Tayanch iboralar: Sobiq sovet Ittifoqini saqlab qolish haqidagi harakatlar. 1991 yil 19-21 avgustda Moskvada davlat to‘ntarishiga bo‘lgan urinish. Favqulodda holat davlat qo‘mitasining tuzilishi (FHDQ) O‘zbekistonning mustaqillik yo‘li to‘g‘risidagi bayonoti. O‘zbekiston mustaqil davlat. O‘zbekiston Oliy Kengashining 1991 yil 31 avgustdagi XII chaqiriq VI sessiyasi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.
«Mustaqillik», «suverenitet», «erkinlik» tushunchalari aynan o‘xshash, bir xildagi tushunchalar sifatida talqin etiladi va bular davlat o‘zining ichki va tashqi siyosatini yurgizishda, davlat qurilishini, hokimiyat va muhim boshqaruv tizimlarini belgilashda hech kimga tobe bo‘lmagan oliy huquqga ega ekanligini, hududning daxlsizligini va unda joylashgan barcha ishlab chiqarish korxonalari, tabiiy boyliklar madaniy qadriyatlardan foydalanish va tasarruf etishga xech qanday cheklanmagan huquqni bildiradi. SHunday bo‘lsa ham, xalqaro va davlat ichkarisidagi siyosiy tajribalar, bu tushunchalardagi bir qadar izchil bosqichma-bosqichlikni va ularning muayyan siyosiy-iqtisodiy belgilar va alomatlar bilan shartli bog‘lanishini ko‘rsatib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |