Amid ul-mulk (arab.) - davlat hujjatlari va elchilik aloqalari uchun mas'ul bo‘lgan amaldor.
Ariz (arab.) - Somoniylar davrida qo‘shin ta'minoti bilan shug‘ullangan mansabdor.
Band (fors-toj daryo yoki soyni to‘sish uchun qurilgan inshoot; suv ombori; to‘g‘on.
Barid (arab.) - chopar, xat (xabat) eltuvchi. Somoniylar davrida devoni barid pochta xizmati uchun mas'ul muassasa bo‘lgan. Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida pochta xizmati "yom" deb atalgan.