O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllaniishi, uning yo’nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari. Istiqlol yillarida jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida tub islohotlar yuz berdi. Bu o’zgarishlar iqtisodiy hayotimizni ham qamrab oldi. Respublikaning boy imkoniyatlari, geosiyosiy sharoitidan kelib chiqib, O’zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etish jarayonidagi eng muhim vazifalaridan biri bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni barpo etish masalasi dastlabki kunlarning eng muhim vazifasi sifatida belgilandi.
O’tish davrida bozor iqtisodiyoti tushunchasi, unga o’tish zarurati, bozor iqtisodiyotiga o’tishning “O’zbekiston yo’li” kabi masalalarning tub mohiyatini anglash eng dolzarb vazifalardan biri edi.
Ma’lumki hozirda rivojlangan mamlakatlar (AQSh, Yaponiya, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Rossiya)ning deyarli barchasi bozor iqtisodiyoti yo’lini tanlagan bo’lib, shu asosda iqtisodiy taraqqiyotini belgilab kelmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tish XX asrga xos bo’lgan umumjahon voqyelikdir. Bozor iqtisodiyotiga o’tish kishilarning xohish-irodasi emas, balki obyektiv zaruratdir.
Bozor iqtisodiyoti deganda, tovar-pul munosabatlariga asoslangan va ularga xos iqtisodiy qonunlar, ya’ni bozor munosabatlari tamoyillari asosida boshqariladigan iqtisod tushuniladi. Bozor munosabatlari qadim zamonlardan boshlab shakllana boshlagan va ming yillar davomida rivojlanib kelmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tish – bu shunchaki maqsad emas, balki iqtisodda bozor munosabatlarini shakllantirish, jamiyatni yangilash yo’lidir, ya’ni iqtisodiy faoliyat erkinligiga, mulkchilikning xilma-xilligiga, narx erkinligiga, raqobat kurashiga, shaxsiyo huquq va erkinliklarning qaror topishiga, daromadning cheklanmaganligiga erishish demakdir. Faqat bozor munosabatlari zaminidaginaishlab chiqarishni barqaror rivojlantiirish, ko’plab sifatli mahsulotlar yaratish, ularga bo’lgan talabni qondirish, tejamli xo’jalik yuritish, to’kinchilik yaraatib, xalqning farovon turmushini ta’minlash, halol va samarali mehnatni qadrlash, adolat o’rnatish mumkin.
Bozor iqtisodiyoti – jamiyat taraqqiyotini tezlashtiruvchi iqtisodiy aloqalar majmuidir. Xalqaro tajribada bozor iqtisodiyotiga o’tishning bir qancha mmodellari mavjud bo’lib, ularni umumlashtirib, bozor iqtisodiyotiga o’tishning uch turga yoki modelga bo’lishimiz mumkin:
G’arbiy Yevropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlaar yo’li.
Mustamlakachilikdaan ozod bo’lib, mustaqil taraqqiyot yo’liga kirib rivojlanayotgan Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlari yo’li.
Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlari yo’li.
O’zbekistonda davlaatlashtirilgan, o’ta markazlashtirilgan va yayagona bir markazdan boshqariluvchi iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurligi quyidagi bosqichlarni amalga oshirishni taqozo etdi:
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning huquqiy asoslariini yaratish, ya’ni uni ta’minlovchi yuridik qonunlar tizimini yaratiish;
Bozor infrastrukturasini shakllantirish. Bunda bozor iqtisodiyotiga xos aloqalarni o’rnatishga ko’mak beruvchi, ya’ni bozorga xizmat ko’rsatuvchi sohalarni, tashkilot, korxona va muassasalarni yaratish;
Mulkchilik va xo’jalik yuritish usullarini xususiylashtirish;
Narx-navoni liberallashtirish, narxlarni erkin qo’yib yuborish, narx ustidan davlat nazoratini minimal darajaga keltirish.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning umumiyligi, masalan, xususiy mulkchilik, iqtisodiy jarayonlarni boshqariish va takomillashtirishda talab, taklif qoidalarining bir xilligi bo’lishi bilan bir qatorda har bir mamlakatning o’ziga xos xususiyatlaridaan kelib chiquvchi yo’li mavjuddir. Bunda uning xo’jalik tuziilishi va shart-sharoitlari, joylashgan yeri, tabiati va iqlimi, milliy keliib chiqishi, rasm-rusumlari, an’ana va milliy xarakteyeri va boshqa omillar sabab bo’ladi.
Bozor munosabatlariga o’tishning huquqiy asoslarining yaratilishi.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy omillaridan biiri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iboratdir. Shu boisdan islohotlarning huquqiy asoslarini yaratishda alohida e’tibor berildi. Islom Karimov ta’kidlaganidek, “Iqtisodiy islohotni amalga oshirishning asosiy nuqtalaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iboratdir”. Shu nuqtai nazardan dastlabki vaqtning o’zida iqtisodiy munosabatlarning huquqiy negizini barppo etadigan 1100 ga yaqqin asosiy qonun hujjatlari qabul qilingan. Bu qonunlarni mazmun-mohiyayati jihatidan quyidagi yo’nalishlarga bo’lish mumkin:
O’zbekistonning davlat va uning iqtisodiy mustaqilligining huquqiy negizlarini yaratish, davlatni boshqarish qoidalarini tartibga soluvchi qonunlar. Ana shu yo’nalish doirasida «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to’g’risida», “Yer osti boyliklari to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”, «Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida», «Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida» va boshqa qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar asosida markaziy va mahalliy boshqaruv organlari tizimi vujudga keldi.
Mulkchilik munosabatlari va ko’p uklaadli iqtisodiyotni shakllantiruvchi qonunlar. Bu yo’nalish doirasida mulkchilik to’g’risida, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida, yer to’g’risida, ijara to’g’risida, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to’g’risida va boshqa qonunlar qabul qilindi.
Xo’jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, ya’ni xususiylaashtirish, mulkchilik, tadbirkorlik, korxonalar, fermer xo’jaligi, dehqon xo’jaligi, shirkat xo’jaligi to’g’risida qonunlar qabul qilindi. Bular xo’jalik yuritish yangi mexanizmining asosiy qoidalarini belgilab berdi. Bozor infrastrukturasini yaratuvchi va uning faoliyatini tartibga solib turuvchi banklar va bank faoliyati to’g’risida, sug’urta to’g’risida, birjalar va birja faoliyati to’g’risida, auditorlik faoliyati to’g’risida, qimmatli qog’ozlar va fond birjasi to’g’risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. Korxonalar bilan davlat o’rtasidagi munosabatlarni yo’lga qo’yuvchi soliq tizimi, monopolistik faoliyatni cheklash, korxonalarning bankrot bo’lishi haqida qonunlar qabul qilindi. Xo’jalik - prosessual kodeksi ishlab chiqildi, xo’jalik sudi tuzildi. Bu qonunlarning qabul qilinishi bilan respublikada bozor mexanizmlarini rivojlantirish ishiga mustahkam poydevor qo’yildi.
O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy normalar yaratildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida, O’zbekiston Respublikasining yetakchi xalqaro tashkilotlarga a’zoligi to’g’risida, «Valyutani tartibga solish to’g’risida», «Erkin iqtisodiy mintaqalar to’g’risida» qabul qilingan qonunlar, xalqaro pakt va bitimlarning O’zbekiston tomonidan imzolanishi mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi.
Mustaqil O’zbekistonning ilk konstitusiyasi - davlat va jamiyat hayotining asosiy qonuni qabul qilinganligi qonun chiqarish faoliyatining gultoji bo’ldi. Bu qonunlar o’z umrini yashab bo’lgan eski iqtisodiy munosabatlarni va siyosiy tizimni huquqiy yo’l bilan yangi iqtisodiy munosabatlar va siyosiy tizim bilan almashtirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |