O‘zingizni sinang! N. Korolkov – ... Katorga – ... 1898-yil 25-iyunda ... 1899-yil 20-iyunda ... 1898-yilda Andijonda boshlangan qo‘zg‘olon ham
o‘lkaning boshqa joylarida bo‘lib o‘tgan qo‘z-
g‘olonlar singari mustamlakachi hukumatning
harbiy kuchlari tomonidan bostirildi. Qurolsiz qo‘zg‘olonchilar yaxshi
qurollangan mustamlakachilarga qarshi kurashlarda g‘alaba qilishi amri-
mahol edi. Bu qo‘zg‘olonni mag‘lubiyatga olib kelgan sabablardan biri
unin g o‘lka bo‘ylab keng yoyilib ketmaganligi va mahalliy aholining
barcha tabaqalari unda ishtirok etmaganligi bo‘ldi.
Qo‘zg‘olonchilar mustamlakachilarga qarshi qaratilgan harakatlari
bilan eng avvalo o‘lkadagi jabr-zulmga chek qo‘yilishiga erishmoqchi
bo‘l gan edilar. Qo‘zg‘olonni tashkil qilishdan boshlab unga boshchilik qi-
lishgacha qat’iy tartib va intizom yo‘qligi qo‘zg‘olonchilar mag‘lubiya-