O‘zbеkiston tarixi kafеdrasi «O‘zbеk davlatchiligi tarixi» fanidan Mavzu: Saljuqiylar davlatining tashkil topishi Tayyorladi: Jumaboyeva. M


Saljuqiylar davlatining tashkil topishi



Download 181,02 Kb.
bet2/13
Sana11.07.2022
Hajmi181,02 Kb.
#776322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2Jumaboyeva m

Saljuqiylar davlatining tashkil topishi

O‘z davlatini barpo etgan ko‘chmanchi xalqlar davlatchiligi tarixida
Saljuqiylar davlati muhim ahamiyatga egadir. Saljuqiylar sulolasi turkiy o‘g‘o‘z qavmining qiniq urug‘i yoki qabilasidan chiqqan bo‘lib, hozirgi Janubiy Qozog‘iston hududlariga to‘g‘ri keluvchi Sirdaryoning o‘rta oqimidan Talas vodiysigacha, Sirdaryoning qo‘yi oqimlarida ko‘chib yuruvchi etnik guruhlar bo‘lgan. Manbalarning ma’lumot berishicha, bu sulolaning paydo bo‘lishi qiniq qabilasi vakili bo‘lgan Saljuq nomi bilan bog‘liq bo‘lib, u X asrning o‘rtalarida o‘g‘o‘zlar YAbg‘usining xizmatida bo‘lib, yirik harbiy unvon – «So‘boshi»
unvoniga sazovor bo‘ladi. Bu haqda Mahmud Qoshg‘ariy «Saljuq So‘-boshi» deya ma’lumot beradi.
X asrning 61-62-yillarida o‘g‘o‘zlar YAbg‘usi bilan kelisholmaslik tufayli (musulmon dinini qabul qilish va qilmaslik masalasida) qiniq qabilasi ajralib ketib, ularning bir qismi Sirdaryoning quyi oqimlariga ko‘chib ketadilar. Ikkinchi, katta qismi esa Samarqand va Buxoro o‘rtasidagi cho‘llarda, Nurota tog‘lariga kelib o‘rnashadilar. XI asrning boshlaridan boshlab qiniq qabilalarining o‘troqlashuv jarayonlari kuchayib boradi. XI asrning 40-yillaridan boshlab Saljuqiylar Xuroson, Gurgon, Dehiston va Xorazmni butunlay qo‘lga kiritib, Eron, Afg‘oniston, Iroq, Kavkazorti va Kichik Osiyoga harbiy yurishlar uyushtirdilar. Ayniqsa, Sulton Alp Arslon (1063-1072
yy) va Sulton Malikshoh (1072-1092 yy) hukmronligi davrida Saljuqiylar davlatining hududlari yanada kengayib, mamlakatning yuksalgan davri bo‘ldi. Sulton Malikshoh davrida Samarqand, Buxoro va markazi O‘zgand bo‘lgan Farg‘ona ham Saljuqiylar davlatiga buysunadi.

_______________
Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихи. –Т.: 2015, 71-73 бетлар.

1092 yilda Sulton Malikshoh vafot etgach uning vorislari o‘rtasida toj-taxt uchun kurash avj olib ketdi.
Bir necha yillik kurashlardan so‘ng 1118 yilda Malikshohning o‘g‘li Sulton Sanjar (1118- 1157 yy) taxtni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Buyuk Saljuqiylar sulolasining so‘nggi yirik vakili bo‘lgan Sulton Sanjar davrida davlatning poytaxti Marv shahriga ko‘chirildi. Sulton Sanjar
Movarounnahrdagi Qoraxitoylarning ichki ishlariga, siyosatiga katta ta’sir o‘tkaza olishga erishgan Saljuqiylardan edi. U hokimiyatni qo‘lga olishi bilanoq harbiy yurishlarni kuchaytiradi. Natijada bir qancha viloyatlar, xususan, Mozandaron, Xorazm, Seyiston, G‘azna va Movarounnahr Saljuqiylar davlatiga buysundiriladi. Manbalarning ma’lumot berishicha, Sulton Sanjar «Ulug‘ sulton», «Sultonlarning msultoni», «SHahanshoh» kabi unvonlar bilan ulug‘langan.
Ta’kidlash lozimki, Saljuqiylar davlati singari ulkan hududlarni o‘z ichiga olgan davlatni yagona markazdan turib boshqarish oson emas edi. SHuning uchun ham markazdan turib boshqaruvdagi qiyinchiliklar, sulola, vakillarining toj-taxt uchun kurashlari, mahalliy hukmdorlarning mustaqillikka intilishlari, qaram o‘lkalardagi norozilik harakatlari Saljuqiylar davlatining zaiflashuviga sabab bo‘lgan edi. Natijada Sulton Sanjar davriga kelib Saljuqiylar davlatining g‘arbiy
Iroq qismida uning ta’siri pasayib qoladi. Mamlakatning sharqiy qismi – Eron, Afg‘oniston, Xorazm va Movarounnahrda Sultonning ta’siri birmuncha kuchli edi. Ammo, 1141 yilda Sulton Sanjar va uning vassali hamda ittifoqchisi, Qoraxoniy Mahmudxonning birlashgan qo‘shinlari bilan qoraxitoylar o‘rtasida Samarqand yaqinidagi Qatvon cho‘lidagi jangda Sulton Sanjar qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchraydi. Natijada Movarounnahr qo‘ldan ketib, sultonning mavqei ancha pasayib
ketdi.


Download 181,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish