid teatrlarida 1911–1917-yillarda 25 ta pyesa 
Abdulla Qodiriy
http://eduportal.uz


143
namoyish etildi, ular xalq ommasi orasida eng mashhur asarlarga aylan-
di. Bu paytda spektakllarning aksariyati ochiq sahnalarda qo‘yilib, ularga 
ko‘plab tomoshabinlar tushgan. Ilk o‘zbek tomoshabinlari uchun jadidlar 
qo‘ygan pyesalar axloqiy tarbiya maktablariga aylandi. 
Jadidlar  rahnamosi  Mahmudxo‘ja  Behbudiy  tomonidan  yozilgan 
mashhur  pyesa  –  «Padarkush»da  otalar  va  bolalarni  bir-biriga  nisbatan 
shafqatsiz mavjudotlarga aylantirgan ma’naviy qashshoqlik, mol-mulkka 
ruju  qo‘yish  qattiq  qoralangan  edi.  Unda  yot  odatlarning  kirib  kelishi 
jamiyat uchun muqaddas bo‘lgan oilani yemirishi ko‘rsatib berildi. Nus-
ratilla  Qudratilla  qalamiga  mansub  «To‘y»  asarida  oilaviy  va  shaxsiy 
fojialar  sababchisiga  aylangan  serchiqim  ba’zi  urf-odatlar  va  an’analar 
tanqid  ostiga  olindi.  Pyesada  oila  boshlig‘ining  serhasham  sunnat  to‘yi 
uchun  puli  yetmay  qolganida  qarz  olishga  majbur  bo‘lganligi  va  ko‘p 
o‘tmay  to‘lovga  layoqatsizligi  oqibatida  qarzdorning  qamoqqa  olinishi 
ko‘rsatilgan. 
Shu kabi tarbiyaviy ahamiyatga ega, ma’naviy boy adabiyot xalq on-
gini  uyg‘otuvchi  eng  muhim  vosita  bo‘ldi.  Uning  atoqli  namoyandalari 
esa soha rivojiga ulkan hissa qo‘shdilar.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish