O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)



Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/201
Sana05.09.2021
Hajmi6,21 Mb.
#165323
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   201
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb

yosh
buxoroliklar
Amir Olimxon
islohotlari
Amir Olimxonning yoshligi
http://eduportal.uz


118
islohotlar  o‘tkazish  ha qi da  va’da  berdi.  U  amirning 
mavjud tuzum asos lariga daxl qilmaydigan va xalq-
ning  ahvolini  ko‘p  ham  o‘nglamaydigan  farmonini 
o‘qib eshittirdi.
Farmonda odil sudlov, xiroj, zakot va boshqa so-
liqlarni undirishning barqaror asoslarini yaratish ha-
qida so‘z borardi. Sanoat va savdoni rivojlanti rishga 
ham  e’tibor  qaratilgandi.  Amaldorlarga  xizmat  yu-
zasidan  vazifalarni  ijro  etish  chog‘ida  qo‘shimcha 
ustama  haq  olish  taqiqlandi.  Buning  o‘rniga  davlat 
tomonidan  qat’iy  belgilab  qo‘yilgan  maosh  ta’sis 
etildi.  «So‘ngra  biz  tomonimizdan,  –  deyiladi  farmonda,  –  xususan, 
shariat  amri  bilan  mamlakatda  foydali  bilimlarni  rivojlantirish  va  rag‘ - 
batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘riladi».
Shuningdek, amir o‘z xazinasidan tashqari alohida davlat xazinasini 
ta’sis etishga, davlat ehtiyojlaridagi kirimlar va chiqimlarni aniq hisob-
lab boruvchi budjet belgilashga ham va’da bergandi. Farmonda bosma-
xona ochish, mahbuslarni zindonlardan ozod qilish haqida ham va’dalar 
berildi. Ana shu maqsadda poytaxtda istiqomat qiluvchi «tiniq fikrli va 
oqil» odamlardan «assambleya» (majlis) tuzuvchi «millat»ni saylash ham 
mo‘ljallangan edi.
Farmon katta va’dalar asosida tuzilgan bo‘lsa-da, jadidlarda u shub-
ha  uyg‘otdi.  Yosh  buxoroliklar  rahnamolari  (farmonni  amalga  oshirish 
maqsadida  tuzilgan  qo‘mita  Yosh  buxoroliklar  qo‘mitasi  deb  atalgan) 
o‘zlarining  islohotlar  borasidagi  fikr-mulohazalarda  yakdillikka  eri sha 
olmadilar. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Mullaxon o‘g‘li, Mirzo G‘ulom vaz-
min, bosiq harakatlar bilan farmonni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, radikal 
harakat tarafdorlari Fayzulla Xo‘jayev, Abdurauf Fitrat va Usmon Xo‘ja 
kabilar yanada chuqur islohotlar o‘tkazishni talab qilib, o‘z tarafdorlarini 
zudlik bilan namoyish o‘tkazishga da’vat etdilar.
1917-yil  8-aprelda  jadidlar  Karki  va  Buxoroda  namoyishlar  o‘tkazish-
di. Buxoroda namoyishga to‘plangan 150 kishiga Fayzulla Xo‘jayev va 
Abdu rauf Fitrat rahnamolik qilishgan. Shiorlarda «Yashasin Amir!» qa-
torida «Hurriyat, Adolat, Musavvat!» kabi boshqa mazmundagi da’vatlar 
ham bor edi. Namoyishga chiqqanlar Arkkacha yetib kelishganida amir 
sarbozlari ularni to‘xtatishga buyruq oldi. 200 ta piyoda va 300 ta otliq 
sarbozdan iborat amir qo‘shini namoyishga chiqqanlarni tarqatib, hibsga 
ola boshladi. Bundan tashqari Ark ostonasini islohotlarga qarshi chiqqan 

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish