10
|
Mavzu: Xalifalikning zaiflashuvi, mustaqil davlatlarning shakllana boshlashi. Somoniylar davlati. Qoraxoniylar davlati .
Nazariy mashg’ulot mazmuni: VIII asr oxiri-IX asr boshlarida Arab xalifaligining og‘ir siyosiy tanglikka uchrashi. Movarounnahr va Xurosonda tez-tez ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonlar, ichki ziddiyatlarning Arab xalifaligiga ta’siri. Arab xalifaligining zaiflashuvi va mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishi.
Qarluqlar, O‘g‘izlar davlati. Tohiriylarning tarix sahnasiga chiqishi. Qarluq va O‘guz kabi ikki turkey davlatning Movarounnahr, O‘rta Sharq va Old Osiyo aholisining siyosiy hayotiga va etnik tarixiga ta’siri.
Tohiriylar davlatining tashkil topishi. Tohir iibn Husayn, Talxa va Abdul Abbos Abdulohlarning Tohiriylar davlati tarixidagi o‘rni. Tohiriylar davlatining ichki va tashqi siyosati. Tohiriylar davlatining qulashi. Safforiylar qo‘zg‘oloni. Safforiylar davlati va uning ijtimoiy – siyosiy hayoti.
IX asrda Movarounnahr siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar. Somoniylar davlatining vujudga kelishi. IX asr oxirida Movarounnahrning barcha viloyatlari Somoniylar tassarufiga o‘tishi. Ismoil Somoniy va uning hukmronligi. Somoniylarda boshqaruv tizimi. Iqto va unvon berish tartibining yuzaga kelishi. Ijtimoiy tuzum va davlatni boshqarish usuli. Yer egaligi shakli, soliq turlari. Somoniylar davlatida mudofaa ishlari. Somoniylar davlatining tashqi siyosati. Savdo munosabatlari. Hunarmandchilik va shaharlarning tashqi savdoga ta`siri. Somoniylar davlatida pul muamolasi. IX-X asrlarda yer-mulk munosabatlari. Somoniylar davlatining halokati sabablari.
G‘aznaviylar davlati. Yer egaligi, soliq turlari. Maxmud G‘aznaviy va saljuqiylar. G‘aznaviylar davlatining ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayoti. Qoraxoniylar davlatining kuchsizlanishi.
Qoraxoniylar (Xoqoniya) davlatining tashkil topishi. Qoraxoniylarda “arslonxon”, “bug‘roxon”, “tamg‘achxon” unvonlari. O‘rta Osiyoni Qoraxoniylar tomonidan bosib olinishi. Mulkiy boshqaruv tartibi. Ijtimoiy va ho‘jalik hayoti. Madaniyati. Soliq turlari va undirish tartiblari. Qoraxoniylar davlatining ikkiga bo‘linishi. Qoraxoniylarning Xurosonni ham o‘zlariga bo‘ysundirish uchun olib borgan harakatlari. Qoraxoniylar davlatining kuchsizlanishi. XII asrning 30-yillari oxirida ko‘chmanchi qoraxitoylarning Qoraxoniylar davlatiga hujumi. 1141-yilda qoraxitoylar va Qoraxoniylar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan jang natijalari. Qoraxoniylar davlatining qulashi.
XI-XII asrlarda qishloq xo‘jaligidagi ahvol. Ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o‘zgarishlar. XI asrdan boshlab iqto yerlarning kengayib borishi natijasida mulkchilikning asosiy shakllaridan biriga aylanishi. “Dehqon” degan atama yangi ma’noni anglatishi.
Xorazm hududining G‘aznaviyalar keyinchalik Saljuqiylarga qaram bo‘lib qolishi va uning oqibatlari. “Xorazmshohlar” unvoni. Saljuqiylar davlati noibligi davrida xorazmshohlar faoliyati. Xorazmshohlar davlatining tashkil topishi. Urganch shahri va uning Xorazmshohlar davlatidagi o‘ziga xos o‘rni. Xorazmshohlar davlatining tashqi va ichki siyosati. Xorazmning yuksalishi uchun shart-sharoitlar. Xorazmshohlarning Qoraxoniylarga qarshi kurashi. Buxoro va Samarqandni Xorazmshohlar davlatiga qo‘shib olinishi. Xorazmshohlarning olib brogan siyosati natijasida ichki ziddiyatlarning kuchayishi. Xalq noroziliklarining yuzaga kelishi. O‘tror va Samarqandda ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlar va uning oqibatlari.
IX-XII asrlarda Movarounnahr va Xurosonda sodir bo‘lgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning mamlakat madaniy hayotiga kuchli ta’siri. Bag‘dod shahri Sharqning yirik ilm va madaniyat markazi ekanligi. “Bayt ul-hikmat”.
Mafkura, fan, din, til, tarix va adabiyot. O‘rta Osiyodagi ilmiy tafakkur markazlari.
Al-Xorazmiy, Axmad Farg‘oniy, Al- Beruniy, ibn Sino, Al-Farobiy, Imom Buxoriy va boshqalar.
Mustaqillik yillarida buyuk allomalarimizning ma’naviy va madaniy merosiga munosabat.
|
|
Tarqatma materiallar, test topshiriqlari, plakatlar, albomlar, rasmlar
|
Kompyuter, proyektor, taqdimot, vidofilm, videolavha, slaydlar, chizma va sxemalar
|
Stendlar, mavzuli xaritalar
|
Og’zaki so’rov va savol-javoblar, baxs-munozara
|