O’zbekiston tarixi fanidan toshkent 2015 1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy – metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati


Saylovlar tashkil qilishda sinfiy yondashuv nodemokratik tamoyil sifatida rad etildi



Download 0,62 Mb.
bet18/19
Sana23.06.2022
Hajmi0,62 Mb.
#697124
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
2016 ўзбекистон тарихи лекция

Saylovlar tashkil qilishda sinfiy yondashuv nodemokratik tamoyil sifatida rad etildi.


    1. Oliy Majlis doimiy amal qiluvchi parlament sifatida faoliyat yuritmoqda, ya'ni deputatlarning bir qismi parlament tarkibida doimiy ishlamoqda.

O‘tgan yillar mobaynida erishgan yutuqlar bilan birga yangi-yangi muammolar vujudga keldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov aytganidek: «Qonunchilik faoliyatimizdagi kamchiliklarni tanqidiy baholab, bartaraf etish, qonunlarimizning mukammal va izchil bolishiga erishmog‘imiz va eng muhimi, barcha huquqiy davlatlar qatorida qonun asosida yashashni organishimiz zarur. Shu bilan birga, qonunchilik va meyoriy asoslarni shakllantirish jamiyatni o’zgartirish va isloh qilish jarayonidan oldinroq yurishi kerak». Shuni tan olishimiz kerakki:
1. Aholimizning siyosiy faolligi hali zamon talablari darajasida emas, balki eski andozalardan to’liq qutula olmadik.
2. Siyosiy partiyalar va harakatlar jamiyatimizning turli sohalarida o’ziga munosib o’rin egallab olishmagan. Buning uchun ular aniq maqsadlariga, puxta ishlab chiqilgan dasturlarga ega bo’lish lozim.
3. OAV shu paytgacha demokratik qadriyatlarni himoya qiladigan, davlat va mansabdor shaxslarning faoliyatini nazorat qiluvchi to’rtinchi hokimiyatga aylanmagan.
Bu va boshqa dolzarb muammolarni yechish uchun oldimizda quyidagi vazifalar turibdi:
a. Jamiyat va davlatning turli sohalarini yanada erkinlashtirish;
b. aholining siyosiy madaniyatini, siyosiy faolligini oshirish, jamiyatda manfaatlar va qarama-qarshi kuchlar o‘rtasida muvozanatni ta'minlaydigan kuchli mexanizmni shakllantirish.
Bu vazifalarni bajarish uchun Oliy Majlisning qonunchilik faoliyatini takomillashtirish zarur edi. 2002-yil 27-yanvar kuni O‘zbekistonda o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijasida siyosiy tizimni takomillashtirish masalasi hal qilindi, ya'ni ikki palatali Oliy Majlisga o’tish va Prezident vakolatlarini 5-yildan 7-yilga o’zgartirishga qaror qilindi.
Referendum natijasiga tayanib ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning X sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi to’g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar kiritildi (Konstitutsiya: XVIII-XX: XXIII boblar). 2004-yil 26-dekabrda ikki palatali Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylov bo‘lib o’tgan. Unda beshta partiya (XDP: «Adolat»: «Milliy tiklanish»: «Fidokorlar»: Lib.DP) ishtirok etgan.
Ikki palatali Oliy Majlisga bo‘lgan saylovdan quyidagi xulosa kelib chiqadi:
-saylovlar biz uchun chinakam demokratiya maktabi, xalqimizning siyosiy saviyasini oshirish uchun sinov bo‘lgan;
-ikki palatali parlamentga saylovlar o‘tkazish tizimi va jarayonining o‘zi mavjud siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari faolligi va mas'uliyatining ortishiga olib keldi;
-saylovlar saylovchilarning siyosiy va fuqarolik saviyasining yetukligini namoyon qildi;
O‘zbekistonda ikki palatali parlamentni shakllantirishdan ko’zlangan maqsadlar quyidagidan iborat:
-parlament o‘z vakolatlarini samarali amalga oshirishi, har tomonlama asosli va puxta qonunlar, qarorlar qabul qilinishi uchun zarur bo‘lgan o‘zaro muvozanat va cheklovlar tizimini yaratish;
-parlamentning qonun ijodkorligi borasidagi ishining sifatini keskin oshirish;
-siyosiy partiyalarning faolligini, jamiyatdagi tutgan o‘rini oshirish uchun;
-senat tarkibining asosan mahalliy Kengashlar, hududlarning vakillaridan iborat bolishini hamda vakillik vazifasini bajarishini inobatga olib, umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishish;
-aholining mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotidagi ishtiroki ko’lami va faolligini yanada kengaytirish. Markaziy hokimiyat organlarini isloh qilish bilan birga yangi mahalliy hokimiyat tizimi tashkil etildi, ya'ni viloyat, tuman, shaharlar tarkibidagi tumanlar, shahar, qishloq doirasidagi hokimiyat muassasalari tuzildi. Mahalliy hokimiyat tizimini shakllantirish sohasida bir qator qonun va rasmiy hujjatlar qabul qilindi. Ular orasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (XXI bob) «Mahalliy davlat hokimiyat tog‘risida»gi qonun (1993-yil sentyabr), «Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish idoralari haqida»gi qonun (1993-yil sentyabr), «Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar to’g‘risida»gi qonun (1994-yil may) kabilar muhim orin egallaydi. Shu qonunlarga tayanib viloyat, shahar va tumanlarda hokim lavozimi ta'sis etildi. Viloyat, tuman, shahar hokimi mahalliy hududni oliy mansabdor shaxs sifatida tegishli hudud ijroiya hokimiyatni boshqaradi.
O‘rta Osiyoda kishilarning hayoti mahallada otib boradi. O‘zbekistonda o‘z-o‘zini boshqarish organlarining asosiy elementi fuqarolarning yig‘inlari hisoblanadi. Mahalla esa o‘zini-o‘zi boshqarishning asosiy bog‘inidir. Mahallada har bir kishining taqdiri, orzu-umidi, hayotga va odamlarga munosabati qat'iy nazoratda turadi. Shu bilan birga mahallachilik uzoq an'analarga va xalqimiz tarixiga, uning boy ma'naviy-axloqiy udumlariga bog‘liq bo‘lgan ulkan hayot maktabidir. Demokratik davlatni qurishda sud hokimiyati muhim o‘rin egallaydi. Faqat odil sudlov tizimi mavjud bo‘lsa, jamiyatdagi tartib, intizom, barqarorlik, qonunga bo‘lgan ishonch, hurmat mavjud bo‘ladi. Shuning uchun Mustaqillik yillarida sud islohotlarini izchillik bilan o‘tkazishga alohida e'tibor berildi.
O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi, Oliy Sudi, Oliy xo‘jalik Sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy sudi, xo‘jalik sudi, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar xo‘jalik sudlaridan iborat (Konstitutsiya XXII bob). Sud tizimini isloh qilish uchun bir qator qonunlar qabul qilingan: «Sudlar to‘g‘risida»gi qonun (1993, sentyabr), «Jatniyat kodeksi» va «Jamiyat-ijroiya kodeksi» (1996-yil dekabr). O‘zbekistonda mustaqillik yillari davomida o‘tkazilgan siyosiy, sud islohotlari yangi demokratik davlat poydevorini qurish imkonini berdi.
O‘zbekiston demokratik islohotlarni amalga oshirar ekan, fuqarolik jamiyat asoslarini qurishga intilmoqda. Buning ma'nosi shuki, boshqaruvning turli xil vazifalari bevosita xalqqa topshiriladi, o‘zini-o‘zi boshqarish o‘rganlari rivojlanib boradi. «Fuqarolik jamiyati» va «jamiyat» tushunchalari aynan bir narsa emas. Jamiyat- bu kishilar umumiyligi, davlatning barcha belgilarini ham o‘z ichiga oladigan birligi. «Fuqarolik jamiyati» -bu jamiyatning bir qismi bo‘lib, hokimiyatning davlat o‘rganlari va boshqaruvidan tashqari qismidir. Fuqarolik jamiyatning yetuklik darajasi fuqarolarning siyosiy va jamoat tashkilotlariga birlashish darajasi, siyosiy va jamoat tashkilotlarining ta'siri va taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi. «Fuqarolik jamiyati, -deb yozadi I.A. Karimov, -ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘zini-o‘zi hamol toptirishiga mone'lik qilmaydi, aksincha, yordam beradi».
Fuqarolik jamiyati huquqiy davlatga asoslanib, shakllanadi va rivojlanadi. Faqat inson huquqlari va erkinligi ta'minlangan va kafolatlangan holda fuqarolik jamiyati shakllanadi. Huquqiy demokratik jamiyatni barpo etish aholining siyosiy faolligi va siyosiy madaniyati, odamlarning yangi demokratik qadriyatlarni idrok etish masalalari bilan bog‘liq. Shu jihatdan, fuqarolik jamiyatning asosiy belgilaridan biri-ko‘p partiyaviylik. Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va ularning faoliyati demokratik jamiyat uchun zarur bo‘lgan siyosiy muxolifatni shakllantirdi.
«Shuni yaxshi uqib olishimiz kerak, -degan edi I.A.Karimov. - Jamiyatimiz tuzilmalarida muvozanatni saqlaydigan, kuchli ommaviy, jamoat birlashmalari bolmas ekan, davlat hokimiyatning barcha bog‘inlarida o‘zboshimchalik, volyuntarizm, avtoritar tafakkur va boshqaruv apparatining komiptsiyasi singari illatlar bo‘lmasligiga jiddiy kafolat ham bolmaydi». Mamlakatimizda siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari vujudga kelishi va faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar yaratildi: «O‘zbekistonda jamoat tashkilotlari to’g‘risida» (1991-yil 15-fevral), «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g‘risida» (1998-yil 28-aprel), «Kasaba uyushmalari, ular faoliyatining huquq va kafolatlari tog‘risida» (1992-yil 2-iyul), «Siyosiy partiyalar tog‘risida» (1996-yil dekabr)gi Qonunlari. Nodavlat, jamoat tashkilotlari orasida eng muhim ro’lni siyosiy partiyalar o’ynaydi.
Partiya-tashkiliy-siyosiy kuch bo‘lib, o‘zida ma'lum masala xususida jamiyat fikrini jamlovchi va biror muammoni echish uchun hokimiyatda ishtirok etish yoki unga ta'sir o‘tkazish maqsadini o‘z oldiga qo‘ygan, bir xil siyosiy qarashga ega bo‘lgan insonlarni o‘zida jam qiladi. Konstitutsiyamiz ko‘ppartiyaviylik tizimini qonun bilan mustahkamlab qo‘ygan (Konstitutsiya: 60-modda).
O‘zbekistonda 5 siyosiy partiya, 1 ta jamoatchilik harakati faoliyat ko‘rsatmoqda. 1991-yil 1-noyabrda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining (XDP) ta'sis kengashi bo‘lib o’tdi. XDP «O‘zbekiston ovozi» va «Golos Uzbekistana» gazetalari hamda «Muloqot» jurnali nashr etmoqda. 1992-yil 24-mayida «Vatan taraqqiyoti» partiyasining ta'sis qurultoyi o‘tkazilib, unda partiya dasturi va nizom qabul qilingan, «Vatan» gazetasini nashr etgan.
1995-yil 18-fevralda «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining ta'sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda Dastur va Nizom tasdiqlandi, «Adolat» nomli xaftalik gazetani nashr etadi. 1995-yil 3-iyun kuni «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining ta'sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi, unda Dastur va Nizomi qabul qilindi. «Milliy tiklanish» gazetasi nashr etildi. 1998-yil 28-dekabrda «Fidokorlar» Milliy demokratik partiyasining ta'sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi, unda Dastur va Nizomi qabul qilindi. «Fidokor» gazetasi nashr etildi.
2001-yil 14-apreldan «Vatan taraqqiyoti» va «Fidokorlar» partiyalarining qo’shma kengashi bo‘lib o‘tdi, unda fikr va maqsadlar mushtarakligini hisobga olgan holda birgalikda faoliyat olib borish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shuningdek, mazkur partiyalarning parlament fraktsiyalari ham birlashdi. 2003-yil 15-noyabrda Liberal-demokratik partiyasining ta'sis majlisi bo‘lib otdi. U tadbirkorlar va ishbilarmonlarni birlashtiruvchi partiya bo‘lib, O‘zbekistonda bozor munosabatlarini rivojlantirishda muhim ro’l o’ynashga qaratilgan. Partiya «XXI asr» gazetsiani nashr etadi.
Jamiyat barqarorligini saqlashda, fuqarolarning huquqlarini, ularning manfaatini ifodalashda muhim rolni muxolifat o’ynaydi. Muxolifatning mavjud bo’lishi demokratik jamiyat uchun shart bo‘lgan va normal holdir. Shunisi muhimki, u tashkiliy jihatdan rasmiylashgan, tegishli yuridik maqomga ega bo‘lishi, konstitutsiya va qonun normalarini hurmat qilishi, o‘z harakatlari bilan mamlakatdagi davlat va ijtimoiy tuzumning barqaror holati uchun mas'ul bo‘lishi, davlat qurilishning muqobil loyihalariga ega bo‘ishi lozim. Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek: «Demokratiya ustun bo‘lgan jamiyatda konstruktiv, sog‘lom muxolifat jamiyatning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy rivojiga hissa qoshadi. Biz rasmiy hokimiyat bilan g‘oyaviy va amaliy jihatdan raqobatlasha oladigan, amaliy takliflar kirita biladigan, jamiyatimizning turli siyosiy qatlamlari manfaatlarining ifodachisi tariqasida maydonga chiqa oladigan muxolifatga muhtojmiz». Siyosiy partiyalar bilan birga O‘zbekistonda «Xalq birligi» harakati faoliyat yuritmoqda. U 1995-yil iyun oyida tashkil bo‘lib, uning maqsadi O‘zbekiston xalqlari birligini mustahkamlashdir. Jamiyatda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish ta'minlanganda u chinakam huquqiy, fuqarolik jamiyati bo‘ladi. Bu boradagi muammolarni hal qilishda mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta'minlashda, jamoatchilik fikrini shakllantirishda-ommaviy axborot vositalari muhim o‘rin tutadi. Ularning turli davlat va siyosiy institutlar hamda jamiyat kayfiyatiga ta'siri natijasida OAVni to‘rtinchi hokimiyat deb ham yuritishadi.
Mamlakatimizda OAVning rivojlanishiga huquqiy asos yaratilgan: «Noshirlik faoliyati tog‘risida» (1996-yil 2-avgust): «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar tog‘risida» (1996-yil 2-avgust): «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida» (1997 yil 24 aprel): «Jurnalistika faoliyatini himoya qilish tog‘risida» (1997-yil 26- dekabr), «Ommaviy axborot vositalar tog‘risida» (1997-yil 26-dekabr). O‘zbekistonda matbuot erkinligi, soz va fikr daxlsizligi qonun bilan kafolatlangan. (Konstitutsiya: XV bob). 2005-yil 28-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisida LA.Karimov jamiyatimizni demokratlashtirish va yangilashda, mamlakatni modernizatsiya qilishda OAV haqida gapirganda, ularning hayotmizda tutgan o‘rniga alohida e'tibor qaratib, OAVni isloh qilish yonalishlarini ko‘rsatib berdilar. Ular:

    1. OAVning iqtisodiy erkinligini ta'minlash.

    2. Jamoatchilik fondi, jamoatchilik televideniyasini tuzish.

    3. Yangi, mustaqil fikrga ega bo‘lgan jurnalist kadrlarni tarbiyalashdir.

OAVning erkinligini ta'minlamasdan, radio, televidenie, gazeta va jurnallarni fuqarolarning o‘z mustaqil qarashlari, o‘z -fikrlari, voqealarga munosabatini dadil, qorqmasdan ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib mamlakatimizda bo’layotgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, fuqarolarning faolligini oshirish mumkin emas. Xulosa qilish mumkinki, mustaqillik davrida siyosiy tizim islohoti borasida bir qancha ishlar amalga oshirildi:

  1. Eski tizim barham topdi.

  2. Huquqiy, demokratik davlatni qurish uchun konstitutsiyaviy, qonuniy asos yaratildi.

  3. Yangi demokratik davlatga xos bo‘lgan yangi siyosiy tizim yaratildi.

  4. Ko‘ppartiyaviy tizim asoslari shakllandi.

  5. Xalqimiz o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishini ta'minlovchi saylov tizimi barpo etilib, saylovlar muqobillik asosida otkazilayapti.

Boshqacha so’z bilan aytganda, mamlakatimizda shaklan demokratik davlat barpo qilingan, endi asosiy vazifa shu shaklni demokratik mazmun bilan to‘ldirishdan iboratdir.



Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish