Qisqa davr ichida ushbu tizimda tub o‘zgarishlar amalga oshirildi, 980 dan ortiq bog‘cha qurilib, ishga tushirildi. Davlatimiz rahbarining 2018 yil 30 sentyabrda qabul qilingan «Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori maktabgacha ta’lim tizimini yagona uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy dastur va texnologiyalarning ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etilishi ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirishga xizmat qilmoqda. Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi qoshida Axborot va pedagogika texnologiyalarining innovatsion markazi, Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti, Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injenering kompaniyasi, Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi. Ko‘plab ota-onalar, o‘qituvchi va o‘quvchilar hamda keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar asosida yurtimizda 11 yillik ta’lim qayta tiklandi. Respublikamizda 11 yillik orta talimning joriy etilishi hamda oliy talim qamrovining kengayishi ,yoshlarni bosh yurishlsriga orin qoldirmadi. Bu oquvchiga ota ona bagrida bolib ham oqib ham ozi hohlagan hunarni egallashiga imkon beradi. Rossiyalik hamkorlar bilan ta’lim va ilmiy faoliyatga oid 114 ta shartnoma hamda bitimlar imzolandi. Jumladan, O‘zbekistonda Rossiyaning 6 ta nufuzli oliy ta’lim muassasasi filiali va 2 ta fakultet ochilishi, 52 ta qo‘shma ta’lim dasturi joriy etilishi nazarda tutildi. Har bir kelishuv bo‘yicha yo‘l xaritalari ishlab chiqilgan. O‘zMU, BDU, FarDU, O‘z FA va boshqa O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari va ilmiy muassasalari Rossiya oliy ta’lim muassasalari bilan bitimlar imzoladi. «Vernadskiy – Ulug‘bek» loyihasi bo‘yicha qo‘shma ilmiy maktablar yaratildi. Vernadskiy universiteti ilmiy-ma’rifiy konsorsiumlari bilan 2019–2021 yillarda madaniy-gumanitar sohada hamkorlik dasturi imzolandi. Prezidentimizning 2018 yil 5 iyundagi «oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori oliy ta’lim tizimidagi mavjud muammolarni bartaraf etish, ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |