Xoja Ubaydulloh Ahror
musibatlarni daf qilish yo‘lida
bir necha bor jonbozlik ko‘rsatgan edi.
1454-yil
da Hirot hokimi
Abulqosim Bobur
Movarounnahrga bostirib kirib, Samarqandni
qamalga olganida
Xoja Ubaydulloh Ahror
mojaroga qat’iyan
aralashib, raqiblarni yarashtirdi.
Sulton Husayn va Alisher Navoiy.
Sulton Husayn Boy-
qaro
Amudaryoning janubidagi yerlarga hukmron bo‘lib,
u o‘z tasarrufida Xuroson, Xorazm hamda Sharqiy va
Shimoliy eron viloyatlarini birlashtirgan edi. U qariyb 40 yil
hukm surgan temuriylarning so‘nggi yirik hukmdori bo‘lib,
uning davrida shahzoda va amirlarning boshboshdoqligiga
qaramay, mamlakatning xo‘jalik va madaniy hayoti yuksaldi.
Xurosonning obod etilishida, ravnaq topishida zamonasining
tadbirkor va dono hukmdori
Sulton Husayn
bilan bir qatorda
buyuk adib va davlat arbobi
Alisher Navoiy
ning ham xizmati
nihoyatda katta bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |