Rossiyaning O‘rta Osiyo bo‘yicha ilk qiziqishlari:
O‘rta Osiyo xonliklarni bosib olish niyati Petr 1 davrida boshlangan edi XVII asr boshlarida metallurgiya sanoatini rivojlantirish zarurati qistovida o‘ris hukmdorlari va tadqiqotchilari O‘rta Osiyoning boy konlari taqdiri bilan astoydil qiziqdilar. O‘rta Osiyoda to‘lib – toshib yotgan oltin sochmalari haqidagi ma’lumotlarga xukumat alohida e’tibor berar va shu tufayli Petrning shaxsan o‘zi o‘zbek xonliklari xududiga suqulib kirishi rejasini ishlab chiqqan edi. Petr I tajovuzkor siyosatni amalga oshirishi maqsadida O‘rta Osiyoga 1714 yilda Preobrajenskiy polkining poruchigi knyaz Aleksandr Bekovich – CHerkasskiy, 1715 yilda kapitan Ivan Buxgolts rahbarligida Xivaga ikki marta qo‘shin yuboradi.
YUrishlarning muvaffaqiyatsiz tugaganiga qaramay Petr xukumati o‘z niyatidan voz kechmaydi. Petr Buxoroga elchi qilib italiyalik Florio Benevelini jo‘natadi. Unga “oltin sochmalarining” makonini, u erga borish yo‘llarini aniqlashni topshiradi. Beneveli tarix, jo‘g‘rofiya, etnografiya bo‘yicha juda ko‘p qimmatli ma’lumotlar to‘pladi. Uning fikricha, bu ma’lumotlar o‘rganilsa, u erlarda hukmron tariqasida o‘rnashib olish uchun birgina kuchli zarba kifoya ekan. Benevelining safari ham muvaffaqiyatsiz tugadi, uning o‘zi Buxoro amiridan zo‘rg‘a qutilgach, Petr o‘limidan keyin, 1725 yilda Rossiyaga qaytdi.
Ekaterina II xukumati XVIII asr 70 - yillarining oxirlarida O‘rta Osiyo bilan o‘rislar uchun har tomonlama foydali bo‘lgan savdo – sotiq masalalariga katta e’tibor bera boshladi va XIX asrning birinchi choragidayoq o‘zbek bozorlarida o‘rislar mustahkam mavqega ega bo‘lib oldilar.
Faqat Nikolay II hukumati davrida O‘rta Osiyo bozorlarini butunlay Rossiyaga qaram qilish maqsadida Turkistonni bosib olishni tezlashtirishni o‘ylay boshladi.
SHunday qilib, 1840 yil noyabrning ohirlarida Orenburg harbiy gubernatori general – mayor V.A.Perovskiy boshchiligida 2 ta zambarak, 40 arava, 5 ming piyoda askar, hamda 10 ming tuyadan iborat karvon O‘rta Osiyo tomon yo‘lga chiqadi. Og‘ir ob – havo sharoiti, yoqilg‘ining yo‘qoligi, oziq – ovqat tanqisligi, kiyim – kechaklarning yaroqsizligi natijasida Perovskiy qo‘shini Xivaga yurishini tuhtashiga majbur bo‘ladi.
Istilochilar 1841 yilda Xonikov etakchiligida Buxoroga otlanishadi. Bu yurish natijasida Butenyov ikki xonlikni qurol bilan bosib olish imkoniyatlari, yo‘llari, rejalari kabi ma’lumotlarni o‘zida jamlab noma yozadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |