Safo Mahmud AL-JANABIY, “Orient Consulting & Legal Translation”
kompaniyasi bosh direktori (Birlashgan Arab Amirliklari):
- Demokratiyaning muhim instituti bo‘lgan saylov xalqning o‘z xohish-
irodasini erkin bildirishi, siyosiy hayotda, jamiyat va davlat boshqaruvida faol
ishtirok etishining asosiy vositasidir. Saylov kuni bir nechta uchastkalarda bo‘ldim.
Mamlakatingiz parlamentiga saylov uyushqoqlik bilan o‘tkazildi. Bunga har bir
saylov uchastkasida guvoh bo‘lish mumkin edi.
Saylovchilar erkin, yashirin ravishda ovoz berdi. SHuni alohida ta’kidlamoq
joizki, mamlakatingizda saylovning ko‘p partiyaviylik, muqobillik asosida o‘tgani,
har bir fuqaroning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz berishi uning demokratik tamoyillarga,
xalqaro normalarga mosligidan dalolat.
Do'stlaringiz bilan baham: |