O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

Industrlashtirish 
sanoatni, birinchi navbatda, og‘ir sanoatni rivojlantirish 
ma’nosini bildiradi. Umuman olganda, sanoatlashtirish, har qanday 
davlatning, jumladan O‘zbekistonning ham taraqqiyotini belgilaydigan soha 
ekanligi aniq. Boz ustiga, o‘sha paytda Ittifoq G‘arb mamlakatlaridan 
birmuncha orqada qolib ketgan edi. Shuning uchun sanoatlashtirish 
siyosatining kun tartibiga qo‘yilishini obyektiv zarurat deyish ham mumkin. 
Lekin masalaning mohiyatini sanoatlashtirish qay tartibda, qanday muddatda, 
qanday manbalar hisobiga amalga oshirilishi va O‘zbekistonning milliy 
manfaatlarini hisobga olish-olmasligiga doir muammolar belgilaydi. Agar 
ana shu muammolar inobatga olinsa, sho‘rolar davrida hayotga tatbiq 
qilingan siyosat O‘zbekistonning mutanosib rivojlanishiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatganligi ma’lum bo‘lib qoladi. Bular quyidagilarda namoyon bo‘ldi:
1) umuman, ishlab chiqarishni tashkil qilishda, jumladan 
sanoatlashtirishda iqtisodiy rivojlanish qonuniyatlari mavjud. Ularni 
e’tiborga olmaslik salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, biron-bir 
1
Каримов
 
И

А

Хавфсизлик
ва
барқарор
тараққиёт
йўлида

Т
. 6. – 158–159-
б

2
Qarang: 
Совет
Социалистик
Республикалари
Иттифоқининг
Конституцияси
(
Асосий
Қонун
). – 
Т
., 1988. – 59-
б

167


hali pishib yetilmagan bosqichni sakrab o‘tish mumkin emas. Shu nuqtai 
nazardan, sobiq SSSRni sanoatlashtirish borasida rivojlangan G‘arb 
mamlakatlari 40–50 yilda qo‘lga kiritgan ko‘rsatkichlarga 4–5 yilda erishish 
mumkinligi haqidagi g‘oya asosida ehtirosga berilib belgilangan rejalar 
nafaqat bajarilmadi, balki samarasizlikning namunasi bo‘lib qoldi. Masalan, 
O‘zbekiston sanoati 1933 yilda ishlab chiqarish rejasini 72 % ga bajardi
mahsulot tannarxi og‘ir sanoatda 30 % ga oshdi, ko‘p korxonalar yilning 30–
40 % davomida ishlamay turdi, F. Xo‘jayev nomidagi poyafzal fabrikasi 
mahsulotining – 30 %, Farg‘ona to‘qimachilik fabrikasi mahsulotining – 
40 % yaroqsiz (brak) deb topildi
1
. Buni «zo‘riqish» kasalligi desa ham 
bo‘ladi, ya’ni imkoniyat va reja mos kelmasa, nafaqat ko‘zda tutilgan 
natijaga erishilmaydi, balki inqiroziy vaziyat yuzaga keladi;
2) sanoatni o‘ta tezkor odimlar bilan rivojlantirishda davlatning moddiy 
imkoniyatlari yetarli emasligini inobatga olmaslik jamiyatda ijtimoiy 
tanglikka olib keldi. Sanoat korxonalarining qurilishi uchun mablag‘, asosan, 
qishloq mehnatkashlarini qaqshatqich ekspluatatsiya qilish va aholining 
turmush darajasini o‘ta past darajada ushlab turish hisobiga jamlandi. 
Natijada aholini kishi boshiga oziq-ovqat bilan ta’minlash 1940 yilning 
boshlarida ham 1924 yilga nisbatan 10–15 % kamroq bo‘lgan
2
. Oziq-ovqat 
mahsulotlarini kartochka asosida taqsimlash 1937 yil oxirlaridagina bekor 
qilindi. 1932–1933 yillarda sobiq Ittifoq, jumladan O‘zbekiston hududlarida 
hukmronlik qilgan ochlik tufayli millionlab odamlarning qirilib ketishi 
bolsheviklar sanoatlashtirish siyosatining mudhish oqibatlari deb qaralmog‘i 
lozim;
3) sanoatni, birinchi navbatda, og‘ir sanoatni rivojlantirishdan, eng 
avvalo, siyosiy maqsadlar, ya’ni davlatning harbiy qudratini mustahkamlash 
ko‘zlandi. To‘g‘ri, bu haqda har qanday davlat ham g‘amxo‘rlik qilishi zarur. 
Lekin bu o‘rinda gap davlatning mudofaa qobiliyatini yetarli darajada 
mustahkamlash xususida emas, balki harbiy qudratni butun dunyoda 
sotsialistik tuzum, umumjahon sovetlar hokimiyatini o‘rnatishga xizmat 
qiladigan darajaga ko‘tarish to‘g‘risida ketyapti. Sovetlar o‘zini butun 
jahonga muxolif sifatida qo‘yayotgan bir davrda, tabiiyki, harbiy sanoatning 
asosi bo‘lgan ishlab chiqarish vositalarining o‘zini ishlab chiqarishsiz 
ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmasdi. Ushbu yo‘nalish, ya’ni og‘ir 
sanoatni rivojlantirishga ustunlik berish ishlab chiqarishning bir tomonlama 
rivojlanishiga olib keldi. Natijada iste’molni qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan 
sohalar Sovetlar davrida faqat ikkinchi darajali bo‘lib qolaverdi; 
4) sobiq Ittifoq sanoatni rivojlantirish masalasida faqat davlatning ichki 
imkoniyatlaridan foydalanish prinsipiga amal qildi, chunki siyosiy 
manfaatlarga ustun ahamiyat bergan davlat butunjahon iqtisodiy 
hamjamiyatiga qarshi turishga majbur bo‘ldi. Oqibatda davlat jahonning 
ilg‘or texnika va texnologiya yutuqlaridan unumli foydalanish imkoniyatidan 
mahrum bo‘ldi. SSSRda umuman ilmiy texnika taraqqiyoti bo‘lmadi, deya 
1
Qarang: 
Икрамов
 
А

Избранные
труды

Т
. 3. – 
Т
., 1973. – 
С
. 19. 
2
Qarang: 
Рабич
 
Р

Г

Формирование
и
развитие
социально
-
классовой
структуры
Узбекистана
. – 
С
. 74. 
168


olmaymiz. Lekin erishilgan natijalar kamroq yo‘qotishlar orqali 
qiyinchiliklarsiz, qurbonlarsiz, xalqning boshiga tushgan azob-uqubatlarsiz 
ham qo‘lga kiritilishi mumkin edi
5) sanoat ishlab chiqarishini haddan tashqari ixtisoslashtirish 
O‘zbekistonning markazga qaramligini kuchaytirdi. Respublikada qurilgan 
korxonalar asosan xomashyo ishlab chiqarish va unga dastlabki ishlov 
berishga, Ittifoqning rivojlangan mintaqalaridan keltirilgan tayyor 
agregatlardan zarur texnikani yig‘ishga moslashtirildi.
Umuman olganda, bolsheviklar yuritgan sanoatlashtirish siyosatining 
bosh g‘oyasini davlatning kuch-qudratini, birinchi navbatda, harbiy qudratini 
butun dunyoda Sovetlar hokimiyatini o‘rnatishga xizmat qiladigan darajaga 
yetkazish tashkil etardi.
Kollektivlashtirish 
(qishloq xo‘jaligini jamoalashtirish) bolsheviklar 
iqtisodiy siyosatining fojiali ko‘rinishlaridan biridir. 30-yillarning boshlarida 
respublikamizda qishloq xo‘jaligini qayta tashkil qilish obyektiv zaruratmidi, 
degan savolga ijobiy javob bersa bo‘ladi. Chunki mayda dehqon xo‘jaliklari 
yangi agrotexnika, ilm-fan yutuqlarini keng qo‘llashga imkon bermasdi. 
Lekin qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini faqat kolxozlashtirish orqali isloh 
qilish zarurmidi? Yo‘q, albatta. Masalan, Amerika, Germaniya, Gollandiya 
va boshqa mamlakatlarda kolxozlar hech qachon bo‘lmagan, lekin ular 
qishloq xo‘jaligining taraqqiyot darajasi bo‘yicha jahonda birinchilar 
qatorida turadi. Demak, jamoalashtirish qishloq xo‘jaligini isloh qilishning 
yakkayu yagona yo‘li, deb bo‘lmaydi.
Ammo, balki jamoalashtirish Markaziy Osiyo xalqlarining turmush 
tarziga mos kelar? Xo‘sh, o‘sha kezlarda O‘zbekistonda mahalliy dehqonlar 
orasida kolxozga kirishni xohlovchilar bormidi? Bu savollarga ijobiy javob 
berish amri mahol, chunki 1929 yillarda xo‘jaliklarning taxminan 70 % 
o‘rtahol dehqonlarga tegishli bo‘lib, ularning har biri ega bo‘lgan yer 
maydoni o‘rtacha 10 gektar edi. Kambag‘al dehqonlar taxminan 28–29 % ni 
tashkil qilgan bo‘lib, ularning har birining ixtiyorida 3 gektarcha yer bor edi. 
Adolat nuqtai nazaridan tan olish kerakki, dehqonlarning bir qismi bu 
yerlarni sho‘rolar hokimiyatidan olgan edi. Boy va umuman yersiz dehqonlar 
esa 1,5–2 % ni tashkil qilgan
1

Nazarimizda, keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, hech bir 
dehqon ixtiyoriy ravishda yerini o‘zi uchun notanish bo‘lgan kolxozga 
topshirishga tayyor emas edi, chunki bolsheviklarning siyosati qanday 
iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi noma’lumligi dehqonlarni cho‘chitib turgan. 
20-yillarda yuz bergan yerlarni tortib olish, mol-mulkni musodara qilish, 
bolsheviklarning xususiy mulkka salbiy munosabati dehqonlarning 
xotirasidan ko‘tarilmaganligi aniq. Demak, kolxozlarni ixtiyoriy ravishda 
tashkil qilish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas edi. Kommunistik 
Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish