16
mush tangalaridan keng foydalanadilar.
Bulardan tashqari,
Bu-
xoro, Poykand, Vardona, Naxshab, Samarqand
va
Xorazm
da
mahalliy hokimlar tomonidan chiqarilgan chaqa tangalar mamla-
katning ichki savdosida keng muomalada bo‘lgan. Bu mamlakat
hayotida mahalliy voha hokimlari katta nufuzga ega bo‘lganidan
dalolat beradi.
eftallar davrida aholining tabaqalanishi, ya’ni mulkiy tengsiz-
lik kuchayib borgan. Shu boisdan davlat boshqaruvida ma’lum
qonun-qoidalar paydo bo‘lgan. Davlat harbiy kuchga tayangan.
Jinoyat uchun juda qattiq jazolar belgilangan.
Ko‘chmanchi qabilalarning dehqonchi-
lik vohalari atrofiga kelib o‘rnashishi
bilan ma’lum
darajada dasht udumlari
va e’tiqodiy tasavvurlari o‘troq aholining hayotiga kirib bordi.
Asriy madaniy an’analari kuchli bo‘lgan
Toxariston
va
Shar-
qiy Sug‘d
vohalarida ko‘chmanchilar tez orada o‘troqlashdilar.
Samarqand, Buxoro, Naxshab
va
Choch
(Toshkent) kabi
dehqonchilik vohalarida baland poydevor ustiga bino qilingan
ko‘plab istehkomli qasrlar va qo‘rg‘onlar qad ko‘tardi. Ularning
ayrimlari hatto ikki qavatli bo‘lib,
yuqorisiga
pandus
(qiya
ko‘tarma yo‘lak) orqali chiqilgan.
O‘rta Osiyo aholisi turli tillarda so‘z-
lashgan. Chorvador aholi o‘rtasida turkiy
til muhiti hukmron edi. O‘troq aholining
bir qismi
sug‘d tili
da, ikkinchi qismi
turkiy til
da so‘zlashgan. Bu
davrda sug‘d tili xalqaro savdo tili sifatida Yettisuv va Farg‘ona
orqali Sharqiy Turkistonga kirib, Xitoy hududlarigacha yetib bo-
radi. V–VI asrlarda
sug‘d, xorazm
va
eftal
yozuvlar
i
tarqalgan
edi.
Eftallar xati
Baqtriya yozuvi asosida paydo bo‘ladi.
Eftallar
Hayotiy
o‘zgarishlar
Til va madaniy
aloqalar
Eftallar hukmdori
Mihirakula tangasi.
Sug‘diy qo‘lyozma
parchasi. VIII asr.
Sopol ko‘za. Kofirqal’a.
VII–VIII asrlar.
17
yozuvi
25 harfdan iborat bo‘lgan. Xat chapdan o‘ngga
tomon
ko‘ndalangiga yozilgan.
eftallar o‘t (olov) va quyoshga sig‘inuvchi otashparast bo‘l-
ganlar. Markaziy Osiyodagi boshqa xalqlar esa budda,
nasroniy
va zardushtiylik dinlariga e’tiqod qilishgan. Ularning so‘nggi
avlodlari o‘zbek, turkman va turk elatlari tarkibiga singib ket-
gan. Zamonamizgacha turkman va anatoliyalik
turklar tarkibida
«abdal» nomli etnik guruh saqlangan. Shu tariqa turkiy dunyo
kengayib kamol topgan va Yevrosiyoda muqim o‘rin egallagan.
Bu
davrda Xitoy, Hindiston va eron bilan iqtisodiy hamda
madaniy aloqalar kengayib boradi.
V asr
da o‘rta osiyolik shisha-
sozlar Xitoy hunarmandlariga rangli
shisha va shisha buyumlar
yasashni o‘rgatadilar. O‘rta Osiyo shishasi rangdorligi, yarqiroqli-
gi va tiniqligi jihatidan Vizantiya shishasidan ustun turgan. Xitoy
imperatorlari o‘z saroylarini bezashda O‘rta Osiyodan keltirilgan
rangli shishadan foydalanganlar. Shunday qilib, O‘rta Osiyo aho-
lisining madaniy an’analari qo‘shni mamlakatlar, xususan, Hindis-
ton va eron tasviriy uslublari bilan uyg‘unlashib, ilk o‘rta asrlar
madaniyatining shakllanishida mustahkam poydevorga aylangan.
1.
eftallar davlatida aholining etnik tarkibi qanday bo‘lgan?
2.
eftallar davlatida xo‘jalikning qaysi sohalari rivoj topgan?
3.
Yer egaligida qanday o‘zgarishlar yuz bera boshladi?
4.
eftallar davlatida qanday hayotiy o‘zgarishlar yuz berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: