O‘zbekiston tarixi


Buxoro xalq sovet respublikasi (BXSR)



Download 4,82 Mb.
bet145/211
Sana30.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#194391
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   211
Bog'liq
ИЖТИМОИЙ.ЎЗБ.тарих.Мажмуа.2018-2019

Buxoro xalq sovet respublikasi (BXSR) — Buxora amirligida amir hokimiyati ag‘darilgach, 1920 yil 2 sentyabrda bolsheviklar andozasida tashkil etilgan Respublika. 1921 yil sentyabr oyida BXSR Konstitutsiyasi qabul qilindi. BXSRda keng ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlar amalga oshirila boshlandi. Lekin bu islohotlar mavjud ijtamoiy-siyosiy vaziyatdan kelib chiqib emas, balki Moskva-bolsheviklari andozasi va ko‘rsatmasi asosida ko‘r-ko‘rona amalga oshirilgani bois, aksariyat hollarda teskari natijalarni berdi. BXSR 1924-25 yillarda Turkistonda o‘tkazilgan ma’muriy-xududiy davlat chegaralanishi munosabati bilan tugatilib, yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Sovet sotsialistik Respublikasi tarkibiga kiritildi.

Buxoro xonligi — Temuriylar davlatining inqirozidan boshlab, Vatanimiz tarixining Xonliklar davri boshlandi. Buxoro xonligi rasman 1510 yildan 1920 yilgacha mavjud bo‘ldi. Buxoro xonligida uchta sulola hukmronlik qildi. Bular SHayboniylar sulolasi (1510-1601), Ashtarxoniylar sulolasi (1601-1753) va Mang‘itlar sulolasi (1753-1920). SHayboniylar va Ashtarxoniylar sulolasidan chiqqan xukmdorlar nasl-nasabi jihatidan CHingizxon (1151-1227)ning uzoq avlodlari xisoblanardilar. SHuning uchun ham ular "xon" unvoni bilan atalganlar.

Vabo isyoni” – 1892 yil 24 iyunda Toshkentda boshlangan qo‘zg‘olon. 7 iyunda Toshkentda vabo bilan kasallanish qayd etilgach, epidemiyaning oldini olish maqsadida mustamlakachi ma’murlar shaharga kirishni cheklab qo‘yadilar. Vafot etganlarni tibbiyot xodimi ko‘zdan kechirgandan so‘ng maxsus mozorga ko‘mish to‘g‘risida buyruq chiqariladi. Biroq shifokor, feldsherlar etishmasligi tufayli keltirilgan o‘liklar uch-to‘rt kunlab tekshirilmay qolib ketadi, xalq esa o‘z ajali bilan o‘lganlarni yashirincha o‘zlarining qabristoniga ko‘ma boshlaydi. Bundan xabar topgan shahar ma’murlari o‘liklarni go‘rlaridan oldirishni buyuradilar. Bu esa mahalliy xalqning keskin naroziligiga sabab bo‘ladi. Narozilik harakati dastlab aholining boy-badavlat zodagonlariga qarshi, hokimiyatni suiiste’mol qilish bilan tanilgan shahar bosh oqsoqoliga qarshi namoyish tarzida tinch holatda bo‘lgan. Namoyish ruslarga qarshi qaratilmagan bo‘lib, birorta rus idorasi, rus do‘koniga bostirib kirilmagan, birorta ham rus kishisi aziyat chekmagan. Namoyishchilarga qarshi shahar boshlig‘i polkovnik Putinsevning kuch ishlatish to‘g‘risidagi buyrug‘idan keyin qo‘zg‘olon tusini olib, uning devonini tor-mor etishadi va o‘zini kaltaklashadi. Qo‘zg‘olonni bostirish uchun kazaklar polki va bir to‘da askar chaqirildi. Ular qurolsiz olomonga o‘q uzib, qo‘zg‘olonni bostirishga muvaffaq bo‘ladilar.

VAGN, fagn, bagn – “Avesto”da ibodatxona nomi. X-XIII asrlardagi ko‘pgina tarixchilarning asarlarida Sug‘ddagi qishloqlar nomida “fagn” (“bagn”, “vagn”) qo‘shimchasi borligi kuzatiladi. Ibodatxona rahbari (koxini) – “vagnpat” deb atalgan.

Vassal – 1) Ilk o‘rta asrlarda G‘arbiy Evropada xo‘jayin(senor, feodal)ga qaram bo‘lgan xizmatkor (dehqon); 2) XIX asrning ikkinchi yarmi-XX asr boshlarida bir davlat tomonidan ikkinchi davlatni siyosiy jihatdan o‘ziga to‘la qaram qilib olib, u erda o‘z siyosatini yurgizish vassallik deb atalgan. Masalan: 1868 yilda CHor Rossiyasi Buxoro Amirligini, 1873 yilda Xiva xonligini bosib olgach, imzolangan shartnomaga ko‘ra bu ikkita xonlik Rossiyaning vassaliga aylantirilgan.

Vaqf (arab. – to‘xtash, pauza) – o‘rta asrlarda masjid, mozor, xanaqo, madrasa va maqbaralar uchun ajratilgan erlar. Bunday erlar musodara etilgan, davlat hamda yirik er egalari tomonidan hadya etilgan erlar hisobiga vujudga keltirilar edi. Masjid, madrasa, qabristonlarning asosiy sarf-xarajatlari, shuningdek, talaba, mudarris hamda mutavallilarga beriladigan nafaqa va maoshlar hammasi vaqf erlaridan olinadigan daromad hisobidan qoplanar edi. Vaqf mulklarini mutavallilar boshqarganlar.

Hozirda O‘zbekistonda vaqflar tugatilgan. Ammo xorijiy SHarqdagi barcha musulmon mamlakatlarida hozirgacha vaqf mavjud.




Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish