MILLATNING MA’NAVIY KAMOLOTI - uning butun tarixi davomida yuz beradi, u ba’zan shiddat bilan yuksalib borsa, ba’zan ma’lum darajada tanazzulga yuz tutishi, unda ba’zan asrlar kunlarga, va aksincha, kunlar asrlarga teng bo’lishi mumkin. Ma’naviy takomil jarayonining o’ziga xosligi shundaki, agar tarix hodisalari, shaxslar, voqyealar o’tkinchi bo’lsa, moddiy madaniyat unsurlari vaqt o’tishi bilan yemirilsa, ma’naviyat esa yuksalib, boyib, tobora kengroq ko’lam va www.ziyouz.com kutubxonasi 33 teranroq mazmun kasb etib boraveradi. Millatning aksariyati ma’naviy tanazzulga yuz tutgan fojeiy sharoitlarda ham milliy ma’naviyat yo’qolmaydi, ko’lam va mazmunda o’zi yetishgan kamolot bosqichini yo’qotmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |