hali pishib yetilmagan bosqichni sakrab o‘tish mumkin emas. Shu nuqtai
nazardan, sobiq SSSRni sanoatlashtirish borasida rivojlangan G‘arb
mamlakatlari 40–50 yilda qo‘lga kiritgan ko‘rsatkichlarga 4–5 yilda erishish
mumkinligi haqidagi g‘oya asosida ehtirosga berilib belgilangan rejalar
nafaqat bajarilmadi, balki samarasizlikning namunasi bo‘lib qoldi. Masalan,
O‘zbekiston sanoati 1933 yilda ishlab chiqarish rejasini 72 %
ga bajardi,
mahsulot tannarxi og‘ir sanoatda 30 % ga oshdi, ko‘p korxonalar yilning 30–
40 % davomida ishlamay turdi, F. Xo‘jayev nomidagi poyafzal fabrikasi
mahsulotining – 30 %, Farg‘ona to‘qimachilik fabrikasi mahsulotining –
40 % yaroqsiz (brak) deb topildi
1
. Buni «zo‘riqish» kasalligi desa ham
bo‘ladi, ya’ni imkoniyat va reja mos kelmasa, nafaqat ko‘zda tutilgan
natijaga erishilmaydi, balki inqiroziy vaziyat yuzaga keladi;
2) sanoatni o‘ta tezkor odimlar bilan rivojlantirishda davlatning moddiy
imkoniyatlari yetarli emasligini inobatga
olmaslik jamiyatda ijtimoiy
tanglikka olib keldi. Sanoat korxonalarining qurilishi uchun mablag‘, asosan,
qishloq mehnatkashlarini qaqshatqich ekspluatatsiya qilish va aholining
turmush darajasini o‘ta past darajada ushlab turish hisobiga jamlandi.
Natijada aholini kishi boshiga oziq-ovqat bilan ta’minlash 1940 yilning
boshlarida ham 1924 yilga nisbatan 10–15 % kamroq bo‘lgan
2
. Oziq-ovqat
mahsulotlarini kartochka asosida taqsimlash 1937 yil oxirlaridagina bekor
qilindi. 1932–1933 yillarda sobiq Ittifoq, jumladan O‘zbekiston hududlarida
hukmronlik qilgan ochlik tufayli millionlab odamlarning qirilib ketishi
bolsheviklar sanoatlashtirish siyosatining mudhish oqibatlari deb qaralmog‘i
lozim;
3) sanoatni, birinchi navbatda, og‘ir sanoatni rivojlantirishdan, eng
avvalo,
siyosiy maqsadlar, ya’ni davlatning harbiy qudratini mustahkamlash
ko‘zlandi. To‘g‘ri, bu haqda har qanday davlat ham g‘amxo‘rlik qilishi zarur.
Lekin bu o‘rinda gap davlatning mudofaa qobiliyatini yetarli darajada
mustahkamlash xususida emas, balki harbiy qudratni butun dunyoda
sotsialistik tuzum, umumjahon sovetlar hokimiyatini o‘rnatishga xizmat
qiladigan darajaga ko‘tarish to‘g‘risida ketyapti. Sovetlar o‘zini butun
jahonga muxolif sifatida qo‘yayotgan bir davrda, tabiiyki, harbiy sanoatning
asosi bo‘lgan ishlab chiqarish vositalarining o‘zini ishlab chiqarishsiz
ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmasdi. Ushbu yo‘nalish, ya’ni og‘ir
sanoatni rivojlantirishga ustunlik berish ishlab
chiqarishning bir tomonlama
rivojlanishiga olib keldi. Natijada iste’molni qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan
sohalar Sovetlar davrida faqat ikkinchi darajali bo‘lib qolaverdi;
4) sobiq Ittifoq sanoatni rivojlantirish masalasida faqat davlatning ichki
imkoniyatlaridan foydalanish prinsipiga amal qildi, chunki siyosiy
manfaatlarga ustun ahamiyat bergan davlat butunjahon iqtisodiy
hamjamiyatiga qarshi turishga majbur bo‘ldi. Oqibatda davlat jahonning
ilg‘or texnika va texnologiya yutuqlaridan unumli foydalanish imkoniyatidan
mahrum bo‘ldi. SSSRda umuman ilmiy texnika taraqqiyoti bo‘lmadi, deya
1
Qarang:
Икрамов
А
.
Избранные
труды
.
Т
. 3. –
Т
., 1973. –
С
. 19.
2
Qarang:
Рабич
Р
.
Г
.
Формирование
и
развитие
социально
-
классовой
структуры
Узбекистана
. –
С
. 74.
168
olmaymiz. Lekin erishilgan natijalar kamroq yo‘qotishlar orqali
qiyinchiliklarsiz, qurbonlarsiz, xalqning boshiga tushgan azob-uqubatlarsiz
ham qo‘lga
kiritilishi mumkin edi;
5) sanoat ishlab chiqarishini haddan tashqari ixtisoslashtirish
O‘zbekistonning markazga qaramligini kuchaytirdi. Respublikada qurilgan
korxonalar asosan xomashyo ishlab chiqarish va unga dastlabki ishlov
berishga, Ittifoqning rivojlangan mintaqalaridan keltirilgan tayyor
agregatlardan zarur texnikani yig‘ishga moslashtirildi.
Umuman olganda, bolsheviklar yuritgan sanoatlashtirish siyosatining
bosh g‘oyasini davlatning kuch-qudratini, birinchi navbatda, harbiy qudratini
butun dunyoda Sovetlar hokimiyatini o‘rnatishga xizmat qiladigan darajaga
yetkazish tashkil etardi.
Kollektivlashtirish
(qishloq xo‘jaligini jamoalashtirish) bolsheviklar
iqtisodiy siyosatining fojiali ko‘rinishlaridan biridir. 30-yillarning
boshlarida
respublikamizda qishloq xo‘jaligini qayta tashkil qilish obyektiv zaruratmidi,
degan savolga ijobiy javob bersa bo‘ladi. Chunki mayda dehqon xo‘jaliklari
yangi agrotexnika, ilm-fan yutuqlarini keng qo‘llashga imkon bermasdi.
Lekin qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini faqat kolxozlashtirish orqali isloh
qilish zarurmidi? Yo‘q, albatta. Masalan, Amerika, Germaniya, Gollandiya
va boshqa mamlakatlarda kolxozlar hech qachon bo‘lmagan, lekin ular
qishloq xo‘jaligining taraqqiyot darajasi bo‘yicha jahonda birinchilar
qatorida turadi. Demak, jamoalashtirish qishloq xo‘jaligini isloh qilishning
yakkayu yagona yo‘li, deb bo‘lmaydi.
Ammo, balki jamoalashtirish Markaziy Osiyo xalqlarining turmush
tarziga mos kelar? Xo‘sh, o‘sha kezlarda O‘zbekistonda mahalliy dehqonlar
orasida kolxozga kirishni xohlovchilar bormidi?
Bu savollarga ijobiy javob
berish amri mahol, chunki 1929 yillarda xo‘jaliklarning taxminan 70 %
o‘rtahol dehqonlarga tegishli bo‘lib, ularning har biri ega bo‘lgan yer
maydoni o‘rtacha 10 gektar edi. Kambag‘al dehqonlar taxminan 28–29 % ni
tashkil qilgan bo‘lib, ularning har birining ixtiyorida 3 gektarcha yer bor edi.
Adolat nuqtai nazaridan tan olish kerakki, dehqonlarning bir qismi bu
yerlarni sho‘rolar hokimiyatidan olgan edi. Boy va umuman yersiz dehqonlar
esa 1,5–2 % ni tashkil qilgan
1
.
Nazarimizda, keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, hech bir
dehqon ixtiyoriy ravishda yerini o‘zi uchun notanish bo‘lgan kolxozga
topshirishga tayyor emas edi, chunki bolsheviklarning siyosati qanday
iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi noma’lumligi dehqonlarni cho‘chitib turgan.
20-yillarda yuz
bergan yerlarni tortib olish, mol-mulkni musodara qilish,
bolsheviklarning xususiy mulkka salbiy munosabati dehqonlarning
xotirasidan ko‘tarilmaganligi aniq. Demak, kolxozlarni ixtiyoriy ravishda
tashkil qilish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas edi. Kommunistik
Do'stlaringiz bilan baham: