Tohir ibn Husayn
boshliq Xuroson va Mova-
rounnahr mulkdorlari unga yordam beradilar.
813-yil
da ular
Bag‘dodga yurish qiladilar. Poytaxt qo‘lga kiritilib,
Ma’mun
xalifalik taxtiga o‘tiradi. Buning evaziga
Tohir
821-yil
da
Xuroson va Movarounnahr noibi
etib tayinlanadi. Shuningdek,
Ma’mun
Movarounnahr zoda gon larining ham yordamini unut-
madi.
Somonxudot
ning na bi ralarini ayrim shahar va viloyatlarga
noib qilib tayinlaydi.
Nuh
ga
Samarqand
,
Ahmad
ga
Farg‘ona
,
Yahyo
ga
Shosh
va
Ustrushona
,
Ilyos
ga esa
Hirot
tegadi.
Buning evaziga aka-uka so
mo
niylar Movarounnahrning har
yilgi xirojidan juda katta mablag‘ini tohiriylar orqali xalifa
xazinasiga yuborib turadilar.
Tohir
davlat ishlarini mustaqil idora etish maqsadida
822-yil
da xalifa nomini xutbadan chiqartirib yuboradi.
Bu amalda Bag‘dod bilan aloqani uzish va o‘zini mustaqil
deb e’lon qilish edi. Biroq ko‘p vaqt o‘tmay u to‘satdan vafot
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |