O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


  Viloyatlarni va volostlarni kimlar boshqargan? 5



Download 5,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/215
Sana24.09.2021
Hajmi5,71 Mb.
#183244
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   215
Bog'liq
2 5303457434218529545

4. 
Viloyatlarni va volostlarni kimlar boshqargan?
5. 
Rossiya imperatorining siyosiy agentligi vazifasi nimadan iborat edi?
6. 
Xaritadan Turkiston general-gubernatorligidagi viloyatlarni aniqlab, qaysi 
viloyatga bugungi O‘zbekistonning qaysi hududlari kirishini belgilang.
XIX asr oxirida Turkiston o‘lkasiga chegaradosh hududlar
E R O N
A F G ‘ O N I S T O N
h I N D I S T O N
X I TO y
Ashxobod
Buxoro
Toshkent
O‘sh
Turkiston
Qo‘qon
Samarqand
Xiva
Bishkek
Verniy
Skobelev
Uralsk
Guryev
Emba
To‘rg‘ay
Oqmola
Ko‘kchatov
Petropavlovsk
Aktyubinsk
Pavlodar
Orenburg
Semipalatinsk
Astraxan
gubernasi
Ust-Kamenogorsk
ORENBURG
GENERAl-GUBERNATORlIGI
TURKISTON
GENERAl-GUBERNATORlIGI
http://eduportal.uz


50
Qishloq xo‘ ja -
ligidagi o‘zgarishlar
!
!
!
14-§. TURKISTON O‘lKASIDA ROSSIyA ImPERIyASINING 
yER-SUV SIyOSATI
O‘rta  Osiyo  iqtisodiyotida  qishloq  xo‘jaligi  ye-
takchi o‘rin tutgan. Rossiya imperiyasi agrar hu-
dud  hisoblangan  Turkiston  o‘lkasida  yer-suvdan 
foydalanishni to‘liq o‘z nazoratiga olish va ulardan olinadigan soliqlar-
ning o‘z vaqtida to‘planishidan manfaatdor edi. Jumladan, yerga egalik 
qilish va undan foydalanish tartiblariga e’tibor qaratilgan. Agrar masa-
la nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy ahamiyatga ham ega bo‘lgan. Yerga 
egalik qilish tartiblarini nazorat qilish podsho hukumatiga aholi ustidan 
hukmronligini ta’minlashda juda muhim edi. Mahalliy aholining asosiy 
tirikchilik manbayi yer bo‘lgani bois unga egalik qilish zarur edi.
1886-yildagi «Nizom»ning «Turkiston o‘lkasining yer tuzilishi» de-
gan bo‘limida o‘lkada tarixan shakllanib kelgan an’anaviy yerga egalik 
qilish munosabatlari o‘zgartirib yuborildi. Unga ko‘ra Turkiston yerlari, 
o‘rmonlari  va  yerosti  qazilma  boyliklari  davlat  mulki  deb  e’lon  qilin-
di.  Bu  bilan  ular  Rossiya  imperiyasi  mulkiga  aylandi.  Nizom  bo‘yicha 
o‘lkada yirik yer egaligi ham tugatildi.
Vaqf yerlari (masjid, madrasa va boshqa diniy muassasalarga tegishli 
yerlar)  ayni  vaqtda  yashab  va  yerga  ishlov  berayotgan  kishilarga  ijaraga 
berilar edi. Yangi vaqf hujjatlarini tasdiqlash faqat general-gubernator rozi-
ligi bilan bu yerlarni davlat soliqlari va majburiyatlaridan ozod qilmasdan 
amalga oshirilgan. Masjid tasarrufidan tashqarida, xususiy shaxs ixtiyorida 
bo‘lgan  yerlar  ham  davlat  solig‘iga  tortiladigan  bo‘ldi.  Vaqf  hujjatlarini 
e’tirof etish, vaqf daromadlarining to‘g‘ri ishlatilishi ustidan nazorat qilish 
va ularni taftish qilish huquqi viloyat ma’muriyati ixtiyoriga o‘tkazildi.
Bu vaqtgacha vaqf mulkidan olingan daromadlar maktablar, madrasa-
lar va masjid binolarini ta’mirlashga, xodimlarini moddiy ta’minlashga, 
diniy marosimlarni bajarishga, kerakli buyumlar olishga (gilam, joyna-
moz, diniy kitob) va boshqa tadbirlarga sarflanar edi.
Vaqf  mulklarini  nazorat  qilish  mustamlakachi  hukumat  vakillari 
qo‘liga o‘tishi bilan masjidlar va maktablarning moddiy ahvoli yomon-
lashdi. Mustamlakachi hukumat bu bilan mahalliy din peshvolari, ula-
molar va diniy muassasalarga zarba be rishga harakat qildi.

Download 5,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish