Mahmud izmiga bo‘ysundirilgan edi.
Mahmud Yalavoch shularga suyanib mo‘g‘ul xoqonlari talabini ijro qilar
va o‘zining cheksiz hukmronligini amalga oshirar edi.
Soliq turlari. Chig‘atoy xonlari markaziy hokimiyat xazi-
nasi uchun aholiga turli soliqlar solib, zo‘ravonlik bilan undirib
olishar edi.
Ziroatchilardan olinadigan yer solig‘i bu davrda
“kalon” deb yuritilgan. Chorvadorlarga esa
“qopchur” solig‘i solingan.
83
Davlat xazinasi uchun
“shulen” nomi bilan yuritilgan oziq-
ovqat solig‘i ham undirilgan. “
Shulen ” har bir podadan ikki
yashar qo‘y, qimiz uchun har ming otdan bir biya hisobida
olingan.
Hunarmandlar va savdogarlardan