“Oʻzbekiston tarixi” fanidan


  Mo‘g‘ullar istilosi va asorati



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/528
Sana08.02.2022
Hajmi5,44 Mb.
#434612
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   528
Bog'liq
Ozbekiston tarixi

4. 
Mo‘g‘ullar istilosi va asorati
 
Movarounnahr yurtiga qanchalik vayronagarchilik 
keltirmasin, mag‘rur va masrur ajdodlarimiz iste’dodini. bunyodkorlik dahosini so‘ndira olmadi. 
Aksincha, ular vayron bo‘lib, kuli ko‘kka sovurilgan shaharu qishloqlar o‘rnida fusunkor 
me’moriy binolar, tarixiy obidalar, ko‘rkam arxitektura yodgorliklarini bunyod etdilar. Bu 
davrda barpo etilib, gavjum savdo-sotiq , hunarmandchilik markazlariga aylana borgan Andijon, 
qarshi, Urganch qaytadan ta’mirlanib, chiroy ochgan, oldingi mavqei, ahamiyatini bir muncha 
tiklagan Samarqand, Buxoro, SHosh, Xo‘jand singari shaharlar, ularning o‘ziga xos 
me’morchilik qiyofasi shundan dalolat beradi. 
O‘rta Osiyo xalqlarining ma’naviy madaniyati, xususan, ilm-fan va badiiy adabiyot ham 
kata qiyinchiliklar bilan bo‘lsada, bu davrdv rivoj topib bordi. 
So‘fiylik ta’limoti, ilmi nujum, tarixshunoslik kabi sohalarda zabardast olimu fuzalolar 
yetishib chiqdi. Butun SHarq olamiga mashhur bo‘lgan shayx Sayfuddin Boxarziy Bahovuddin 
Naqshband (1318-1389), Juvayniy (vafoti 1383), Fazlulloh Rashididdin (1318 yilda o‘ldirilgan) 
singari olimlarning tarixiy asarlari hozirda ham o‘z qiymatini yo‘qotmagan. 
O‘rta Osiyo xalqlari dahosining eng yuksak badiiy in’ikosi usha davrda yetishib chiqqan 
nafis adabiyotning ko‘plab yirik namoyandalari ijodida yorqin aks etdi. Jaloliddin Rumiy, 
Muslihiddin Sa’diy, Amir xusrav Dehlaviy, Nosiriddin Rabg‘uziy, Pahlavon Mahmud, qutb 
Xorazmiy, Sayfi Saroyi singari xalq orsidan chiqqan mumtoz ijodkorlar shulur jumlasidandir. 
Asl nasl-nasabi xorazmlik bo‘lib Turkiyadan qo‘nim topgan sheriyat daholaridan 
Jaloliddin Rumiy (1207-1277) ning 6 jildli, 25 ming 700 baytdan iborat muqaddas kitob 
darajasida ulug‘langan go‘zal “Masnaviy” si, nazm va nasrda barobar qalam tebratgan ulug‘ 
g‘azalnavis shoir Sa’diy SH’eroziy (1219-1292) ning mashhur “Bo‘ston” va “Guliston”i yoxud 
Paxlavon Mahmud (vafoti 1322) ning chug‘ur falsafiy mazmun bilan yo‘g‘rilgan boy ruboiyoti 
va,shuningdek, XIII asr oxiri-XIV asr birinchi yarmida yashab, ijod etgan Rabg‘uziyning ilk 
o‘zbek nasr namunalarini o‘zida aks ettirgan ikki jildli “qissasi Rabg‘uziy” asari va shu singarilar 
mana shunday hayotbaxsh ruh va mazmun bilan sug‘orilgandir. 


Bular jumlasiga XIV asrning birinchi yarmida ijod etib, o‘zlaridan boy meros qoldirib 
ketgan Xorazmiy, uning o‘zbek dunyoviy sheriyatining dastlabki ajoyib namunasi hisoblangan 
“Muhabbatnoma”, qutbning “Xusrav va Shirin”, Sayfi Saroyining “Suhayl va Guldursun”, 
“Gulistoni biturkiy” singari go‘zal dostonlarini ham nisbat berish mumkin. 
Shunday qilib, XIII-XIV asrlar davomida Movarounnahr hududi mo‘g‘ullar hukmronligi 
bilan bog‘liq qanday ziddiyatli, murakkab hayotiy jarayonlarni boshdan kechirmasin, uning 
ko‘hna madaniyati ilm-urfoni o‘ziga yo‘l topib rivojlanishda davom etdi. Xalq dahosi, ijodkorligi 
uning asl iste’dodli salohiyatli namoyandalari sa’y-harakatlari ila sayqal topib, yangi jozibador 
qirralar kashf etib bordi. Bu esa, shubhasiz, o‘lka xalqlari ma’naviy merosi, qadriyatlarining 
mazmunan boyib, yuksalishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.


Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   528




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish