“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng «paxta ishi» 
qayta ko’rib chiqildi va minglab begunoh kishilar oqlandilar. O’z navbatida 
O’zbekistonning mohir, taniqli davlat va jamoat arbobi Sh.R. Rashidovning 
pok nomi tiklandi. Shuningdek, mehnatkash o’zbek xalqining yuzi yoruq 
ekanligi asoslandi.O’zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning 
tashabbusi bilan 2000 yil 12 mayda Toshkent shahrida Yunusobod mavzesida 
mustabid sovet rejimi davrida qatag’on qilingan shahidlar xotirasiga 
baqishlab o’rnatilgan yodgorlik majmuining ochilishi bugungi minnatdor 
avlodning ajdodlarimiz oldidagi chuqur ehtiromi ramzidir. 
 
11-Modul: O’zbekiston mustaqillikka erishish yo’lida (1989-1991yy.) 
 
1.Respublika ijtimoiy siyosiy hayotida o’zgarishlar. Kadrlar siyosatida 
milliy manfaatlar ustivorligining o’sib borishi. O’zbekistonda “Davlat tili” 
to’g’risidagi qonun. 
2.Birinchi Prezident I.Karimovning “O’zbekiston mustaqillikka erishish 
ostonasida” kitobida sovet davrining so’ngi yillari inqirozi masalalarining 
aks etishi. 
3.Islom Karimovning O’zbekistonning Birinchi Prezidenti etib saylanishi. 
43
Azizxo’jaev A. CHin o’zbek ishi. – Toshkent: Akademiya, 2003. – B. 47. 
44
Алимова Д.А., Голованов А.А. Узбекистан в 1917-1990 годы: противоборство идей и 
иделогии. – Таshкент: Узбекистан, 2002. – С. 24. 


221 
4.Mustaqillik Deklaratsiyasi va uning ahamiyati. 1991 yil avguts voqealari. 
SSSRning tanazzulga yuz tutishi 
1.Respublika ijtimoiy siyosiy hayotida o’zgarishlar. Kadrlar siyosatida 
milliy manfaatlar ustivorligining o’sib borishi. O’zbekistonda “Davlat tili” 
to’g’risidagi qonun. 
 
1980 yillarning oxirlaridan boshlab respublikaning ijtimoiy-siyosiy 
hayotida muhim o’zgarishlar sodir bo’ldi. 1989 yilda I.A.Karimovning milliy 
rahbar bo’lishi O’zbekiston tarixi sahifalarining haqqoniyligini ochishga ustivor 
darajada ta’sir ko’rsatdi. Islom Karimov millat va xalqning asl manfaatlarini 
ifoda etib, darhol davlat mustaqillik g’oyasini ilgari surdi. U o’zining 
respublikada tutgan yo’lini, “desantchilar” zo’ravonligiga qarshi kurashini 
milliy siyosiy partiyalar va harakatlarni tashkil etish uchun sharoitlarni yaratib 
berish bilan mustahkamladi. Markaz mazkur takliflardan ochiq noroziligiga 
qaramay, O’zbekiston KP MQning 1990 yil mart plenumida “siyosiy tizimni 
yangilashni iqtisodiy mustaqillik muammosidan ajralgan holda qarab chiqish 
mumkin emas”ligi qayd etib o’tildi va O’zbekistonning siyosiy mustaqilligi 
yaxlit kontseptsiyasi ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi. Respublika Oliy 
Kengashining birinchi sessiyasida 1990 yil 24 martda I.A.Karimovning 
O’zbekiston SSR Prezidenti qilib saylanganligi davlat mustaqilligini qo’lga 
kiritilishining muhim shartlaridan biri bo’ldi. sovet davlatida yil sayin iqtisodiy, 
ijtimoiy, siyosiy hayot tarzi qanchalik chuqurlashib borsa, “kadrlar malaka”sini 
oshi-rish, mamlakatda sodir bo’layotgan inqirozli holatlarni, o’zgarishlarni, 
ularning ahamiyati va oqibatlarini “marksizm-leninizm” ta’limotidan kelib 
chiqqan holda go’yoki chuqur “anglab yetish” kabi holatlar chuqurlashib 
boraverdi. Mamlakatda kadrlar tayyorlash tizimi o’zining tuzilishi va 
xususiyatlariga ega bo’lib, boshlang’ich siyosiy maktablar muntazam o’qishga 
tayyor bo’lmagan tinglovchilar uchun yo’naltirilgan va ularga siyosiy va 
iqtisodiy bilimlar berildi. Tinglovchilarning bu guruhida kommunistik ahloq 
darajasi va asoslari bo’yicha ham ta’lim berish yo’lga qo’yildi. O’rta va oliy 
guruhdagi mashg’ulotlarga tayyor bo’lmagan tinglovchilarning o’qishi tashkil 
etilib, ularga asosan partiya tarixi, siyosiy iqtisod, falsafa ilmiy kommunizm 
fanlaridan dars berildi. Oliy guruhdagi kadrlar tayyorlash tizimi esa asosan 
rahbar kadrlarni, ilmiy va badiiy yo’nalishdagi ziyolilarni, xalq xo’jaligidagi 
mutaxassislarni o’qitishni tashkil etib, ularni o’qitish mehnat va jamoa 
faoliyatlarini hisobga olgan holda olib borildi. Biroq kadrlar masalasiga bunday 
yondashuv va usullar ular orasida ijtimoiy-iqtisodiy hayotga befarqlik bilan 
qarash, rejalarni qog’ozda bajarish bilan cheklanish holatlari kuchaydi.
Ushbu bobga xulosa qilib ta’kidlash lozimki, sovet davlatining kadrlar 
masalasidagi siyosati butun boshli millatni badnom etish jarayoni bilan 
bog’lanib ketgan edi. Respublika xo’jalik rahbarlari yuqoridan beriladigan 
topshiriqlarni ko’r-ko’rona bajaruvchi ijrochi shaxslarga aylanib qolgan edilar. 


222 
Mazkur yillardan kadr tanlashda ko’p hollarda partiya tashkilotlari 
rahbarlarining shaxsiy fikr-mulohazalari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lib, 
mehnat jamoasining fikrini o’rganish esa nomigagina o’tkaziladigan bir tadbirga 
aylanib qoldi. Markaz esa kadrlar siyosatini og’ishmay amalga oshirishda 
mahalliy millatga mansub kadrlarga nisbatan muntazam ta’qib uyushtirib turdi. 
Vaqti-vaqti bilan mahalliy kadrlarni siltab “hushyor” qilib turish respublikalarda 
olib borilgan kadrlar siyosatining asosiy yo’nalishiga aylanib qoldi. Yuqoridagi 
siyosat 1980-yillar o’rtalariga kelib ayniqsa O’zbekistonda milliy kadrlarni 
qatag’on qilishda yaqqol namoyon bo’ldi. Biroq, 1980 yillarning ikkinchi 
yarmidan boshlab jamiyatda yuz berayotgan o’zgarishlar milliy kadrlar ongiga 
ma’lum o’zgarishlar sodir bo’lishiga sabab bo’ldi. Xalq xo’jaligining barcha 
tarmoqlarida yuz berayotgan turg’unlik holati, ma’muriy-buyruqbozlik 
boshqaruvi o’zining salbiy oqibatlari bilan aniq ko’zga tashlana boshladi. Bu 
sharoitda o’zining rivojlanish imkoniyatlaridan mahrum bo’lgan tuzum-ning 
siyosatiga barcha sabablar pishib yetildi. 1990 yillarning boshiga kelib 
turg’unlik va tanazzul holatini boshidan kechirayotgan sovet ittifoqi parchalana 
boshladi. Natijada hayotning o’zi sovet tuzumi g’oyasining “yagona”, “asosiy” 
emasligini isbotlab berdi. Istiqlolga erishgan har bir davlat o’z taraqqiyot yo’lini 
belgilab olib, jumladan, O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy 
demokratik davlat va jamiyat qurishga kirishdi. Mustaqillikning dastlabki 
kunlaridanoq kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish va yangilashga, ularning 
tarbiyasi, ma’naviyati, salohiyatiga xizmat qiladigan mukammal tizimni 
shakllantirishga alohida e’tibor berila boshlandi. Prezident I.A. Karimov 
ta’kidlaganidek, “asosiy vazifalarni hal etish uchun kuchli, qudratli davlat, 
yuksak malakali, ahloqan barkamol kadrlar kerak”. Boisi, kadrlar jamiyatni 
harakatga keltiradi, uning ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotini jonlantiradi. 
1989 yil 21 oktyabrda „O’zbekiston SSRning Davlat tili haqida"gi Qonuni 
qabul qilindi. Qonunning 1-moddasining 1-qismida „
O’zbekiston Sovet 
Sotsialistik Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir
", deb yozib qo’yildi. 
SHunday qilib, uzbek tili davlat tili maqomini oldi. „O’zbekiston SSRning 
Davlat tili haqida"gi Qonunning 10-moddasi O’zbekistonda mustaqillikka 
erishish ostonasida sud tizimining yangicha asoslarda barpo etila boshlanganini 
ko’rsatuvchi dalillardan biri, bu tizimda boshlangan tub amaliy 
yangilanishlarning debochasi bo’lgani shubhasiz.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish