mohiyatini quyidagi ko‘rsatmalar ifodalaydi:
– islom o‘zga dinlar kabi madaniyat, yo‘qsillar g‘oyalarini rivojlantirish
va sotsializm qurilishini taraqqiyotga erishtirish yo‘lidagi katta to‘siqdir;
– ruhoniylarning islohotchi yoki taraqqiychi deb atalmish qismi ham
o‘zga guruhlar kabi partiya va sovet hokimiyatining asosiy tadbirlarini
amalga oshirishga qarshilik qiladigan antisovet kuchdir;
– ruhoniylar islom dini va uning tashkilotlarini yo‘qsillar diktaturasi bilan
almashtirish, ularni mavjud sharoitga moslashtirish uchun barcha choralarni
ko‘ryaptilar;
– kommunizm va din bir-biriga butunlay qarama-qarshi ekanligini, ularni
hech qachon birlashtirish mumkin emasligini kommunistlar, ayniqsa, faollar
tushunib yetishlari kerak.
Keltirilgan fikrlarni umumlashtirib xulosa qilinsa, sovetlar davlatida dinga
umuman o‘rin bo‘lmasligi, u insonlarning ongidan o‘chirib tashlanishi kerak
edi. Demak, dinning davlatdan ajratilganligi to‘g‘risidagi, ya’ni davlat va din
har qaysisi o‘z-o‘zicha rivojlanishi haqidagi qonun uydirmadan boshqa narsa
emasligi ma’lum bo‘ladi. Amalda sovet hokimiyati ashaddiy murosasiz
ateizmni o‘zining dinga qarshi kurashish quroli qilib oldi. Machitlar va
madrasalar yopilib, molxona va omborxonalarga aylantirildi, diniy kitoblar
G‘arb inkvizitsiyasi davridagidek gulxanlarda yoqildi, ruhoniylar e’tiqodi
uchun qatag‘on qilindi. Islom dini bilan bog‘liq qadimiy tarixiy yodgorliklar
qarovsiz qoldi va h. k.
Islom diniga qarshi kurashning bir ko‘rinishi sifatida «Hujum» harakati
uyushtirildi. Ayollarni rasman ozodlikka chiqarish, ijtimoiy faoliyatga jalb
etish uchun o‘tkazilgan va, umuman, yaxshi maqsadlarni nazarda tutgan bu
harakatning amalga oshirilishi usullarini oqlab bo‘lmaydi. Majburlash bu
harakatda asosiy o‘rin egallagan. Paranji-chachvonlar zo‘rlab, ommaviy
tarzda tortib olindi va yoqib yuborildi. Ayollar zabun hayotining asosiy
aybdori qilib ruhoniylar ko‘rsatildi. Shu munosabat bilan mashhur qirg‘is
adibi Chingiz Aytmatovning mulohazasini keltirish joiz: «Afsuski, davlat
tomonidan o‘tkazilgan «Hujum» kampaniyasini o‘sha davrning og‘ir
xatolaridan biri edi, deyish kamlik qiladi. Bu insoniyatga qarshi qaratilgan
jinoyat edi. Xudoning barqarorligini inkor etgan murtadlar Xudoning
vazifasini o‘z zimmasiga oladilar va «yangi odam yaratamiz» deb dahshatli
o‘yin boshlaydilar
1
.
«Hujum» harakatini amalga oshirish jarayonida ayollarning qadr-qimmati
poymol bo‘ldi, sharm-hayo oyoq osti qilindi. Xo‘rlikka chidamagan ko‘plab
ayollar o‘z joniga qasd qildilar yoki erlarining quvg‘iniga uchradilar. Xullas,
jamiyatda, oilada notinchlik yuzaga kelishiga sababchi bo‘lindi.
Keyinchalik «Hujum» harakati ko‘klarga ko‘tarib maqtalgan sovet
adabiyotida, ilmiy ishlarda keltirilgan ijobiy xulosalar yetarli darajada
asoslanmadi. «Hujum»ni ayollarni erkinlikka olib chiqishning yakkayu
yagona yo‘li edi, deb hisoblash mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi, chunki bugungi
kunda islom davlat dini darajasiga ko‘tarilgan bir qancha Sharq, jumladan
1
Qarang:
Айтматов
Do'stlaringiz bilan baham: