O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)



Download 5,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/215
Sana24.09.2021
Hajmi5,71 Mb.
#183244
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   215
Bog'liq
2 5303457434218529545

http://eduportal.uz


62
taqilligidan mahrum bo‘lib, qarz bergan 
kishi  nimani  buyursa,  shuni  ekishga 
majbur edi.
Qarz  va  nasiyalardan  foydalanish 
avj olgan sari dehqonlarning ahvoli to-
bora  yo monlashib,  qashshoqlikka  yuz 
tutgan. U lar qarzlar tufayli o‘z yerlarini 
sotib yubo rishga majbur bo‘lganlar.
Turkistonning mustamlakaga aylan-
tirilishi  nafaqat  dehqonlarning,  balki 
ming lab oilalarning tirikchiligini tebratib turgan hunarmand-kosiblarning 
ham ahvolini og‘irlashtirdi. Rossiya sanoati tomonidan ishlab chiqarilgan 
uy-ro‘zg‘or  buyumlari,  ayniqsa,  to‘qimachilik  mahsulotlari  bilan  O‘rta 
Osiyo bozorlarining to‘ldirilishi natijasida hunarmandchilikning ko‘plab 
turlari  inqirozga  uchradi.  Bu  vaqtga  kelib  iqtisodiy  qiyinchiliklar,  ya-
shash sharoitining yomonligi, soliqlarning ko‘pligi, mehnat majburiyatla-
rining og‘irligidan mahalliy aholining ahvoli yomonlashib ketdi. Bunday 
holat  kambag‘allar  safining  yanada  ko‘payishiga  olib  keldi.  Bularning 
barchasi o‘lka xalqlarining siyosiy mustamlaka zulmiga tushishi, milliy 
davlatchilik ning yo‘qotilishi va hukmron ma’muriyat tomonidan har to-
monlama kamsi tilishiga sabab bo‘ldi.
XIX  asr  oxirida  iqtisodiy  qiyinchiliklar  va  xalq-
ning  ma’ naviy  jihatdan  kamsitilishi,  mahalliy  urf-
odatlarga  zid  bo‘lgan  qarorlarning  qabul  qilinishi 
natijasida  Turkiston  Rossiya  imperiyasining  milliy-
ozodlik  harakatlari  avj  olgan  markazlaridan  biriga  aylandi.  (O‘lkaning 
turli  joylarida  ko‘tarilib  kelayotgan  bu  qo‘zg‘olonlarning  harakatlanti-
ruvchi  kuchi,  asosan,  dehqonlar,  shahar  hunarmand-kosiblardan  iborat 
aholining kambag‘al qismi bo‘ldi. Bu harakatlarda vatanparvar ruhoniy-
lar,  milliy  g‘ururini  yo‘qotmagan  mulkdorlar,  savdogarlar  ham  ishtirok 
etdilar.)  Mustamlakachilikka  qarshi  o‘lkaning  turli  joylarida  norozilik 
chiqishlari  bo‘lib  turdi.  Jumladan,  1878-yili  Mingtepada  (hozirgi  Mar-
hamat tumani) mustamlakachilarning siyosiy va iqtisodiy zulmiga qarshi 
Yetimxon bosh chiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Uni mustamlakachi huku-
mat kuch bilan bostirdi. 1879-yilning kuzida mahalliy aholi Farg‘ona vi-
loyat boshqarmasi binosi oldiga ochiqchasiga norozilik bildirib yig‘ildi. 
Ular  Marg‘ilon  uyezdida  soliq  to‘plash  noqonuniy  tusga  kirganligiga 
qarshi chiqib, soliqlarning kamaytirilishini qat’iy talab qildilar.

Download 5,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish