O`zbekiston tarixi kafedrasi o’zbekiston tarixi


-mavzu. Turkistonda mustabid tuzumiga qarshi qarshilik harakati



Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/105
Sana28.04.2022
Hajmi3,02 Mb.
#588632
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   105
Bog'liq
O`zbekiston tarixi kafedrasi o’zbekiston tarixi

13-mavzu. Turkistonda mustabid tuzumiga qarshi qarshilik harakati
Reja: 
1.
 
Turkiston o'lkasida milliy ozodlik va istiqlol uchun harakatlarning qo’liga qurol olishlari 
va bolsheviklar hukumatiga qarshi istiqlolchilik harakatini keng tus olishi. Harakatning 
kuchlari va bosqichlari.
2.
 
Farg'ona vodiysida istiqlolchilik harakati, ularning namoyondalari. Kichik va katta 
Ergashlar. Muhammad Aminbek Ahmadbek o'g'li (Madaminbek), Shermuhammadbek va 
boshqalarning faoliyati. Turkistondagi istiqlolchilik harakatining o'ziga xos milliy 
xarakteri va xususiyatlari. Ayrim guruhlarning bu harakatdan o'z manfaatlari yo'lida 
foydalanishga intilishi.
3.
 
Turkistonda mustamlakachilarga qarshi olib borilgan harakatlarning bostirilishi, uning 
sabablari va saboqlari.
Adabiyotlar. 
1. I.Karimov. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
2. Mustabid tuzumning O‘zbekiston boyliklarini talash siyosati: tarix shohidligi va saboqlari. 
Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Sharq, 2000. 
3. Usmonov Q., Sodiqov M., Oblomurodov N. O‘zbekiston tarixi. I qism. – Toshkent: 
Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2002. 
4. Tillaboyev S. Turkiston o‘lkasining boshqaruv tizimida mahalliy aholi vakillarining 
ishtiroki (Farg‘ona viloyati misolida). – Toshkent: Fan, 2008. 
5. Yunusova X. Toshkentda 1892 yilgi xalq qo‘zg‘oloni. Sariog‘och, 1998. 
6.Eshov B. O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 
2012. 


138 
7. Shamsutdinov R., Karimov Sh., Ubaydullaev U. Vatan tarixi. (XVI-XX asr boshlari). 
Ikkinchi kitob. – Toshkent: Sharq, 2010. 
8. O‘zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2003. 
9. O‘zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Akademiya, 2010. 
10. O‘zbekistonning yangi tarixi. Turkiston Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida. 
Birinchi kitob. – Toshkent: Sharq, 2000. 
11. Musayev N. Turkistonda sanoat ishlab chiqarishining vujudga kelishi va rivojlanishi 
tarixidan (XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlari). – Toshkent: Iqtisod-moliya, 2011. 
12. Ismoilova J. XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida Toshkentning “Yangi 
shahar” qismi tarixi. – Toshkent: Fan va texnologiya. 2004.
Turkiston Muxtoriyatining qonga botirilib tugatilishi istiqlolchilik harakatining butun 
Farg‘ona vodiysida boshlanishiga turtki bo‘ldi.
Turkistonda oktabr to‘ntarishidan keyin sodir bo‘lgan voqeyalar jarayoni shuni ko‘rsatadiki, 
bolsheviklar o‘rnatgan sovet tuzumi o‘lka xalqlariga nafaqat mustaqillik, hatto milliy muxtoriyatni 
ham ravo ko‘rmadi. Mustaqillik osonlikcha qo‘lga kiritilmasligini tushunib yetgan milliy 
vatanparvarlar qo‘lga qurol olib, bolsheviklar va bosqinchi qizil armiyaga qarshi qurolli harakat 
boshlab yubordilar. Biroq sovet tuzumi va kommunistik mafkura hukmronligi yillarida, ularga 
“bosmachi” deb nohaq tamg‘a bosildi.
Bosmachi so‘zi aslida bosmoq fe’lidan olingan. Aslini olganda Farg‘ona vodiysida, umuman, 
butun Turkiston hududida podsho va sovet Rossiyasi davrida – hukmron tuzumga qarshi qurolli 
kurash olib borgan turkistonliklarni bosmachilar deb atashmagan. Xalq orasida “bosmachi” sifatida 
jinoyatchi unsurlar, o‘g‘ri va bezorilar to‘dasi tushunilgan. Shu bilan birga birovlarning yurtini
bosib olgan bosqinchilarni ham bosmachilar deb atash mantiqan to‘g‘ri keladi.
Bu harakat haqida so‘z yuritilganda ta’kidlash lozimki, 1918-1919 yillarning o‘rtalarigacha 
bo‘lgan davrga tegishli arxiv hujjatlarida ham “bosmachi” so‘zi uchramaydi. Bu hujjatlarda 
“qaroqchi” (razboynik), “shayka”, juda bo‘lmasa “bosqinchi” (bandit) iboralari qo‘llanilgan. 1919 
yilning o‘rtalaridan boshlab avval ayrim rasmiy hujjatlarda, keyinchalik esa sovet vaqtli matbuotida 
“bosmachi” iborasini qo‘llash boshlangan. “Bosmachi” va “bosmachilik” iboralari ozodlik 
harakatining mohiyatini pasaytirish, ajdodlarimizning bolsheviklar hukmronligiga qarshi olib 
borgan qonli kurashlarini xaspo‘shlash uchun buyuk davlatchi shovinistlar tomonidan o‘ylab topildi 
va “banditlik”, “qaroqchilik” so‘zlari bilan asossiz ravishda bir qatorga qo‘yildi.
Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, Turkistonda sovet hokimiyati o‘rnatilgach, o‘lkada 
qaxatchilik, ocharchilik boshlangan va bunday sharoitda jinoiy unsurlarning talonchilik harakatlari 
sodir bo‘lib turgan. Biroq, Turkiston xalqlarining o‘z insoniy, milliy, siyosiy huquqlarini toptagan 
mustabid tuzumga qarshi ongli ravishda olib borgan kurashlari bunday talonchilik harakatlaridan 
maqsadi, mohiyati jihatidan keskin ajralib turardi. Bolsheviklar esa ularning har ikkalasini atayin 
umumiy bir nom bilan ta’riflab, yagona harakat sifatida ko‘rsata boshlaganlar. Vaholanki ayrim 
qaroqchi guruhlar tomonidan onda-sonda, goh u, goh bu yerda sodir etib turilgan oddiy jinoiy 
talonchilik bilan erksevar vatanparvarlarning ongli ravishda, aniq maqsadlarda, mustabid hukumat
qo‘shinlariga qarshi olib borgan ommaviy qurolli kurashi bir-biridan tubdan farq qilardi. Turkiston 
vatanparvarlarning olib borgan qurolli kurashlari siyosiy harakat tusini olgani aniq namoyon bo‘lsa-
da, mustabid hukumat uni bosmachilik sifatida ko‘rsatishga harakat qildi va bosmachilik so‘zi 
iste’molda mutlaqo asossiz o‘rnashib bordi. Ammo bu nom bilan ta’riflangan xalq kurashining 
sabablari, mohiyati va maqsadlariga o‘z zamondoshlari tomonidan berilgan baholar bosmachilik 
so‘zining ma’nosiga mutlaqo zid bo‘lib, uni keskin inkor etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, “bosmachi” yorlig‘i yopishtirilgan ota-
bobolarimizning muborak nomlari qayta tiklandi va ularning haqiqiy qiyofalari istiqlolchilar sifatida 
namoyon bo‘ldi. Bu boradagi ilk tadqiqotni Q.Rajabov amalga oshirgan bo‘lib, keyingi yillarda 
ham o‘lkaning turli hududlaridagi sovet tuzumiga qarshi olib borilgan qurolli harakatlarning tarixi 
tadqiq etilmoqda. 
Sovetlarga qarshi harakat “Turkiston Muxtoriyati hukumatining tor-mor qilinishi bilan 
boshlanganligi” deyarli barcha tarixchilarning asarlarida e’tirof qilinadi. Aslini olganda, muxtoriyat 
hukumati ag‘darib tashlanmaganida ham yoki bu hukumat hatto mutlaqo bo‘lmaganida ham bu 
harakatning vujudga kelishi tabiiy bir hol edi. Zotan, bu davrda Turkistonda vujudga kelgan 


139 
ijtimoiy-siyosiy vaziyat sovet hokimiyatiga qarshi istiqlol kurashining boshlanishini muqarrar qilib 
qo‘ygan edi.
Birinchidan, 1917 yilda sodir bo‘lgan oktabr to‘ntarishi va buning natijasida hokimiyatni 
qo‘lga kiritgan bolsheviklar tomonidan ilgari surilgan kommunistik mafkura Turkiston xalqlari 
uchun mutlaqo yot tushuncha edi. Mahalliy aholi bu g‘oyani avval boshdanoq o‘ziga singdira 
olmadi va unga qarshi turdi. 
Ikkinchidan, sovet hukumati o‘rnatilgan dastlabki davrda hokimiyatni boshqarishga mahalliy 
xalq vakillari jalb qilinmadi, ularning milliy g‘ururi, haq-huquqi inkor qilindi. Turkistonda 
bolsheviklar tomonidan o‘rnatilgan sovet tuzumi Rossiya imperiyasi mustamlakachiligining yangi 
shakli ekanligi o‘sha dastlabki kunlardanoq oshkor bo‘lgan edi. 
Uchinchidan, yangi tuzum o‘rnatilgan ilk kunlardanoq mahalliy xalqning asrlar davomda 
shakllangan urf-odatlari, milliy qadriyatlari toptaldi. Shariat asoslari va qozixonalar bekor qilindi, 
vaqf yerlari tortib olindi, mulkchilikning barcha shakliga chek qo‘yildi. 
Turkiston Muxtoriyati hukumatining tugatilishi bu harakatning butun Farg‘ona vodiysida 
ommaviy ravishda boshlanishiga bir turtki vazifasini o‘tadi, xolos. Rossiya imperiyasining 
mustamlakachilik zulmi ostida ezilib kelgan farg‘onaliklar Turkistonda birinchi bo‘lib bolsheviklar 
rejimiga qarshi qurolli kurashga otlandilar. Shu tariqa, Turkistonda sovet hokimiyati va 
bolshevikcha tuzumga qarshi istiqlolchilik harakati 1918 yil fevral oyining oxirlarida boshlangan 
edi. 
Bu harakatlar haqida o‘z davrida ham ko‘plab fikrlar bildirilgan bo‘lib, jumladan, 
V.Kuvshinov Farg‘ona frontidagi ahvolni sharhlash davomida "bosmachilik"ning sabablariga 
to‘xtalib, harakatni avj oldirgan omillar qatorida hokimiyat tepasidagilarning o‘z vazifasini 
suiste’mol qilishganligini, bundan tashqari muxtoriyat g‘oyasi o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini 
qayd etadi. N.Batmanov esa "bosmachilik"ni sovet hokimiyati keltirib chiqarganini oshkora 
ta’kidlaydi. 20-yillar boshida chop etilgan boshqa maqolalarda ham Turkiston xalqlarining sovet 
hokimiyatiga qarshi kurashining asosiy sabablari sifatida hukumatning mustamlakachilik siyosati 
ko‘rsatiladi. Bu harakatning umummilliy, umumxalq harakati tusini olganligi qayd etiladi. 
"Bosmachilik" tuhmat tamg‘asini olgan bu kurashning kelib chiqish sabablari, mohiyati va dastlabki 
yillardagi umumxalq, umummilliy xarakteri haqidagi haqqoniy e’tiroflar 20-yillarning ikkinchi 
yarmida ham qayd etilgan. Masalan, Katta Sovet ensiklopediyasining 1-nashrida F.Xo‘jayev "bu 
harakat sovetlarga qarshi aniq siyosiy tus olib, O‘rta Osiyoning uchala respublikasi – Turkiston, 
Buxoro va Xorazmda dehqonlarning deyarli ommaviy harakatiga aylangani", "...bu harakat 
rahbarlari Shermuhammadbek, Ibrohimbeklargina emas, mahalliy milliy ziyolilar, boylar ham 
bo‘lgan"ligini ta’kidlaydi.
Farg‘ona viloyati targ‘ibot bo‘limining tashviqotchilar uchun e’lon qilingan sharhlarda bu 
harakat sabablari shunday izohlanadi: “Bosmachilik chuqur iqtisodiy silkinishlar zaminida yuzaga 
kelib, minglab kishilarning sovet hokimiyatiga qarshi ommaviy harakatga aylandi, bosmachilik 
harakatining eng muhim payti Qo‘qon muxtoriyatining tor-mor etilishi va dashnoqlar xunrezligi 
tufayli yuz berdi 
1919 yilda Turkistonda mahalliy mehnatkashlar orasida ish olib borish maqsadida tuzilgan 
o‘lka musulmonlar byurosining Farg‘ona aholisiga o‘sha yili martda e’lon qilingan 
“Murojaatnoma“sida esa, sovet hokimiyatiga qarshi kurashning sabablari haqida quyidagilar qayd 
etib o‘tiladi: “Kurash milliy zulm va bir millatning boshqa millatni ezishi zaminida avj olib ketdi. 
Farg‘onada yo‘l qo‘yilayotgan, pirovardida butun Turkiston aholisi uchun mash’um oqibatlar 
keltiradigan beboshliklar musulmon ahlini sovet hokimiyatidan bezdirmoqda. Farg‘ona 
voqealarning avj olishiga olib kelgan yana bir sabab, hamma yerda, ayniqsa, Farg‘onada hukumat 
tarkibiga, sovetlar, komitetlarga kirib olgan jinoyatchi, eski amaldorlardan iborat shaxslar xalq 
manfaatini emas, o‘z cho‘ntaklari manfaatini ko‘zlaydilar, pora oladilar, beboshliklar qiladilar,
hukumatdagi lavozimdan foydalanib o‘zgalarning pul va buyumlarini egallab oldilar. Qizil Armiya 
ham huddi shunday bo‘ldi, uning saflarida ham tinch aholini azob-uqubatga solgan zararkunandalar 
juda ko‘pdir”. Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi olib borilgan kurash sabablari haqida shu 
hukumat tarkibida xizmat qilgan mahalliy kommunist Nazir To‘raqulov “Darvesh” taxallusi bilan 
bosmachilik haqida yozgan o‘z maqolasida bu haqida shunday yozadi: “oydan-oy, kundan-kun 
ko‘paymoqda, bo‘lgan faqirlik ustiga Farg‘onadagi mustamlakachilik va dashnoq vahshiyligi 
yog‘ga o‘t quyganday bo‘lib tushdi, demakki, bosmachilikning tagida iqtisodiy va ijtimoiy illatlar 


140 
bordirki, bu o‘g‘ri va muttahamlar irodasiga borib taqaladi” degan xulosaga keladi. O‘g‘ri va 
muttaham idorasi deganda esa N.To‘raqulov sovet hukumatini nazarda tutadi. RKP(b) Musulmonlar 
byurosi raisi, Turkistonda taniqli davlat arbobi T.Risqulovning 1919 yil sentabrda qilgan 
ma’ruzasida bildirilgan quyidagi fikrlari ham e’tiborga loyiqdir: “Qo‘qon muxtoriyatining tor-mor 
etilishi va Buxoro voqealari tinch musulmon ommasida sovet hukumati haqida salbiy taassurot va 
munosabat yuzaga keltirdi. Bu voqealarda siyosiy rahbarlar yo‘l qo‘ygan tuzatib bo‘lmaydigan 
xatolar musulmon aholisi uchun nihoyatda og‘ir oqibatlar keltirdi, yangi front - Farg‘ona 
frontining paydo bo‘lishiga olib keldi” 
Rossiya va Turkistondagi sovet organlari tomonidan 1919 yil oxiri 1920 yil boshlarida tan 
olingan va keyinchalik sovet tarixchilari tomonidan butunlay qabul qilingan fikrga muvofiq, 
go‘yoki qurolli harakatning sabablari Turkistonda sovet hokimiyati tomonidan iqtisodiy, siyosiy, 
diniy, ma’naviy sohada amalga oshirilgan dastlabki sotsialistik o‘zgartirishlar, Turkiston o‘lkasi va 
Farg‘onadagi bolsheviklarning sovet hokimiyatining birinchi yillarida yuritgan xato siyosati, 
shuningdek, qizil askarlar va sovet jazolovchi organlarining Farg‘onadagi tinch aholiga nisbatan 
o‘tkazgan terror va qatag‘on siyosati bo‘lgan, degan qarashlar bu harakatning asl mohiyatini 
unchalik ochib bermaydi. Yuqorida aytib o‘tilgan omillar kurashning ayrim bosqichlarida unga 
alohida keskinlik va ko‘lam bag‘ishladi, harakatning tobora kengayishi va rivojlanishiga olib keldi. 
Biroq qurolli harakat o‘zining ilk bosqichidan boshlab sovet rejimiga qarshi murosasiz kurashga 
kirishgan edi. 
Istiqlolchilik harakatini vujudga keltirgan sabablardan biri bu dashnoqlarning Farg‘ona 
vodiysida amalga oshirgan qirg‘inlaridir. Turkistondagi sovet davlati rahbarlari, harbiy qo‘shinlari 
ham ko‘p beboshliklarga yo‘l qo‘ydilar, xalqning diniy e’tiqodi, madaniyati, qadriyatlarini oyoqosti 
qildilar. Bu beboshliklar ham shu kungacha butunlay xaspo‘shlab kelindi.
Turkiston respublikasi XKS raisi Q.Otaboyev (1887-1937) Toshkentda 1922 yil iyulda 
bo‘lgan Turkiston ASSR MIK 4-plenumida qurolli harakat natijasida o‘lkada vujudga kelgan 
vaziyatni to‘g‘ri baholashga harakat qilib, shunday degan edi: “Dastlabki davrlarda bosqinchilik 
ruhida bo‘lgan bu harakat endilikda siyosiy mazmun kasb etdi. Shuni ta’kidlash lozimki, 1919-1920 
yillarga kelib Farg‘onada qaroqchilik, bosmachilik emas, balki o‘ziga xos qo‘zg‘olon vujudga keldi. 
Biz to‘rt yil davomida biz bu harakatga hatto to‘g‘ri baho berishni ham bilmadik, u xalq qo‘zg‘oloni 
bo‘lgani holda bosmachilik deb atadik. Bosmachilik mohiyatan ta’lonchilik degan ma’noni 
anglatadi, bizning ushbu harakatga bergan noto‘g‘ri ta’rifimiz masalani hal etishda noto‘g‘ri 
yondashuvlarga olib keldi. Oqibatda to‘rt yil davomida biz bu harakatning biron-bir jihatini tugata 
olmadik. Sovet hukumati tobora kuchayib borayotgan bu qo‘zg‘olonga yuzma-yuz kelib qolganida, 
bu qo‘zg‘olon yirik shaharlarda yanada mustahkamlandi va sovet hukumatiga qarshi kurash olib 
bordi… 
…Biz bosmachilikni bir paytning o‘zida ham o‘t, ham qilich bilan tugatmoqchi bo‘ldik. Ana 
shu maqsadda bosmachilik bilan zaharlangan katta-kichik qishloqlarni shafqatsiz vayron qildik, 
ularni aholisi esa sovet hokimiyatidan tobora uzoqlashib bordi. Butun Farg‘onani ishg‘ol etishimiz 
ham hech qanday yordam bermadi… 
...Jazolash siyosati olib borildi. Garovga olish tajribasi ham hiyla uzoq davom etdi. 
Shunchalik ko‘p kishilar garovga olindiki, butun Farg‘onada qamash uchun joy topilmay qoldi. 
Garovga olinganlarni guruh-guruh otib tashlash ham bosmachilik harakatini to‘xtata olmadi. 
Farg‘ona viloyati harbiy inqilobiy qo‘mitasi raisi Y.Kirsh bu kurash sabablarini quydagicha 
izohlagan: Bosmachilik – Farg‘onadagi mustamlakachilik siyosatining natijasidir. Bosmachilik 
hozir ham g‘oyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Oziq-ovqat tashkilotlarining joylardagi 
nomaqulchiliklari, harbiy qismlarning o‘z-o‘zini ta’minlashi, g‘alla monopoliyasining jinoiy yo‘l 
bilan amalga oshirilishi, taqsimot esa sadaqa tusini olishi charchagan bosmachilarga kuch beryapti, 
yangilarni paydo qilyapti, chunki barcha majburiyat, og‘irlik ular yelkasiga yuk bo‘lyapti. 
O‘zbekiston MDA zahiralarida saqlanib qolgan rasmiy hujjatda, Farg‘ona viloyati qo‘shinlariga 
Qizil Armiya qo‘mondonligi tomonidan yuborilgan buyruq matnida esa bosmachilik sabablari 
haqida quyidagilar ta’kidlanadi: Mahalliy sovet hokimiyati o‘rnatilgan dastlabki yillardanoq amalga 
oshirgan ishlari bilan o‘zidan mehnatkash xalqni uzoqlashtirdi, musulmon mehnatkashlarni 
himoya qilish o‘rniga ularni tahqirlab xo‘rladi, bosmachilik deb atalayotgan harakat shu sababli 
paydo bo‘ldi. Toshkentga Farg‘onadagi ahvol haqida xabar berish uchun yuborilgan sovet hukumati 
idoralari vakillarining Turkiston MIK Raisi I.Kazakovga yozgan maktubining asl nusxasi bo‘lgan 


141 
boshqa bir hujjatda esa shunday ma’lumotlar keltirilgan: “O‘rtoq Kazakov front (Farg‘ona fronti) 
asosan bizning, sovet arboblarining Qo‘qon voqealaridan boshlangan salbiy faoliyati natijasida 
yuzaga keldi. Sovet hokimiyati vakillari ichkilikbozlik bilan band, qaroqchilarga qurol va patron 
sotadilar, uyezdlarga chiqib tinch aholini talaydilar”. Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinadiki, 
Turkistonda yashab, faoliyat ko‘rsatgan, millati, maslagi, maqsadi turlicha bo‘lgan rasmiy va 
norasmiy shaxslar sovet hokimiyatiga qarshi olib borilgan kurash sabablari va mohiyati haqida bir 
hil (bir-biriga yaqin) munosabat bildirganlar, ya’ni bu kurashning sababi sovet hokimiyatining 
talonchiligi, o‘lkada olib borgan mustamlakachilik siyosati ekanligini e’tirof etiladi. 
Bu kurash 1918 yil fevral oyining oxirlarida boshlangan edi. Shu yilning mart oyiga kelib 
Farg‘ona vodiysida bir-biridan mustaqil ravishda 40 dan ziyod qo‘rboshi dastalari faoliyat 
ko‘rsatgan. Mart oyining oxirlarida Farg‘onadagi Bachqir qishlog‘ida Farg‘onadagi butun 
qo‘rboshlarining birinchi Qurultoyi chaqirilib, unda Katta Ergash qo‘rboshi butun istiqlolchilik 
harakatining boshlig‘i qilib saylandi va unga “Amir al-muslimin” unvoni berildi. Uning 
o‘rinbosarlari qilib Madaminbek va Shermuhammadbeklar tayinlandi. 
Bu harakatning asosiy harakatlantiruvchi kuchi-dehqonlar, chorikorlar, mardikorlar, 
hunarmandlar va kosiblar bo‘lgan. 1918 yilning o‘rtalariga kelib, Farg‘ona vodiysida taxminan 
yuzga yaqin qo‘rboshilar o‘z dastalari bilan qizil armiyaga qarshi kurash olib bordilar. Bu 
guruhlarda 15.000 yigit bor edi. 1919 yilning yozi va kuzida Farg‘ona vodiysidagi istiqlolchilik 
harakati o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi. 
Bu paytda istiqlolchilar safiga rus krestyanlari armiyasining K.Monstrov boshchiligidagi 
Jalolobodda turgan qo‘shinlari qo‘shildilar (2 sentabr). Sentabrning boshlarida istiqlolchilar 
Jalolobod va O‘sh shaharlarini egallab, Andijonni qamal qildilar. 1919 yil 22 oktabrda Pomir 
etaklaridagi Ergashtom ovulida bo‘lgan istiqlolchilar anjumanida Madaminbek boshchiligidagi 
Farg‘ona muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzildi. Hukumat tarkibiga mahalliy aholidan 16 kishi, 
yevropalik aholidan 8 kishi kiritildi. Madaminbek hukumat boshlig‘i va Farg‘ona vodiysidagi 
istiqlolchilik harakatining Oliy bosh qo‘mondoni etib saylandi. 
1919 yilning kech kuziga kelib Madamindek qo‘l ostidagi 30.000 ga yaqin, 
Shermuhammadbek qo‘l ostidagi 20.000, Katta Ergash qo‘rboshining 8.000 ming yigitlari qizil 
armiyaga qarshi janglar olib bordi. Bu uchta lashkarboshi vodiydagi jangovar harakatlarni 
yo‘naltirib turdilar. 
1920 yil 3 mayda Farg‘ona vodiysidagi butun qo‘rboshilar va tinch aholi vakillari Oltiariq 
tumaanidagi G‘oyibota qishlog‘ida o‘zlarining navbatdagi qurultoyini o‘tkazdilar. Bu qurultoyda 
Shermuhammadbek boshchiligida Turkiston-turk mustaqil islom jumhuriyati yoki Turkiston 
muvaqqat hukumati tuzildi. Boymirza Hayitning yozishicha, hukumat tarkibiga 6 kishi kiritilgan 
bo‘lib, ular quyidagilar edi: Shermuhammadbek-hukumat raisi va Oliy bosh qo‘mondon; Mullajon 
Qori – xavfsizlik noziri; Akbarjon Eshon – Shayxulislom; Abdusalom Qori – hukumatning bosh 
kotibi; Nazirjon – moliya vaziri; Mulla Hoji Niyoz- maxsus ishlar noziri. Undan tashqari, 14 
kishidan iborat harbiy idora mahkamasi ham tuziladi. 
1922 
yilning 15-20 aprelida Samarqand shahrida, 
yashirin 
holatda Turkiston 
musulmonlarining 2-qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Kaspiyortidan 
nufuzli qo‘rboshilar ishtirok etgan ushbu qurultoyda Turkiston-turk mustaqil islom jumhuriyatining 
Muvaqqat Konstitutsiyasi qabul qilindi. 
Boymirza Hayitning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, qurultoyda Farg‘ona vodiysi 
istiqlolchilarining yo‘lboshchisi Shermuhammadbek katta ma’ruza qiladi. Qurultoy so‘nggida 7 
bo‘lim va 36 moddadan iborat rezolyutsiya (Muvaqqat Konstitutsiya) qabul qilindi. Bu hujjat 
Turkiston o‘lkasidagi Sirdaryo, Farg‘ona, Samarqand, Yettisuv, Kaspiyorti viloyatlari hamda 
Amudaryo bo‘limi endilikda, Turkiston turk-mustaqil islom jumhuriyati tarkibiga kiritilganligini 
qonun yo‘li bilan mustahkamladi. Unda hukumat tarkibi 15 kishidan iborat bo‘lishi belgilab 
qo‘yildi. Ushbu 15 kishi orasidan mamlakat Prezidenti, Vitse-prezidenti va Bosh kotib saylanishi 
hamda bu uch kishidan iborat Ijroya Qo‘mita tuzilib, ular poytaxtda doimiy ravishda ishlashi ko‘zda 
tutilgan edi. Hukumatning 5 ta a’zosi Farg‘ona viloyatidagi Namangan, Andijon, Marg‘ilon, 
Qo‘qon, O‘sh tumanlarining harbiy boshliqlari etib tayinlanadigan bo‘ldi. Qolgan 7 kishi esa – 
harbiy, tashqi ishlar, ichki ishlar, pochta va telegraf, diniy ishlar, moliya, adliya, transport vazirlari 
qilib tayinlanishlari lozim edi. Ammo, bu hukumat 1922 yilning oxiriga kelib tarqalib ketdi. Chunki 


142 
hukumat a’zolari o‘zlariga topshirilgan vazifalarni bajarish o‘rniga janglarda ishtirok etishga majbur 
bo‘lgan edilar.
1919 yil 19 yanvarda harbiy komissar K.Osipov boshchiligida Toshkentda isyon ko‘tarildi. 
K.Osipovning buyrug‘i bilan 14 nafar sovet komissarlari otib tashlandi. Isyonchilar tomonidan 
sovet hokimiyati ag‘darildi, hokimiyat masalasi Ta’sis Majlisida hal qilinadi, deb e’lon qilindi. 
Biroq isyon Toshkent temir yo‘l ustaxonalari ishchilari va boshqa harbiy qismlar tomonidan tezda 
bostirildi. K.Osipov avval Farg‘ona vodiysiga, so‘ngra Buxoro amirligiga qochib ketdi. Bu isyon 
bahonasida bolsheviklar 1919 yil mart oyi boshida so‘l eserlarni hukumatdan siqib chiqarib, yakka 
o‘zlari hukmron bo‘lib oldilar.
1920-1924 yillarda qurolli harakatlar Buxoro va Xorazm respublikalarida ham avj oldi. 
Buxoro va Xorazmdagi milliy muxolifatning ozodlik kurashlari alohida o‘ziga xos yo‘nalish va 
xususiyatga ega bo‘lib, o‘ta murakkabligi va ziddiyatliligi bilan Turkiston respublikasidagi qurolli 
harakatdan ajralib turadi. Bolsheviklar qizil armiya yordamida Buxoro amirligi va Xiva xonligini 
kuch bilan ag‘darib, hokimiyatni Buxoroda asosan yosh buxoroliklardan, Xorazmda esa yosh 
Xivaliklardan iborat demokratik kuchlar qo‘liga berdi.
Buxoro va Xorazm Xalq Sovet Respublikalarida yuzaga kelgan qurolli muxolifat shu boisdan 
ham bir yo‘la ikki kuchga qarshi: birinchidan, bu davlatlar hududida joylashib olgan qizil armiya 
qismlariga qarshi, ikkinchidan esa bolsheviklar yordamida hokimiyatni egallab olgan jadidlarga 
qarshi muxoliflik urushini olib bordilar. Bu urushning Turkistondagi, xususan, Farg‘ona 
vodiysidagi harakatdan farqi ham ana shunda namoyon bo‘ladi. 
Biroq, Buxoro va Xorazm respublikalaridagi bu kurashga uning mohiyati va yo‘nalishi nuqtai 
nazaridan yondashadigan bo‘lsak, u ham umumiy sovetlarga qarshi harakatning o‘ziga xos 
ko‘rinishi edi. Buxorodagi qurolli harakatning o‘ziga xos xususiyati bir guruh qo‘rboshilarning 
Buxoro respublikasi hukumati rahbarlariga yo‘llagan maktubida aniq ifodasini topgan edi. 
Maktubda vatanparvarlar Buxoroning mustaqilligi, erkin va hur Vatan qurish uchun 
kurashayotganliklari, bunday Vatanda kommunistlar bo‘lmasligi lozimligi, “Favqulodda komissiya 
orqali kambag‘al aholining mol-mulki tortib olingan”ligi, “bolsheviklar jabr va zulmni avj oldirib 
yuborgan”liklari va “Buxoroning mustaqilligi quruq so‘z bo‘lib qolgan”ligi, “haqiqatda undan 
darak yo‘q”ligi ta’kidlanadi. 
Shuning uchun ham Buxorodagi bu harakat qisqa muddat ichida ommaviy tus olib hatto, 
Farg‘ona vodiysidagi harakatga nisbatan ham kuchayib bordi. Fayzulla Xo‘jayevning 
ta’kidlashicha, “Sharqiy Buxorodagi bosmachilik o‘zining strategik mavqei jihatidan qaraganda 
Farg‘ona bosmachilariga nisbatan kuchliroq edi”. 
Buxorodagi qo‘rboshilar o‘rtasida Ibrohimbek (1889-1932) alohida salmoqqa ega. U amirlik 
tuzumi ag‘darib tashlangach, Sharqiy Buxorodagi qo‘rboshilar guruhlariga umumiy rahbarlik qilib, 
bolsheviklar va bosqinchi qizil armiyaga qarshi mustaqillik kurashini boshladi.
Buxoro mirligining so‘nggi hukmdori –Said Olimxon (1910-1920 ) 
U o‘z oldiga Buxoro tuprog‘ini qizil askarlardan tozalab, ag‘darib tashlangan amirlik 
tuzumini qayta tiklash va saltanatni sobiq amir Sayid Olimxon (1881-1944) qo‘liga olib berishni 
asosiy maqsad qilib qo‘ydi. Shuning uchun ham u kurashga kirgan dastlabki kunlardanoq sobiq 
Buxoro amiri tomonidan moddiy va ma’naviy jihatdan har tomonlama qo‘llab-quvvatlandi va 
rag‘batlantirildi. Ibrohimbek 1921 yil sentabrda bo‘lgan Buxoro qo‘rboshilarining qurultoyida 
“Islom lashkarboshisi” unvoniga sazovor bo‘ldi va Buxorodagi barcha istiqlolchilarning oliy bosh 
qo‘mondoni qilib saylandi. U qisqa muddat ichida o‘n ming nafardan ortiq askar to‘plab, Qorategin 
va Darvoz viloyatlarini qizil askarlar qo‘lidan ozod qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Ibrohimbek qo‘l ostidagi Sharqiy Buxoro hududida o‘zining boshqaruv usulini amalga 
oshirdi. Joylardagi yangi tuzum tugatilib, uning o‘rniga amirlik davridagi boshqaruv usuli joriy 
qilindi. Ibrohimbekni bu yerdagi mahalliy aholi, xususan, laqaylar qo‘llab-quvvatlashardi. Bundan 
Turkistonda ish olib borayotgan markaziy hukumat vakillari qattiq tashvishga tushdilar. 
“Ibrohimbek – butun Sharqiy Buxorodagi markaziy siymo”, deb tan olinadi ular tayyorlagan 
hujjatlarning birida.
1921 yil oktabrda Turkiyaning sobiq harbiy vaziri Anvar Posho (1881-1922) Buxoro shahriga 
kelib, biroz muddatdan so‘ng mamlakatning sharqiy qismiga jo‘naydi va sovetlarga qarshi 
kuchlarga qo‘shiladi. U tez orada Buxorodagi istiqlolchilik harakatining tan olingan yo‘lboshchisiga 
aylandi. Anvar Poshoning sa’yi-harakatlari bilan Sharqiy Buxoroda birlashgan lashkar bunyod etildi 


143 
va u turk zobitlari bilan mustahkamlandi, g‘arbcha qo‘mondonlik uslubi joriy qilindi. 1922 yil mart 
oyida Farg‘ona va Samarqand viloyatlaridan tortib to Xorazm va Sharqiy Buxorogacha bo‘lgan 
ulkan hududda Anvar Posho boshchiligida istiqlolchi kuchlarning umumiy fronti tuzildi. Butun 
Turkiston hududida bolsheviklarga qarshi kurashayotgan kuchlarning harakatlari yagona markazga 
muvofiqlashtirildi. Boymirza Hayitning ta’kidlashicha, Anvar Posho ko‘rsatmasi bilan Buxoro, 
Farg‘ona, Xorazm qo‘rboshilarining uchrashuvlari muntazam o‘tkazib turildi va ularga kerakli yo‘l-
yo‘riqlar berildi. Anvar Posho bilan Shermuhammadbek va Junaidxon o‘rtasida doimiy ravishda 
o‘zaro aloqalar bo‘lib turgan. 1922 yil 15 aprelda Boysun atrofidagi Kofirun qishlog‘ida bo‘lgan 
Turkiston qo‘rboshilarining qurultoyida Anvar Posho istiqlolchilarning Oliy bosh qo‘mondoni va 
siyosiy rahbari qilib saylandi. “Ular o‘sha paytda millatparvarlik harakatining eng qudratli, ehtimol 
eng ommaviy qismini tashkil qila oldilar”, - deb yozgan edi xorijlik tadqiqotchi Glenda Frezer. 
1922 yil 4 avgustda Anvar Posho Baljuvon yaqinida bo‘lgan janglarning birida halok bo‘ldi. 
Anvar Poshoning o‘limi haqidagi xabar butun Turkistonga yashin tezligida tarqaldi. Unga atab 
motam marsiyalari to‘qildi. Ana shunday motam marsiyalaridan eng mashhuri Cho‘lpon qalamiga 
mansub “Baljuvon” marsiyasidir. Bu marsiya 1922 yil avgust oyida bitilgan.
Buxoroning markaziy va g‘arbiy viloyatlarida ham kurash shiddatli tus oldi. Qisqa muddat 
davomida Mulla Abdulqahhor (1884-1924) boshchiligida poytaxt Buxoro tumanlarida lashkar 
to‘plandi va jangovar harakatlar olib borildi. Shuningdek, Mulla Abdulqahhor rahbarligida Buxoro, 
Karmana va Nurotada o‘nlab qo‘rboshi guruhlari faoliyat ko‘rsatdi. Bir hujjatda yozilishicha, 
G‘arbiy Buxoroda uning qo‘l ostida 20 ta qo‘rboshi birlashgan. O‘rmon Polvon, Hayit Amin, Oston 
Qorovulbegi, Hamro Polvon, Azimxo‘ja, Metan Polvon uning eng nufuzli qo‘rboshilari sanalgan. 
Ular asosan G‘ijduvon, Shofirkon, Vobkent, Romitan tumanlari va Nurotada o‘z faoliyatlarini 
kuchaytirdilar. 
Ularning katta armiyasi 1922 yil mart oyining boshida poytaxt Buxoro shahriga yurish qildi. 
Ular qizil askarlar bilan shahar atrofida bo‘lgan ikki kunlik shiddatli janglardan so‘ng Buxoro 
shahrining katta bir qismini egalladilar va bir necha soat mobaynida o‘z qo‘llarida tutib turdilar. 
So‘ngra shahar atrofidagi Bahouddin Naqshband ziyoratgohini bosqinchilardan tozaladilar. 
Buxorodagi vatanparvarlarga qarshi kurash qizil armiya va uning qo‘mondonligidan katta 
kuch-g‘ayrat talab qildi. Moskva, Toshkent, Buxoroda 1923 yil may-iyun oylarida o‘tkazilgan oliy 
darajadagi bir qator rasmiy anjumanlarda bu masala eng dolzarb muammo sifatida kun tartibida 
turdi. 
Mulla Abdulqahhor yigitlari bilan qizil askarlar o‘rtasida 1924 yil yozi va kuzida G‘ijduvon 
tumanining G‘ishti va Katta G‘amxo‘r qishloqlarida, Nurota tog‘larida, Shofirkon tumaniga tutash 
Qizilqumning Jilvon qumliklarida, Bog‘iafzal va Vardonze qishloqlarida qattiq to‘qnashuvlar 
bo‘ldi. Kuchlar teng bo‘lmagan ushbu janglarda G‘arbiy Buxoro vatanparvarlarining yetakchisi 
mag‘lubiyatga uchradi. G‘arbiy Buxorodagi qo‘rboshilar guruhlariga sezilarli zarba berildi Mulla 
Abdulqahhor qo‘rboshi Qizilqum cho‘llarida qizil askarlar bilan bo‘lgan to‘qnashuvlarning birida,
1924 yilning oxirida halok bo‘ldi. 
Buxorodagi bu harakat qizil armiya va bolsheviklarning tajovuzkorligi, zo‘ravonligi va 
talonchilikka qarshi qaratilganligi bilan alohida ahamiyatga ega. Mujohidlarning asosiy maqsadi 
qizil qo‘shinni haydab yuborish, milliy qadriyatlar, asriy e’tiqod va urf-odatlarning poymol 
qilinishi, xo‘rlanishiga barham berish edi. Yuqorida ham aytib o‘tilganidek, vatanparvar kuchlar 
Buxoroda ikki jabhada turib kurash olib borishlariga to‘g‘ri keldi. Bir tomondan, amirlik tuzumi 
tarafdorlari bo‘lgan istiqlolchilar (ular o‘zlarini mujohidlar deb atashgan) jadidlardan iborat yosh 
Buxoro hukumatiga va shuningdek, qizil armiya qo‘shinlariga qarshi kurash olib bordilar 
(Ibrohimbek, Mulla Abdulqahhor va b.). Ikkinchi tomondan, milliy istiqlol g‘oyalariga sodiq 
bo‘lgan istiqlolchilar Fayzulla Xo‘jayev boshliq Buxoro Xalq Respublikasi hukumati bilan yashirin 
aloqalar o‘rnatib, Buxoroning muqaddas tuprog‘idan bosqinchi qizil askarlarning olib ketilishi, 
Buxoro respublikasining mustaqilligi amalda qaror topishi uchun kurashdilar (Anvar Posho, 
Davlatmandbek, Jabborbek va b.). Aynan ular safiga keyinchalik Buxoro respublikasining juda 
ko‘pchilik rahbarlari (Buxoro MIKning birinchi raisi Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayev, harbiy ishlar 
noziri Abdulhamid Oripov, respublika militsiyasi va Cheka (Favqulodda komissiya) boshlig‘i Ali 
Rizo Afandi va b.) qo‘shildilarki, bu arboblarning aksariyati kechagi jadidlar va yosh buxoroliklar 
edi. Afsuski, Buxoro hukumati tarkibidagi milliy vatanparvar kuchlar bilan muxolifatdagi qurolli 
istiqlol guruhlarining yo‘lboshchilari o‘rtasidagi ochiq kelishuv amalga oshmadi. 


144 
Xorazm respublikasida ham 1920 yil bahoridan boshlab qizil askarlarning talonchilik va 
zo‘ravonliklariga qarshi harakat boshlandi. Qurolli kurashni turkmanlarning yovmut urug‘i 
boshlig‘i Qurbon Mamed Sardor-Junaidxon (1857-1938) boshchiligidagi guruhlar ko‘p yillar 
davomida olib bordi. Uning qo‘shini saflarida o‘zbek, qoraqalpoq va qozoqlar ham ko‘pchilik edi. 
Qisqa muddatda Junaidxon o‘z qo‘shinini 20000 kishiga yetkazdi.
O‘zbek dehqonlari va hunarmandlaridan iborat guruhlarga Madrayimboy, Sa’dulla bola, 
Shokir bola, Mavlonbek va boshqalar rahbarlik qildilar. Xususan Ko‘hna Urganch, Ilonli, 
Toshhovuz, Mang‘it, Qo‘shko‘pir, Chimboy, Qo‘ng‘irot va To‘rtko‘lda harakat qilgan o‘nlab 
sardorlarning guruhlari qizil askarlarga jiddiy zarbalar berdi. Junaidxon boshchiligidagi armiya 
hujumga o‘tib, 1920 yil yozida Ko‘hna Urganch, Xo‘jayli, Ilonli va Taxtani qayta egalladi, ko‘plab 
qizil askarlarni asir oldi. Junaidxon sovet qo‘mondonligiga maxsus maktub yuborib, agar qizil 
armiya Xorazmdan chiqib ketmasa, asirlarni otib tashlashini bildirdi.
1921 yil yozida Qo‘ng‘irotda qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Bunday ommaviy ko‘tarilishlar tez-tez 
takrorlanib turdi. Qishloq va shaharlar aholisi istiqlolchilarga xayrixohlik bildirishdi. 1922-1923 
yillarda Xorazmda olib borilgan jangovar harakatlar qizil armiya qo‘mondonligini tang ahvolga 
solibgina qolmay, balki respublikadagi siyosiy muhitga ham jiddiy ta’sir qildi. 
Sovet hokimiyati 1923 yil oxirida Junaidxon bilan sulh muzokaralarini boshlashga urinib 
ko‘rdi. Biroq Junaidxon o‘zining oldingi talabini, ya’ni: 1) sovet qo‘shinlarini Xorazmdan darhol 
olib chiqib ketish; 2) shariatga to‘la erkinlik berish; 3) barcha sobiq hokimlar va oqsoqollarni yana 
o‘z lavozimlariga tiklash; 4) soliqlar va patentlarni bekor qilishni qat’iy talib qildi. Biroq bu 
talablarni sovet hukumati rad qilgach, muzokaralar o‘z-o‘zidan to‘xtab qoldi. 
Junaidxon qo‘lida bo‘ paytda katta miqdorda harbiy kuch to‘plangan edi. Shu bilan birga 
1923 yilning dekabrida Pitnak, Hazorasp, Bog‘ot, Xonqa tumanlarida yangi sovet hukumatiga 
qarshi dehqonlarning ommaviy qo‘zg‘olonlari boshlanib ketdi. Qo‘zg‘olonchilar joylardagi sovet 
tashkilotlarini tugatib, mamlakat poytaxti Xiva shahri ustiga yurish qildilar. Qoraqumda turgan 
Junaidxon qo‘shini ham g‘arb tomondan, bir vaqtning o‘zida shaharga qarab harakat boshladi. 
Xorazm respublikasida sodir bo‘layotgan voqealarning bunday jiddiy tus olishidan tashvishga 
tushgan RKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosi 1924 yil 6 yanvarda bu masalani muhokama qildi. 
Junaidxon boshchiligidagi istiqlolchilarga qarshi kurashish uchun E.Berzin (rais), Gorodetskiy, 
Adinayev va Xidiraliyevdan iborat favqulodda komissiya tashkil qilindi va u Xorazm 
respublikasiga jo‘natildi. 
1924 yil 10 yanvardan boshlab Junaidxonning 15000 kishilik piyoda va otliqlardan iborat 
qo‘shini Xiva shahrini qamal qilishga kirishdi. 16 yanvarda Xorazm respublikasida harbiy holat 
joriy qilindi. Xorazmga zudlik bilan Rossiyadan qo‘shimcha harbiy qismlar keltirildi. Natijada 
Junaidxon qo‘shini qariyb bir oy davom etgan qamalni to‘xtatib, orqaga chekinishga majbur bo‘ldi. 
Katta harbiy kuchni to‘plagan qizil armiya qismlari Junaidxon va boshqa vatanparvar kuchlarga 
qarshi hujumga o‘tdi. Mart-aprel oylarida bo‘lgan janglarda Junaidxonning piri bo‘lgan Og‘ajon 
Eshon va boshqa qator sardorlar asir olindi. 
Xorazm vohasida istiqlolchilik harakati ayrim guruhlar tomonidan 1935 yilgacha davom etdi. 
Harakat Sharqiy Buxoro va Farg‘ona vodiysida ham ba’zi uzilishlar bilan yuqoridagi davrgacha 
mavjud bo‘ldi. Turkiston mintaqasidagi qurolli harakat tarixiga yakun yasab, bu harakatni keng xalq 
ommasi, birinchi navbatda dehqonlar va hunarmandlar qahr-g‘azabi hamda noroziligining yuksak 
darajaga ko‘tarilganligi ifodasi deb e’tirof etishiga to‘g‘ri keladi. 
O‘zbekiston XKS raisi Fayzulla Xo‘jayev 1927 yilda yuqoridagi harakatga baho berib, 
quyidagilarni yozgan edi: “Bosmachilik harakati shiddatli siyosiy, aksilsovet xususiyat kasb etdi va 
butun O‘rta Osiyoning mavjud uch respublikasi-Buxoro, Turkiston va Xorazmdagi dehqonlar 
aholisining qariyb ommaviy harakatiga aylandi. Harakatning dohiylari faqatgina... Ko‘rshermat 
(Shermuhammadbek), Ibrohimbek kabilar... bo‘lib qolmasdan, balki unga mahalliy milliy ziyolilar, 
mulla va boylar ham rahbarlik qila boshladilar...” 
Bu harakatga aloqador bo‘lgan umumiy xususiyat bosqinchi qizil armiyani, bolsheviklarni 
Vatanimiz hududidan olib chiqib ketish talabi edi. Bu talab butun harakat davomida ilgari surildi. 
Shunday qilib, qizil armiya bosqini va mustabid sovet hukumatiga qarshi ko‘tarilgan qurolli 
harakat 1935 yilga kelib butun Turkiston mintaqasida mag‘lubiyatga uchradi. 
Biroq vatanparvar bobolarimiz to‘kkan qutlug‘ qon behuda ketmadi. Turkiston mintaqasidagi 
bu harakat O‘zbekistonni mustaqillikka erishishi uchun bo‘lgan kurashlari bosqichida muhim rol 


145 
o‘ynab, XX asrdagi Vatanimiz tarixining shonli sahifalarini tashkil qiladi. Zero, ona-Vatan 
mustaqilligi uchun bo‘lgan janglarda shahid ketgan ota-bobolarimizning xotirasi hech qachon 
unutilmaydi.
Farg‘ona vodiysida sovet hokimiyatiga qarshi olib borilgan kurashlar 1924 yilning oxirlariga 
kelib, mag‘lubiyatga uchradi. Istiqlolchilik harakatlarining mag‘lubiyatga uchrashi birdaniga sodir 
bo‘lmadi albatta. Buning o‘ziga xos sabablari mavjud edi. Bolshevikcha rejim rahbarlari Turkiston 
mintaqasidagi qo‘rboshilar o‘rtasiga turli nizolar solib, ularning birligiga putur yetkazishga 
urindilar. Qo‘rboshilar orasidagi mavjud ba’zi kelishmovchiliklar (harbiy guruhlarga rahbarlik 
qilish va ta’sir doirasini o‘rnatish uchun o‘zaro raqobat, turli maishiy sabablar va boshqa 
ixtiloflar)ni qurolli to‘qnashuv va mojarolar darajasiga olib chiqdilar. Shu yo‘l bilan ular 
qo‘zg‘olonchilar safini zaiflashtirishni va Turkistonga yangi qizil armiya qismlarini olib kelish 
orqali 1923 yilda ularni butunlay tugatishni rejalashtirgan edilar. Lekin bu maqsadga erisha olmadi. 
Olti yillik urushdan charchagan va holdan toygan Farg‘ona xalqi esa bir tomondan, ochlik va 
qashshoqlik natijasida sovet hukumatining muruvvat ko‘rsatishi (dehqonlarga yer va turli qarzlar 
berish, ularga urug‘lik va asbob uskunalar bilan ta’minlash) evaziga bolshevikcha tuzumni e’tirof 
qilishga majbur bo‘lsa, ikkinchi tomondan, milliy g‘ururi, or-nomusi va qadriyatlari tahqir 
qilinayotganini ko‘rib, kurashchilarni imkoniyat darajasida qo‘llab-quvvatlashda davom etardi. 
Qurolli harakatga qarshi bolsheviklar hukumati kurashning barcha vositalarini ishga solib, aholi 
o‘rtasida ularga qarshi targ‘ibot-tashviqotlarni avj oldirdi, ulamolar va eshonlarning bir qismini 
sovet tuzumini qo‘llab-quvvatlashga ko‘ndirdi, asir olingan yoki taslim bo‘lgan qo‘rboshilar va 
ularning yigitlarini aholi ko‘z o‘ngida ayovsiz ravishda jazoladi, qo‘zg‘olonchilarga hayrihoh deb 
topilgan va ularning ta’minotchilari sifatida shubxa qilingan tinch aholi vakillari ommaviy ravishda 
hibsga olindi va otib tashlandi, ozodlik kurashchilarining oila a’zolari garovga olinib, qiynoqlarga 
solindi va o‘ldirildi, ularning mol-mulklari musodara etildi, sun’iy ravishda ocharchilik vujudga 
keltirildi, aviatsiya yordamida ulaarning qarorgohlari bombardimon qilindi, ariq, buloq va 
quduqlardagi suvni zaharlash kabi usullar yordamida vatanparvarlarni yo‘q qilishga harakat qildilar. 
Bolsheviklar maxsus xizmat hodimlari – chekistlar bilan birgalikda ayrim josuslar, sotqinlar va 
ayg‘oqchilarni ham ishga solishdi. Xalqaro huquq va qonunlarga zid ravishda sovet Rossiyasining 
qizil armiya qo‘mondonligi istiqlolchilarga qarshi janglarda va harbiy amaliyotlarda maxsus 
kimyoviy qurollar (zaxarli gaz qo‘lash, kimyoviy snaryadlar portlatish)dan foydalandi, asirlarga 
nisbatan vaxshiyona munosabatda bo‘ldi. O‘zini xalqchil deb atagan sovet hukumati va uning 
baynalmilal qizil armiyasi ana shunday yovuz choralar bilan butun Turkistondagi qurolli harakatga 
qarshi kurash olib bordi.
Farg‘ona vodiysidagi milliy muholifat pirovardida mag‘lubiyatga uchrashlarini aniq 
bilishsalarda, bosqinchi qizil armiyaga qarshi kurashlarini aslo bo‘shashtirmadilar.
Sovet hokimiyatiga qarshi ko‘tarilgan qurolli harakat mag‘lubiyatining ko‘plab asosli
sabablari bor, albatta. Qurolli harakatning mag‘lubiyatga uchrashi sabablari sifatida quyidagilarni 
ko‘rsatish mumkin: 
- Vatan kurashchilarining ulug‘vor maqsadlar sari aholi barcha tabaqalarini jipslashtirishga 
qodir bo‘lgan yagona milliy g‘oyaga tayanmaganligida edi; 
- Harakat yagona dastur asosida tashkil etilmadi; 
- Qo‘rboshilar siyosiy kurashda toblangan ilg‘or jadid namoyandalarini harakatga faol jalb 
qila olmadilar; 
- Harakatning bir markazdan turib boshqarilmaganligi, joylarda harakat qilgan kuchlar 
o‘zlarining tor hududiy chegaralari bilan o‘ralashib qolganligi, mahalliy qo‘rboshilarning o‘z 
manfaatlariga berilishi, dunyoqarashi torligi, cheklanganligi, bir-birlari bilan kelishaolmasligi,
o‘zboshimcha xatti-harakatlarga intilishi kabi hollar oxir-oqibatda bu kurashning borishiga jiddiy 
salbiy ta’sir qildi;
- Qurolli harakatda kuchlarning yetarli moddiy – ta’minot bazasiga, qurol – aslaha zahirasiga 
ega bo‘lmaganligi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi; 
- O‘lkada mustahkam o‘rnashgan sovetlar esa o‘z qo‘shinini yetarli darajada zamonaviy
qurol – yarog‘lar va harbiy kuchlar bilan ta’minlay olgan edi. 1919 yilda uning tasarrufida 115376 
nafar jangchi, shuningdek, 11112 ta pulemyot, yuzlab to‘plar, bronepoyezdlar, o‘nlab samolyotlar 
va boshqa zamonaviy qurollar mavjud edi; Harbiy kuchlar nisbatidagi bunday ustunlik kurash 
taqdirini qizillar foydasiga hal etilishiga olib keldi;


146 
- Ayyorlikda pixini yorgan sovet mutasaddilari har bir vaziyatdan ustamonlik bilan 
foydalandilar. Ular kerak bo‘lsa o‘zlari yo‘l qo‘ygan qo‘pol xatolarini tuzatish, dehqonlarga yer 
berish, ularni afv etish, soliqlar miqdorini bir qadar kamaytirish, Madaminbek singari taniqli 
qo‘rboshilar bilan muzokaralar olib borish, o‘zaro yon berish orqali mahalliy aholi noroziligini 
yumshatish, ularni o‘z tomoniga ag‘darib olish tadbirlarini ham qo‘lladilar. Bu tadbirlar qurolli 
harakat istiqboliga salbiy ta’sir o‘tkazmasdan qolmadi, albatta.
Bu xalq harakati millionlab yurtdoshlarimiz hayoti va qismatida o‘chmas fojiali iz qoldirdi. 
Minglab oilalarning o‘z ona zaminini tark etib, begona yurtlarga bosh olib ketishlariga sabab 
bo‘ldi. Qolaversa, qanchalab son – sanoqsiz odamlar mana shu milliy fojia bois mamlakatning 
boshqa, uzoq hududlariga surgun va badarg‘a qilindi. Biroq bu xalq harakati bejiz ketmadi. U 
yurtdoshlarimizga katta, ibratli saboqlar berdi, ularning kurash tajribasining boyishiga muhim ta’sir 
ko‘rsatdi. Zero, ona O‘zbekistonimizning istiqlolga yuz tutib, dorilamon zamonlarga musharraf
bo‘lishida, bugungi baxtiyor avlod kishilarining mustaqillik oliy ne’matidan to‘la bahra topishida 
o‘sha 20–30-yillarda bobokalonlarimiz qilgan ulkan sa’y – harakatlar, bergan bemisl qurbonlarning 
ibrati oz muncha emas. Ularning yorqin, porloq xotirasi hozirgi minnatdor avlod kishilarining 
yodida, shuurida hamisha saqlanadi, faxr – iftixor tuyg‘usi bilan eslanadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Turkiston Muxtoriyatining tugatilishi istiqlolchilik 
harakatlarining boshlanishiga turtki bo‘lib xizmat qildi. Dastlab Farg‘ona vodiysida boshlangan bu 
kurashlar keyinchalik butun Turkiston mintaqasiga yoyildi. Istiqlolchilik harakatlari o‘zining 
ko‘lami, ishtirokchilari, yo‘lboshchilari, maqsad va vazifalari bilan boshqa kurashlardan farqlanib 
turgan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, istiqlolchilik harakatini yagona markazga uyushtirishda 
qo‘rboshilar katta rol o‘ynashdi. Ular yurt ozodligi uchun sovet va qizil armiyaga qarshi 
kurashdilar. Istiqlolchilik harakatlari tarkibida aholining barcha qatlamlarini uchratish mumkin edi. 
Asosiy qatnashchilar sifatida dehqonlar va hunarmandlar ishtirok etdi. Harakatning milliy tarkibida 
esa o‘zbek, qirg‘iz, tojik, qozoq, turkman shuningdek, turk, afg‘on va rus millatiga mansub kishilar 
kurash olib borganligini ko‘rish mumkin.

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish