106
31-§. JIZZAX QO‘ZG‘OlONI
Rossiya imperiyasining 1916-yildagi mardikorlik-
ka olis h to‘g‘risidagi farmoni Turkiston o‘lkasining
barcha hududlariga yoyilib, unga qarshi chiqishlar
mahalliy aholining milliy-ozodlik harakatlariga aylanib ketdi. Bular ora-
sida Jizzaxda bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olon o‘lkada mustamlakachilar zulmi-
dan ozod bo‘lish va bosqinchilarga qarshi
mardonavor kurash maydoniga
aylandi.
Jizzax aholisi, asosan, don mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanib,
ularning yerlari imperiyaning markaziy hududlaridan ko‘chirib keltiril-
ganlarga berib yuborilishi, soliqlarning ko‘payib borishi ularning ahvoli
yomonlashishiga olib keldi. Aholining 19 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan
erkaklari front ortidagi ishlarga safarbar qilinishi butun o‘lkadagi kabi
Jizzaxda ham jabr-zulm, adolatsizliklardan tobora keskinlashib borayot-
gan norozilik chi qishlari xalq qo‘zg‘oloniga aylanishiga olib keldi. Mar-
dikorlikka olinadiganlarning tuzilgan ro‘yxatiga muvofiq Samarqand vi-
loyatining Jizzax uyezdidan 11 ming kishi belgilandi. 1916-yil 3-iyulda
farmon e’lon qilinishi bilan xalq orasida norozilik boshlanib ketdi.
5-iyulda dastlabki g‘alayonlar boshlandi. Bunda aholi farmonning bekor
qilinishini, ro‘yxat tuzishni to‘xtatishni talab qiladi. Jizzax qo‘zg‘oloniga
Nazirxo‘ja eshon va
Abdurahmon jevachilar rahbarlik qilganlar.
Jizzax aholisi mardikorlikka qarshi ommaviy qo‘zg‘olon ko‘tarish
maqsadida boshqa shaharlarga, jumladan, Toshkent, Samarqand va
ko‘plab atrof dagi qishloqlarga o‘z vakillarini yubordilar. 13-iyulda Jiz-
zax shahrida Damin kulol boshchiligida hunarmandlar mardikorlikka
olish bo‘yicha ro‘yxatni talab qilib qishloq oqsoqoli Mirzayor Xudoyo-
rov oldiga bordilar. Undagi ro‘yxat, asosan, kambag‘al oila vakillaridan
tuzilgan bo‘lib chiqdi. Bundan norozi bo‘lgan aholi ro‘yxatni berishni
va uni qaytadan tuzishni talab qildilar. Mirzayor Xudoyorov ro‘yxatni
bermay, to‘plangan odamlarni haqorat qildi. Bu holat aholining kes-
kin noroziligini keltirib chiqardi. Shundan keyin ketmon, tayoqlar bi-
lan qurollangan qo‘zg‘olonchilar Jizzaxning yangi shahar qismiga yo‘l
oladi. Qo‘zg‘olonni bostirish uchun uyezd boshlig‘i o‘z yordamchilari
bilan yetib keladi, lekin ularni qaytara olmaydi. Qo‘zg‘olonchilar safiga
shahar va uning atrofidan ko‘plab kishilar qo‘shildi. Nazirxo‘ja eshon
qo‘zg‘olonchilarga umumiy rahbar bo‘ldi.
Jizzax qo‘zg‘oloni ishtirokchilari mustamlakachi ma’muriyatga te-
Do'stlaringiz bilan baham: