Oʻzbekiston tarixi fanidan ,, UBAYDULLAXON ll ,, mavzusida tayyorlagan taqdimoti ishi.
1702 yilda Subxonqulixon vafot etgach , toj utaxt uchun kurashda Uning oʻgʻli Ubaydullaxon ll (1702-1711) egallaydi.
Ubaydullaxon hoh isyonkor qabilalarga qarshi,goh boʻysunmas mahalliy hukmdorlarga qarshi , goh davlat sarhadiga bostirib kirgan koʻchmanchilarga qarshi urush olib borishga majbur boʻldi.
Dastlab u Balxni boʻysundirish yoʻlini izlaydi , Maʼlumki Ubaydullaxon ning otasi Balxni qatagʻon urugʻidan boʻlgan Mahmudbiy otaliqga tortiq qilingan edi
Ubaydullaxon davrida Mahmudbiy otaliq Balxni toʻliq oʻz qoʻliga oladi va 1702 yilda xon deb eʼlon tez orada u Ternizni ham egallaydi , Ubaydullaxon avval Termizga soʻng Balxga yurish qiladi va 1707 yilda Balxni egallaydi
U. II murakkab sharoitda Buxoro xonligini boshqargan. Iqtisodiy tanazzul va ichki nizolardan tashqari jungʻorlar (qalmoklar)ning harbiy bosqinlari (mas, Samarqandga hujum, qalmoqlar xurujidan qochgan qozoklar va qoraqalpoqlarning Movarounnahr hududi (Toshkent va boshqa joylar)ga koʻchib kelishi vaziyatni yana ham murakkablashtirgan. Ana shunday sharoitda U. II davlatning iqtisodiy negizini mustahkamlashga qaratilgan choralar koʻrgan.
U. II ning siyosiy faoliyatida pul islohoti ham aloxida oʻrin tutadi. U. II pul islohoti oʻtkazish orqali davlat xaziiasini toʻldirishni, bebosh amirlar, beklar va urugʻ boshliqlari bilan kurashda oʻz mavqeini kuchaytirish va ayrim mahalliy hokimlarning ayirmachilik intilishlarini bartaraf qilib, markaziy hokimiyatni mustahkamlashga intildi. Biroq U. II ning islohotlari badavlat tabaqalar va ayrim oʻrtahol shaharliklar tomonidan noxush kutib olindi. Maʼmuriy sohada islohotlar oʻtkazib, davlatni boshqarishga oʻrta tabaqa: xunarmandlar va savdogarlarni jalb qilgan. U. II hatto markaziy hokimiyatni kuchaytirish uchun yirik yer egalarining imtiyozlarini qisqartirgan (mas, Joʻybor xojalari soliq toʻlashga majbur qilingan). Biroq Joʻybor shayxlari katta siyosiy kuch boʻlib, U. II oʻtkazayotgan siyosat uchun xatarli muxolifga aylanishgan.
U. II mamlakatda obodonchilik ishlariga eʼtibor qaratgan. U Madrasa va Buxoroning gʻarbida Xonobod chorbogʻi (1709)ni barpo qilgan.U.ning siyosiy faoliyati haqida “Ubaydullanoma” (1716) asarini yozgan. Muhammad Yusuf Munshiyning “Tarixi Muqimxoniy” va Abdurahmon Tolennng “Tarixi Abulfayzxon” asarlarida ham U. II faoliyati aks etgan.
Buxoro xonligi tarkibida boʻlgan Fargʻona vodiysida ham XVlll asrda norozilik harakatlari avj oldi va hokimiyat Chust yaqinidagi Chodak xoʻjalari qoʻliga oʻtdi. Ubaydullaxon davrida ijtimoiy siyosiy parokandalik kuchaydi, har bir viloyat hokimlari mustaqil boʻlishga intildilar , shunday sharoitda, Ubaydullaxon ga qarshi fitba uyishtirildi va 1711 yilning 16 martda oʻldiriladi Ubaydullaxon ning oʻlimidan soʻng taxtga uning inisi Abulfayzxon (1711-1747) oʻtirdi. Abulfayzxon tomonidan fitnaning hamma ishtirokchilari mukofotlandi.Ularga katta davlat lavozimlari berildi.