O’zbekiston tarixi” kafedrasi “O‘zbekiston tarixi” fanidan sessiya oralig‘i vazifalari toshkent-2018



Download 267 Kb.
Sana28.12.2019
Hajmi267 Kb.
#31750
Bog'liq
Документ1


TOPSHIRIQ №22

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


MAXSUS SIRTQI BO’LIM
O’ZBEKISTON TARIXI” kafedrasi
O‘ZBEKISTON TARIXI” fanidan

sessiya oralig‘i vazifalari




TOSHKENT-2018

O‘ZBEKISTON TARIXI” fanidan sessiya oralig’i vazifalarini bajarish yuzasidan metodik tavsiyalar.


O‘zbekiston tarixi” fani bo‘yicha sessiya oralig‘i vazifalari varianti jami 7 ta topshiriqdan iborat. 1-5 topshiriqlar 76-96 varoqlik umumiy daftarga qo‘lyozma shaklda tayyorlanadi. 6 va 7 topshiriqlar talablari quyida keltiriladi.

1-TOPSHIRIQ bo‘yicha tavsiya etilgan adabiyotlardan foydalangan xolda berilgan mavzu rejasida ko‘rsatilgan savollarga yozma tarzda javob beriladi. Har bir reja to‘liq va batafsil yoritilishi kerak. Mavzuning rejasini yoritish bo‘yicha qo‘shimcha uslubiy ko‘rsatmalar topshiriq ichida berilgan.

2-TOPSHIRIQ bo‘yicha berilgan tarixiy tushunchalarga izoh yoziladi. Har bir tarixiy tushunchaning ta’rifi odatda bitta abzatsda, qisqa va lo‘nda bayon etilishi maqsadga muvofiq. Masalan:

Paleolit (yunoncha “paleos” – qadimgi, “litos” – tosh) – qadimgi tosh davri. Paleolit davri insoniyat tarixida eng uzoq davom etgan tarixiy davr bo’lib 2,5-mln. Yildan 12-ming yillikkacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Paleolit davri o’z navbatida ilk paleolit (2,5-mln. – 100-mingginchi yilliklar), o’rta paleolit (100-40-ming yilliklar) va so’nggi (yuqori) paleolit (40-12-ming yilliklar) bosqichlariga bo’linadi.

3-TOPSHIRIQda Vatanimiz tarixida muhim rol o‘ynagan sulolalarga yozma javob beriladi. Topshiriqni bajarish jarayonida har bir sulolaning mavjud bo‘lgan davri, hukmronlik qilgan hududlari, sulola vakillari, poytaxti va shaharlari, ichki va tashqi siyosati, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga oid ma’lumotlar aks ettirilishi lozim.

4-TOPSHIRIQ ikki qismdan iborat. Dastlab, O‘zbekiston tarixining ma’lum bir davri yuzasidan 30 ta test savollariga javob yoziladi. Testning kaliti quyidagi shaklda beriladi:




To‘g‘ri javob



To‘g‘ri javob



To‘g‘ri javob

1.

A

11.




21.




2.

B

12.




22.




3.

C

13.




23.




4.

D

14.




24.




5.




15.




25.




6.




16.




26.




7.




17.




27.




8.




18.




28.




9.




19.




29.




10.




20.




30.



Topshiriqning ikkinchi qismida berilgan mavzu yuzasidan individual tarzda 30 ta test savoli tuziladi. Topshiriq baholanayotganda tuzilgan test savollarining murakkablik darajasi va mantiqiy izchilligiga e’tibor beriladi.



5-TOPSHIRIQda Vatanimiz tarixida muhim o‘rin tutgan 5 ta tarixiy shaxs haqida yozma javob tayyorlanadi. Mazkur tarixiy shaxslar haqida ma’lumot yozayotganda ularning yashagan davri, hayot yo‘li (biografiyasi), ijodiy merosi, Vatanimiz tarixi va qolaversa umuminsoniyat tarixida tutgan o‘rniga batafsil, holisona baho berish lozim bo‘ladi.

6-TOPSHIRIQda O‘zbekiston tarixining ma’lum bir davri bo‘yicha REFERAT ishi (mavzu) beriladi.

Referat quyidagi tartibda tayyorlanishi kerak:

Referatning birinchi betida Oliy ta’lim muassasasining nomi, ta’lim yo‘nalishi va guruhi, referat taqdim etilayotgan fanning nomi (O‘zbekiston tarixi), referat mavzusi, ishni bajargan talabaning ismi sharifi va ish bajarilgan yil ko’rsatiladi.

Referatning ikkinchi betida mavzu va 3-4 masaladan iborat reja beriladi.

Referat rejalari qo‘lyozma shaklida tayyorlanadi. Rejalarni yoritish jarayonida masalaga ijodiy yondoshgan holda mantiqiy ketma-ketlikka amal qilish talab qilinadi. Keltirilgan tarixiy-ilmiy ma’lumotlar qaysi manbadan olinganligi iqtibos (snoska)da berilishi maqsadga muvofiq. Har bir reja yakunida xulosa yozilishi kerak. Bajarilgan ishning umumiy hajmi A4 formatli oq q’og‘ozda, 15-20 bet atrofida bo‘lishi lozim.

Referatning oxirgi betida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati beriladi.

7-TOPSHIRIQda berilgan mavzu bo‘yicha Power Point dasturida, 15-20 ta slayddan iborat taqdimot tayyorlanadi. Taqdimotda mavzu bo‘yicha tuzilgan rejalarning mazmuni ochib berilishi lozim. Tarixiy-ilmiy xulosalar matn, chizma, sxema, jadval shaklida berilishi mumkin. Taqdimot tarkibida tarkibida turli xil rasmlar bo‘lmasligi kerak. Topshiriq elektron va A4 formatdagi oq qog‘ozda chop etilgan shaklda topshiriladi (bir varoqda 4 ta slayd joylashtirish mumkin).
Topshiriqlar bo‘yicha ballar taqsimoti




Topshiriqlar

Ajratilgan maksimal ball

1.

1-topshiriq (Mavzu konspekti)

10 ball

2.

2-topshiriq (tarixiy tushunchalar izohi)

10 ball

3.

3-topshiriq (sulolalar haqida ma’lumot)

10 ball

4.

4-topshiriq (Test topshiriqlari)

10 ball

5.

5-topshiriq (tarixiy shaxslar hayoti va faoliyati)

10 ball

6.

6-topshiriq (Referat)

10 ball

7.

7-topshiriq (Mavzu bo‘yicha Taqdimot)

10 ball




jami

70 ball


39 balldan past natija qoniqarsiz hisoblanib, yakuniy nazorat (imtixon)ga qo‘yilmaydi.
1-TOPSHIRIQ.
Quyidagi mavzu va uning rejalariga yozma javob bering
MAVZU: MARKAZIY OSIYO INSONIYAT SIVILIZATSIYASINING QADIMGI OʻCHOQLARIDAN BIRI.
Reja:
1.Markaziy Osiyo jahon antropogen mintaqalaridan biri sifatida. Paleolit davri va uning bosqichlari.

2.Mezolit va neolit davri. Xoʻjalikning ilgʻor shakllariga oʻtilishi.

3.Eneolit va Bronza davri. Xoʻjalik taraqqiyoti va mulkiy tabaqalanishning kelib chiqishi.

4. Temir davri. Davlatchilikka oʻtish shart-sharoitlari.


Adabiyotlar.


  1. Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи. –Т., “Шарқ”. 2000. –Б. 25-26.

  2. Жўраев У., Саиджонов Й. Дунё динлари тарихи. – Т., “Тошкент ислом университети”, 2002. – Б. 27-35.

  3. Ражабов Қ., Қандов Б., Шоймардонов И. Ўзбекистон тарихининг муҳим саналари. Тўлдирилган бешинчи нашри. –Т., “Ўзбекистон”, 2012. –Б. 9-21.

  4. Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. Birinchi kitob (qayta ishlangan ikkinchi nashri). –T., “Sharq”, 2010. –B.14-27.

  5. Shamsutdinov R., Maxmudov X. Oʻzbekiston tarixi / Oliy oʻquv yurtlarining notarix fakultetlari uchun oʻquv qoʻllanma. –T., “Sharq”, 2013.

  6. Эшов Б., Одилов А. Ўзбекистон тарихи. (Олий ўқув юртлари талабалари учун дарслик). 1-жилд. –Т., “Янги аср авлоди”, 2014. –Б. 29-92.

  7. Qodirov B., Matyaqubov X. Oʻzbekiston tarixidan mavzular boʻyicha izohli lugʻat. –T., 2015. –B. 7-16.


1. Markaziy Osiyo jahon antropogen mintaqalaridan biri sifatida. Paleolit davri va uning bosqichlari.
Ma'ruza va tavsiya etilgan adabiyotlardan foydalangan holda Markaziy Osiyo qadimgi sivilizatsiya va madaniyat beshigi ekanligini arxeologik manbalar asosida yoriting. Insonning paydo boʻlishi xususidagi qarashlar va nazariyalar, antropogenez jarayoni (“Ishbilarmon odamlar”, “aql idrokli odamlar”, eng qadimgi va qadimgi odamlar), ibtidoiy jamiyat, uni davrlashtirish va bu boradagi yangicha yondashuvlar. Paleolit davri bosqichlari. Ilk paleolit davriga oid makonlar (Selungʻur, Koʻlbuloq). Fargʻona odami. Oʻrta paleolit davri odamlari va ularning makonlari (Teshiktosh, Omonqoʻton, Obiraxmat), olovning kashf etilishi va uning ahamiyati. Soʻnggi paleolit davri odamlari yashagan makonlar (Samarqand, Shugʻnov, Qorakamar).Tosh davri ibtidoiy xoʻjaligidagi oʻzgarishlar. Insonlarning yaratuvchanlik faoliyati. Mehnat qurollarining takomillashuvi. Urugʻchilik jamoasi (ona urugʻi) ning shakllanishi va uning taraqqiyoti toʻgʻrisida ma’lumotlarga ega boʻling.

2. Mezolit va neolit davri. Xoʻjalikning ilgʻor shakllariga oʻtilishi.
Mezolit (oʻrta tosh) davrining oʻziga xos jihatlari. Bu davr odamlarining makonlari (Mochay, Qoʻshilish, Obishir). Oʻq-yoyning ixtiro qilinishi va uning ahamiyati. Odamlarning hayvonlarni qoʻlga oʻrgatishi, boshoqli oʻsimliklarni oʻstirish malakalarining oʻzlashtira boshlanishi. Tasviriy san’at (Zarautsoy, Sarmishsoy, Takatosh, Teraklisoy, Nurota) yodgorliklari haqidagi ma'lumotlarni oʻrganib oʻsha davr tarixi toʻgʻrisidagi tushunchaga ega boʻling. Mayda tosh qurollar – mikrolitlarning paydo boʻlishi tarixiy sabablari. Zarautsoy qoyatosh suratlari manbalari orqali oʻsha davrga xos boʻlgan diniy qarashlar haqida bilimlarga ega boʻling.

Neolit (yangi tosh) davri. Joytun madaniyati. Oʻrta Osiyodagi dastlabki dehqonchilik manzillari. Kaltaminor madaniyati va uning oʻziga xos xususiyatlari. Markaziy Fargʻona neolit davri yodgorliklari. Hisor madaniyati. Tosh qurollarining takomillashuvi. Baliqchilik, chorvachilik va dehqonchilikning paydo boʻlishi, Ishlab chiqaruvchi xoʻjalikka oʻtilishi, hunarmandchilikning vujudga kelishi tarixiy ahamiyatini tushuntiring.



3. Eneolit va Bronza davri. Xoʻjalik taraqqiyoti va mulkiy tabaqalanishning kelib chiqishi.

Eneolit davrining oziga xos tomomlari. Sarazm, Anov va Zamonbobo madaniyatlari. Oʻrta Osiyo mintaqasida sun’iy sugʻorishga asoslangan dehqonchilik madaniyati markazlarining paydo boʻlishi. Bronza davri, uning yodgorliklari (Namozgoh, Oltintepa, Sopollitepa, Tozabogʻyob, Amirobod, Chust madaniyatlari). Vatanimiz hududlarida oʻtroq dehqonchilikning rivojlanishi. Patriarxal ota urugʻi munosabatlarining yuzaga kelishi. Bronza davridagi ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar. Mehnatning birinchi yirik taqsimoti tushunchasi mohiyatini ochib bering.

Xoʻjaliklarning ixtisoslashuvi. Oʻtroq va koʻchmanchi aholi munosabatlari. Oʻrta Osiyoda ilk shahar madaniyatining paydo boʻlishi (Oltintepa, Sopollitepa, Jarqoʻton va boshqalar). Zardushtiylik ta’limotining tarixiy ildizlari. Yozuv madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi masalalarini yoriting.
4. Temir davri. Davlatchilikka oʻtish shart-sharoitlari.
Temir davri va uning yutuqlari. Temir mehnat qurollarining moddiy-xoʻjalik hayotdagi oʻzgarishlarda tutgan oʻrni. Yirik sug`orish inshootlari, kanallar qurilishi va ularning arxeologik dalillari. Farg`ona, Zarafshon, Chirchiq vodiylarida, Xorazm, Baqtriya, Surxondaryo va Qashqadaryo vohalarida yirik aholi manzilgohlari vujudga kelganligini manbalar asosida oʻrganing. Jamiyatda boshqaruv tizimining vujudga kelishi, dastlabki shahar-davlatlar (Chust, Dalvarzin, Ashqoltepa, Elaton va Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlaridagi shaharlar) haqida ma’lumotlar toʻplang.

O`rta Osiyo xalqlari haqida yozma ma’lumotlar. Skilak, Gekatey, Gerodot, Ktesiy, Strabon, Sima Szyan, Pompey Trog, Dionisiy Periyegitlar keltirgan ma’lumotlarni oʻrganing.


2-TOPShIRIQ.
Quyidagi tarixiy tushunchalarga izoh bering
Anaxita. Ardvisura. Atrabon. “Avesto”. Avesto tili. Axriman. Axuramazda. Azarxurra. Azata. Daxyu. Gohlar. Govmard. Karsharvar. Kavi. Mitra. Nmana. Nous. Ostadon. Paygʻambar. Spitama. Vara. Videvdat. Vis. Visparat. Vishtasp. Xanchamana. Xaoma. Xumo. Yasna. Yasht. Zand. Zantu. Zardusht. Zardushtiylik. Chinvot. “Avesto bogʻi”.

Davlat. Qadimgi Baqtriya podsholigi. Qadimgi Xorazm davlati. Sugʻdiyona. Margʻiyona. Choch. Saklar va Massagetlar. Ahamoniylar saltanati. Salavkiylar davlati. Antik davr. Ellinlashtirish. Yunon-Baqtriya podsholigi. Parfiya (arshakiylar) davlati. Qangʻ davlati. Qadimgi Fargʻona (Davan) davlati. Yuechjilar. Kushon davlati. Zardushtiylik. Buddaviylik. Buyuk Ipak Yoʻli.


3-TOPShIRIQ.
Quyidagi davlatlar haqida ma’lumot bering.
1.Xioniylar davlati

2.Kidariylar davlati

3.Eftaliylar davlati

4.Turk xoqonigi

5.Arab xalifaligi
4-TOPShIRIQ.
Testlarga javob bering.
1.Quyida keltirilgan tarixiy voqealardan qaysi birlari

orasidagi farq qirq yilni tashkil etadi?

A) Ismoil Somoniy butun Movarounnahrni o’z qo’li

ostida birlashtiridi, Somoniylar iqtisodiy tanglikdan

chiqish uchun aholidan bir yil uchun ikki marta

soliq undirib oldilar

B) Buxoroda harbiy askarlarning somoniylarga qarshi

g’alayoni boshlandi, Ma’sud G’aznaviy taxtga

chiqdi

C) Abu Ali Chag’oniy Chag’oniyonga hokim etib



tayinlandi, Xorun Bug’roxon boshliq qoraxoniylar

Movarounnahrga hujum boshladi

D) Xo’jand yaqinida qoraxitoylar qoraxoniylarga

qaqshatqich zarba berdilar, Xorazmshoh Takash

Eronni Xorazmga bo’ysundirdi
2.Qarluqlar va O’g’uzlar davlati qaysi hududlar

aholisining siyosiy hayotiga kuchli ta’sir o’tkazgan?

A) O’rta Osiyo, Jung’oriya, Sharqiy Turkiston

B) Movarounnahr, O’rta Sharq, Old Osiyo

C) Movarounnahr, Sharqiy Turkiston, Afg’oniston

D) Oltoy, Orol bo’yi hududi, O’rta Osiyo


3.Tohiriylar davlatining dastlabki poytaxtini toping

A) Damashq B) Samarqand

C) Nishopur D) Marv
4.Quyidagi ko’chmanchi qabilalardan qaysi biri

X asrdan islom dinini qabul qilgan?

A) qipchoqlar B) mo’g’ullar

C) o’g’uzlar D) qarluqlar

5. Mihirakula kim edi?

A) Kidariylarni mag’lub etgan sosoniylar sarkardasi

B) Tarxundan oldingi sug’d ixshidi

C) Eftaliylar hukmdori

D) Turk hoqonlarining sug’ddagi noibi
6.Qoraxoniylarning yag’mo qabilasi X asr

o’rtalarida qaysi hududlarda yashagan edi?

A) Markaziy Mo’g’uliston va Sharqiy Turkistonda

B) Taroz va Sig’noqda

C) Issiqko’lning janubi va Qoshg’arda

D) Bolosog’un va Yorkendda


7.Buxoro kim tomonidan zabt etilganidan

so’ng somoniylar hukmronligi barham topdi?

A) Bug’roxon B) Sulton Sanjar

C) Nasr Eloqxon D) Mahmud G’aznaviy


8.Qoraxoniylar Xuttalon, Vaxsh va Chag’oniyonni

1038 yilda kimlardan tortib oladilar?

A) g’aznaviylardan B) ummaviylardan

C) saljuqiylardan D) abbosiylardan


9.Quyidagi qaysi davlat qo’shinida dengiz kemalari

(harbiy flot) ham bo’lgan?

A) G’aznaviylar davlati

B) Saljuqiylar davlati

C) Somoniylar davlati

D) O’g’izlar davlati

10.G’aznaviylar davlatida shaharlarda boshqaruv ishlari

kim tomonidan amalga oshirilgan?

A) Rais B) Voliy

C) Kutvol D) Amid


11. Quyidagi qaysi alloma «Muallim us-

soniy» unvoniga sazovor bo’lgan?

A) Beruniy B)Forobiy

C)Aristotel D) al-Farg’oniy


12.Yassaviy ta’limotidan Qubroviya

ta’limoti nimasi bilan farq qilgan?

A) Vatanga bo’lgan muhabbati bilan

B) xunar o’rganishga da’vat etishi bilan

C) tarkidunyochilikni rad qilgani bilan

D) tarkidunyochilikni targ’ib qilgani bilan

13.Mahmud Zamahshariyning Qur’oni

Karim tafsiriga oid ... asari musulmon

olamida ayniqsa mashhurdir.

A) «Muqaddimat ul-adab»

B) «Al-Mufassal» C) «Aruzda o’lchov»

D) «Al-Kashshof»


14.«Kitob surat ul-arz» qaysi olimning

asari hisoblanadi?

A) Ahmad Farg’oniy B) Muso al-Xorazmiy

C) Forobiy D) Beruniy


15.Ismoil Buxoriyning Islom ta’limotida Qur’oni

karimdan keyingi asosiy manba hisoblangan asarini

aniqlang.

A) «Suratul-arz» B) «Al-Jomi’ as-sahih»

C) «Hibatul-haqoyiq» D) «Hidoya»
16.Quyidagi asarlar orasida qaysi biri Beruniy

qalamiga mansub?

A) «Astronomiya asoslari», «Samoviy

harakatlar va umumiy ilmi nujum»

B) «Al-qonun fit-tib», «Zaynul-axbor»

C) «Geodeziya», «Qadimgi xalqlardan

qolgan yodgorliklar»

D) «Shaharlar ustida siyosat yurgizish»,

«Metafizika»

E) «Hind hisobi haqida», «Kitob surat ul-arz»


17.Quyidagi qaysi alloma o’rta asr Sharq

dunyosida «Shayh ur-rais» nomi bilan mashhur edi?

A) Ibn Sino B) Beruniy

C) Forobiy D) Farg’oniy


18.«Qadimgi xalqlardan qolgan

yodgorliklar» asarining muallifi kim?

A) Narshaxiy B) Gardiziy

C) Beruniy D) Zamaxshariy


19.«Arab va g’ayri arablar ustozi», «Xorazm fahri»

kabi sharafli nomlar bilan ulug’langan olimning

nomini aniqlang

A) Beruniy B) Iso at-Termiziy

C) Al-Xorazmiy D) Mahmud Zamaxshariy
20.Xonbandi suv ombori qachon va qayerda

bunyod etilgan?

A) X asrda, Nurota tog’ining Pasttog’ darasida

B) XII asrda Varaxsha yaqinida

C) XIII asrda Zirabuloq tog’i yaqinida

D) X asrda Hisor tog’ tizmasida


21.Mo’ng’ul bosqinchilarining Xorazmshohlar davlatini tor-mor etishidagi asosiy sabablaridan birini aniqlang.

A) har bir shahar mustaqil ravishda

o’zini himoya qilgan edi

B) mo’ng’ullar nisbatan ilg’orroq harbiy

uslublarga ega edilar

C) Xorazmshohning harbiy kuchlari

Chingizxonnikidan ancha kam edi

D) mo’ng’ullar shaharlarni qamal qilib

egallashda katta tajribaga ega edilar
22.Mo’ng’ullar Xorazmshohlarning dastlab

qaysi chegara shahrini qamal qilib bosib oldilar?

A) O’tror B) Sig’noq

C) Yangikent D) Xo’jand


23.Chingizxon Movarounnahrni bosib olish uchun qo’shinlarini to’rt qismga bo’lgan edi. Shular orasida uchinchi qo’shinni kimlar boshqargan?

A) Ediqut va Sig’noqtakin

B) Jo’ji va O’qtoy

C) Sukatucho’rbiy va Aloqno’yon

D) Chig’atoy va Shiki Qutuxu
24.Jaloliddin poytaxt Urganch mudofaasidan voz kechib, Xurosonga jo’naydi. Buning sababini tushuntiring.

A) Muhammad Xorazmshoh shuni buyurgan edi

B) Qutlug’xon boshliq qipchoqlar uyushtirgan fitna

uni Urganchdan ketishga majbur qilgan edi

C) O’zloqshoh bilan Oqshohlar poytaxt

mudofaasini o’z qo’liga olgan edilar

D) Poytaxt aholisi Turkon xotun va

uning jiyani Xumortakinga ishonar edilar


25.«Yo Vatan, yo sharofatli o’lim» xitobi kimga tegishli?

A) Mavlonozoda B) Xurdaki Buxoriy

C) Ahmad ibn Umar Xivaqiy

D) Shayx Shamsiddin


26.Chingizxon qo’shinlarining Movarounnahr

shaharlarini bosib olishda yurgan yo’llarini aniqlang.

A) Samarqand, Xo’jand, Buxoro

B) Xo’jand, Samarqand, Buxoro

C) Buxoro, Samarqand, Xo’jand

D) Xo’jand, Buxoro, Samarqand


27.Mo’g’ullar istilosi oqibatida butun Sharqda shuhrat topgan hunarmandchilikning qaysi sohalari barham topdi?

A) qog’oz tayorlash, nafis ipak matolar to‘qish,

naqshli shishasozlik

B) qurol-aslaha yasash, nafis ipak matolar to‘qish,

naqshli shishasozlik

C) qurol-aslaha yasash, ganchkorlik, naqshli

shishasozlik

D) qurol-aslaha yasash, nafis ipak matolar to‘qish,

kulolchilik
28.Chingizxon vafotidan so’ng kim mo’ng’ullar davlatining ulug’ hoqoni qilib tayinlandi?

A) O’qtoy B) Jo’ji

C) Tulu D) Chig’atoy
29.«Shulen» solig’ining miqdori qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

A) har bir podadan ikki yashar qo’y, qimiz

uchun har ming otdan bir biya olingan

B) har yuz bosh chorvadan bir bosh olingan

C) har bir podadan ikkita qo’y, qimiz

uchun har ming podadan bitta tuya olingan

D) qirq bosh chorvadan bir bosh olinib,

har podadan ikkita qo’y olingan


30.Mo’ng’ullarga qarshi qo’zg’olon rahbari

Mahmud Torobiy ...

A) o’rta hol dehqon edi B) hunarmand edi

C) savdogar edi D) harbiy ma’mur edi







To‘g‘ri javob



To‘g‘ri javob



To‘g‘ri javob

1.

C

11.

B

21.

A

2.

B

12.

C

22.

A

3.

D

13.

D

23.

C

4.

C

14.

B

24.

B

5.

C

15.

B

25.

C

6.

C

16.

C

26.

B

7.

C

17.

A

27.

B

8.

A

18.

C

28.

A

9.

A

19.

D

29.

A

10.

D

20.

A

30.

B


Quyudagi mavzu bo’yicha 30 ta test savollari tuzing.
MAVZU: Mustaqil O’zbekiston davlatining barpo etilishi. Siyosiy islohotlar. Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining shakllantirilishi.

1. O’zbekiston SSR prezidenti mamlakatimizning to’la mustaqilligi yo’lida tamal toshini qo’ygan muhim farmon qabul qilingan sananing ertasi kuni qanday voqia sodir bo’ldi?

A)* 31 avgustda Oliy Kengash Sessiyasini chaqirish

B) KPSSning barcha tashkilotlaridan chiqish to’g’risida

C) O’zbekiston Mustaqilligi asoslari tog’risidagi qonuni qabul qilindi

D) KPSS MQ bilan har qanday aloqasini to’xtatish

2. ”O‘zbekiston Respublikasining Davlat madxiyasi to’g’risidagi’’Qonun Oliy Majlicning nechanch sessiyasida qabul qilingan?

A. 5 B.6

C.11* D.8

3. O’zbekicton Recpublikasining Konstitutsiyasi 1992yil bahoriumumxalq muxokamasiga qo’yilganda nechta moddadan iborat bo’lgan?

A.*149 B.128

C.150 D.138

13. Konstitutsiya loyxasini tayyorlash bo’yich komisiya nechta kishidan iborat bo’lgan?

A.54 B.65

C.*64 D.74

4. “O’zbekiston Respublikasining Davlat muctaqilligi asoslari to’g’risidagi”Qonunga qachon Konstitutsiyaviy Qonun maqomi berilgan?

A.1990y.31 avgust B.1991y.30 sentyabr

C.*1991y.31 avgust D.1989y.24 mart

5. ,,O’zbekistonnig Mustaqillik Deklaratsiyasi” Oliy kengashning nechanchi sesiyasida qabul qilingan ?

A.* XII chaqiriq VI sesiyasida

B. XI chaqiriq VIII sesiyasida

C. XII chaqirq XI sesiyasida

D. XII chaqiriqVII sesiyasida

6. “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari tog’risidagi ”qonun necha moddadan iborat?

A) 13 B) 18

C)33 D) *17

7. Nechanchi yilda o’tkazilgan referendumda Prezidentlik lavozimi vakolati 5yildan 7yilga uzaytirildi?

A)* 2002y 27yanvar B) 2000y 9yanvar

C) 2007yil 23dekabr D) 2002yil 29dekabr


  1. O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov nechanchi yilda bo’lib o’tgan saylovda 88,1% ovoz bilan g’alaba qozongan edi?

  1. 2015yil 29 mart

B)1991yil 29dekabr

C)*2007yil 23 dekabr

D)2002yil 27yanvar


  1. O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov nechanchi yilda bo’lib o’tgan saylovda 90,39% ovoz bilan g’alaba qozongan edi?

A) *2015yil 29mart B) 1997yil 25mart

C) 2007yil 23dekabr D) 2005yil 29mart



  1. Demokratik tamoyillar va O’zbekiston Respiblikasi Konstitutsiyasining nechanchi tamoyili O’zbekiston davlat hokimyati tizimini bo’linishini qonunlashtiradi?

A) birinchi B)ikkinch

C) beshinchi D)*uchinchi



  1. O’zbekiston davlat hokimyati tizimi nechta bo’linish prinsipiga asoslanadi?

A) 2 B)* 3

C) 4 D )5



  1. Har bir hokimyat faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mustaqil organ berilgan javobni toping?

A)* Prezident

B) Oliy majlis

C) vazirlar mahkamasi

D)Sud


  1. Nechanchi yilgacha parlamentimiz Oliy Kengash nomi bilan atalib kelingan?

A) 1999yil B) 1998yil

C) *1995yil D) 2004yil



  1. Mamlakatimiz parlamenti bosib olgan yo’lning uchinchi davri qachondan boshlanadi?

A) 1995yil B) 2000yil

C)* 2005yil D) 2002yil



  1. O’zbekiston respublikasi parlamenti nechta deputatlik o’rniga ega?

A) 200 B)100

C)*250 D)150

16. Senat a’zolaridan necha nafari president tomonidan tayinlanadi?

A) 86nafari B)* 16nafari

C) 6nafari D) 14nafari

17. O’zbekistonda vitse-prezidentlik lavozimi qachon tugatilgan?

A) 1990yil 15 noyabr

B)* 1992y 4yanvar

c) 1993yil 5yanvar

D) 1992yil 14yanvar

18. O’zbekistonda Bosh vazir lavozimi qachon tasis etilgan?

A) 1995yil 15noyabr

B)* 1992yil 4yanvar

C) 1992yil 5yanvar

D)1995yil 29dekabr

19. “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda vazirlar Mahkamasining raisi”hisoblanishi Konstitutsiyamizning nechanchi moddasida aytib o’tilgan?

A) 86 B) 98

C)* 89 D) 106

20. “Sudlar tog’risida “gi yangi tahrirdagi qonun qachon qabul qilindi?

A) 1995yil B) 2000yil

C) *2003yil D) 2005yil

21. Dastlabki davrda O’zbekiston Respublikasi sud tizimiga necha yil muddatga sudlar kirgan?

A) 3yil B)2,5

C)*5yil D)7yil

22. Mamlakatimizda o’lim jazosi nechanchi yilda bekor qilingan?

A) 2003yil 1dekabr B) 2008yil 1dekabr

C)* 2008yil 1yanvar D)1998yil 1yanvar

23. Mudofa ishlari vaziligi nechanchi yil tuzilgan? A) 1990yil 7sentyabr

B) 1991yil 6sentyabr

C) 1992yil 10yanvar

D) 1993yil 14yanvar

24. 14-yanvar “Vatan himoyachilari” kuni deb e’lon qilingan yilni toping?

A) 1992yil B) 1993yil

C) 1998yil D)2003yil

25. Prezident mamlakat Qurolli kuchlarining oily bosh qo’mondoni hisoblanishi konstitutsiyamizning nechanchi moddasida aytib o’tilgan?

A) 89-moddasida B)* 93-modda

C) 106-modda D) 96-modda

26. “O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi Qonun qachon qabul qilindi?

A) 1992-yil 14-fevralda

B) 1993-yil 2-sentabrda



C) *1992-yil 4-yanvarda

D) 1992-yil 28-dekabrda

27. Hozirgi amalda bo‘lgan mahalliy vakillik organlari yangi organlar bo‘lmasdan, ……negizida tashkil qilingan.

A)* xalq deputatlari Sovetlari

B) viloyat deputatlari Sovetlari

C) Xalq deputatlari kengashlari

D) tuman deputatlari kengashlari

28. Qachon ilk bor Toshkent shahrida va 12 ta viloyatda, 163 ta qishloq tumani va 18 ta shahar tumanida hamda 120 ta shaharda hokimlar tayinlandi va tasdiqlandi, ularning apparati — hokimiyatlar tuzildi?

A) 1991-yilda B) 1993-yilda



C) *1992-yilda D) 1994-yilda

29. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi nima deb nomlangan?



A) * “Mahalliy davlat hokimiyati asoslari”

B) “Vazirlar Mahkamasi”

C)” Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari” D) “Fuqarolarning burchlari”

30. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi bobida mahalliy davlat hokimiyati organlarining tizimi, vazifalari, tuzilish tartibi mustahkamlandi.

A) XX bobi B) *XXI bobi

C) XXIII bobi D) XXII bobi




5-TOPShIRIQ.
Quyidagi tarixiy shaxslarning hayoti va faoliyati haqida ma’lumot bering.
1.Muhammad Xorazmshox

2.Jaloliddin Manguberdi

3.Chingizxon

4.Maxmud Torobiy



5.Maxmud Yalavoch
6-TOPShIRIQ.
Quyidagi mavzu bo‘yicha REFERAT tayyorlang
MAVZU: Amir temur va temuriylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayot.

7-TOPShIRIQ.
Quyidagi mavzu bo‘yicha taqdimot tayyorlang (Power Point dasturida).
MAVZU: Sovetlar davridagi iqtisodiy va ma’naviy qaramlik. Qatagʻon siyosati va uning oqibatlari.



Download 267 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish