Abu Rayhon Beruniy
,
Nosir Xusrav
,
Gardiyziy
va
Bayhaqiy
kabi buyuk mutafak-
kirlar G‘aznada yashaganlar.
Beruniy
«Qonuni Ma’sudiy»
,
Bayhaqiy
«Tarixi Ma’sudiy»
asarlarini sulton Ma’sudga bag‘ish-
laganlar.
Abul Qosim Firdavsiy
mashhur «Shohnoma» dostoni-
ni Mahmud G‘aznaviyga taqdim etgan. G‘aznaviylar davlatida
qurilish va me’morchilikka ham jiddiy e’tibor berilgan. G‘azna,
Balx, Nishopur, Lohur va boshqa shaharlarda ko‘plab madra-
salar, masjid, xonaqoh va saroylar bino qilinib, kutubxonalar
faoliyat ko‘rsatgan. Bog‘-u chorbog‘lar barpo etilib, xususan
poytaxt G‘azna shahri gullab-yashnagan.
1.
Yer egaligining qanday turlarini bilib oldingiz?
2.
Barzikorlar va qo‘shchilar kimlar edi?
3.
Dehqonlarning ijtimoiy ahvoli haqida gapirib bering.
4.
Somoniylar hokimiyatini inqirozga olib kelgan sabablarni
qayd eting.
5.
G‘aznaviylar davlati haqida nimalarni bilib oldingiz?
6.
G‘azna shahrida olimlardan kimlar ijod qilganlar?
Do'stlaringiz bilan baham: |