Oltin O‘rda bilan munosabatlar.
Amir Temur yordamida
To‘xtamish
Oltin O‘rda taxtiga kelgan bo‘lsa-da, uning Mova-
rounnahrga talonchilik yurishlari avj oldi. Bundan tashqari,
To‘xtamishxon Misr, Iroq va Turkiya bilan harbiy ittifoq tuzib,
Amir Temurga zarba bermoqchi bo‘ldi.
1384-yil
da To‘xta-
mishxonning elchisi Misr sultoni
Barquq
bilan uchrashuvda
Amir Temurni yo‘q qilish taklifini kiritadi. Bunday taklifga shu
yili Misrga kelgan Turkiya va Sivas elchilari mamlakatlari Amir
Temurga qarshi bo‘lgan harbiy ittifoqqa qo‘shilishini aytdilar.
Turkiya, Misr va Oltin O‘rdaning o‘zaro yaqinlashuvi Amir
Temur davlatiga jiddiy xavf tug‘dirardi. Shuning uchun Amir
Temur bu harbiy ittifoq harakatga kelishiga yo‘l qo‘ymadi.
Amir Temur ittifoqchilarni bittadan safdan chiqarish siyosatini
tutdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |