General-Gubernator – Rossiya Imperiyasi (1721-1917)da mahalliy ma’muriyatning 1703-1917 yillardagi oliy mansabi; fuqarolik va harbiy hokimiyatga ega bo‘lgan. Rossiyada 1775 yilda o‘tkazilgan guberniya islohotiga ko‘ra Rossiya guberniya (o‘lka va viloyat)lariga rahbarlik qilgan mansabdor shaxs. CHor Rossiyasi tomonidan Turkiston xonliklaridan bosib olingan xududlarda 1867 yil Turkiston General guberntorligi tashkil etiladi. K.P.Kaufman (1867-1881) uning birinchi general-gubernatori etib tayinlanadi
Mustovfiy, mustavfiy — saroy mansabi. 1) G‘aznaviylar davlatida moliya devonida kirim-chiqim, pul va qimmatli boyliklarni hisobga olish bilan shug‘ullanuvchi amaldor; Xorazmshohlar davlatida va viloyat moliya organi (devon istifo’) rahbari, moliya maslahatchisi, viloyat boshqaruv organi a’zosi; 3) Buxoroda Ashtarxoniylar sulolasi davri davlat mablag‘larining kirim-chiqim ishlari bo‘yichi mutasaddi amaldori.
Mustamlaka tartibi — urushib bosib olingan hudud aholisining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy qaramga aylantirishga xizmat qiluvchi boshqarish usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |