“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi


Chig’atoy ulusining tashkil topishi, uning ijtimoiy-siyosiy va



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi

 
3.Chig’atoy ulusining tashkil topishi, uning ijtimoiy-siyosiy va 
iqtisodiy hayoti. 
Kepakxon (1309, 1318-1326) davrigacha Chig’atoy ulusida siyosiy 
barqarorlik bo’lmadi. 1251 yilgi Qoraraqurum qurultoydan keyin Chig’atoy 
ulusi ikkiga bo’linib ketdi: Sharqiy Turkiston, G’ulja o’lkasi, Yettisuv 
Farg’onaning Shimoliy Sharqiy qismi xoqon ixtiyorida qoldi: Movarounnahr 
Farg’onaning G’arbiy qismi Oltin O’rda qo’l ostiga o’tdi.
Oltoy Ibn Goydar ibn Chig’atoy (1261-1266) Chig’atoy ulusini Oltin 
O’rda ta’siridan qutqarish choralarini ko’rdi. Oltin O’rdaning Buxoroda turgan 
5 ming nafarlik qo’riqchi qo’shinni qirib tashladi, ularning mol-sulki, oilalari 
musodara qilindi. 
Baroq ibn Yisunqor ibn Komkor ibn Chig’atoy zamonida (1266-1271) 
Chig’atoy ulusi ancha kuchaydi. Baroqxon Oltin O’rda xoni Mangu Temur 
(1267-1280) va Kaydu qo’shinlarini Sirdaryo buyidagi jangda mag’lub etsa-da, 
lekin ohiri yengildi. Uning Elxon Abohoqonga( 1265-1289) qarshi yurishlari 
ham natija bermadi. Chig’atoy ulusining ko’p qismi O’g’atoyning nabirasi 
Qaydu va Oltin O’rda xoni Mangu Temurta’siriga tushib qoldi. Nekpoy (1271-
1272) va Buko Temur (1272-1291) hukmronligi davrida e’tiborga loyiq 
o’zgarish bo’lmadi. Kaydu ulus taxtiga Baroqxonning o’g’li Duvani( 1291-
1306) o’tqazdi. Andijonning tiklanishi, Uzganning Farg’ona o’lkasi poytaxtiga 
aylantirilishi uning nomi bilan bog’liq. Duvaxon Qaydu bilan hamkorlik qilib, 
katta e’tibor qozondi. Duvaxon vafotidan keyin o’g’li Kunjakxon va Tolg’u ibn 
Qudag’ay ibn Bo’ri Mutugan ibn Chig’atoylar xonligi uzoqqa cho’zilmadi. 
Kepakxon ibn Duvaxon o’z urug’doshlarining nizolariga barham berdi. 
Chig’atoy davlatining rivoji, shaharlar qurilishiga omil bo’lgan pul va 
ma’muriy islohotlar Kepakxon nomi bilan bog’liq.
X1V asrning 40 yillarida CHig’atoy ulusi ikki qismga: Yettisuv, 
Farg’onaning sharqiy qismi, Sharqiy Turkistondan iborat Mo’g’ulistonga va 
arbiy ulus-Movarounnahrga bo’linib ketdi va siyosiy jihatdan parchalandi. 
Mo’g’ullar asos solgan davlat yarim kuchmanchi tipidagi, asosan harbiy 
tartiblarga muvofiq kelgan davlat boshqaruviga ega siyosiy tashkilot edi. 
Chingizxon va uning avlodlari xon unvoni sohiblari edilar. Ularning qo’li 
ostidagi boshqaruv tizimida turli unvon, martaba va mansab egalari bo’lgan. 


106 
Bunday amallarning aksariyati harbiy tartiblarga mos tushardi. Yirik harbiy 
bo’linma boshida no’yonlar, bahodirlar va merganlar turgan. O’n ming 
askardan iborat tumanga xonning farzandlari ham boshchilik qilishgan. 
Xonning shaxsiy soqchilik bo’linmasi-keshik ham bo’lgan. Favqulodda 
holatlarda mazkur bo’linmaning harakati qo’l kelgan. 
Chig’atoy ulusi davrida Movarounnaxrni boshqarish ishlari mahalliy 
hukmdorlarga topshirilgan edi. Movarounnaxrning boshqaruvchisi yirik 
savdogar va sudxo’r Maxmud Yalavoch edi. U Xo’janddan turib o’z qo’li 
ostidagi mug’ul harbiy bo’linmalari yordamida davlatni boshqargan, soliqlarni 
yiqqan. 
Buxoroda 
esa 
mahalliy 
zodagonlar 
varuxoniy 
rahbarlar 
mamlakatdaboshqaruvni o’z qo’llariga olgan edilar. Bular mahalliy amirlar va 
sadrlar hisoblangan. 
Mahalliy boy-zodagonlar qatlamiga tayangan holda mug’ul xonlari O’rta 
Osiyodagi viloyat va hududlarni idora qiladilar. Ishonchli kishilarga maxsus hujjat-
payzalar berganlar. Alohida yorliqdarga mahalliy aholi amaldorlar, savdogarlar, 
ruxoniylar, xon xonadoni vakillariga o’sha yerlardan o’tib qolsa, turar joy 
berganlar hamda ularni oziq-ovqat vaot-ulov bilan ta’minlaganlar. 
Chig’atoy ulusida iqtisodiy munosabatlar. Chig’atoy ulusi xonlari o’z 
uluslariga inju tarzida egalik qilganlar, ya’ni xonu xonzodalar o’zlariga berilgan 
yurtning daromadidan foydalanish huquqiga ega bo’lganlar, holos. Yer soligi 
mol (xiroj) umumiy hosilning o’n foizini tashkil etgan. Ko’chmanchilar 
to’laydigan ko’pchur yuz bosh moldan bir bosh hisobida bo’lgan. Savdodan 
targ’u jarimasi olingan. Munka hoqon nomida pul zarb etilgach, 1270 yildan 
soliq va jarimalar pul bilan olina boshlagan. Pul ulusning ko’plab yirik 
shaharlarida, masalan, Olmaliq Buxoro, O’tror, Taroz, Qoshg’ar, Toshkent, O’sh, 
Marg’ilon, Oqtepa, Uzgand, Xo’jandda zarb qilingan. 
Mas’udbek tashabbusi bilan 1271 yilda pul islohoti o’tkazildi. Chig’atoy 
ulusining barcha shahar va tumanlaridabir xil vazndagi kumush tangalar zarb 
etish va muomalaga kiritish bu islohotning asosiy mohiyatini tashkil etar edi. Bu 
hol ichki savdo va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solardi: endi kumush tangalar 
zarb etish erkinligi vujudga keldi; xohlagan kishi o’z ixtiyoridagi kumush 
buyumlarini zarbxonaga olib kelib kumush tangagaaylantirishi mumkin edi. 
Aholining kumush tangalarga ishonchi mustahkmlandi, tanga nufuzi ortib 
bordi. Natijada XIII asrning 80-90 yillarida ulusning 16 ta shahrida zarbxonalar 
ochilib, ulardadoimiy ravishda kumush tangalar zarb etildi. 
Chig’atoy ulusida yer solig’i undan bir xajmda belgilangan. Oliy 
mansabdorlar soliq to’lamaganlar. Gap shundaki, yirik mulkdorlar, savdogarlar, 
islom peshvolari mo’g’ullar bilan yaqinlashib, katta imtiyozlarni qo’lga kiritgan, 
har xil yorliqlar olgan edilar. Soliq turlaridan yana biri ko’pchur edi. U 
chorvador xo’jaliklardan olingan. 
Chorvadorlardan yana shulsi solig’i olganlar: har suruvdan bir qo’y va qimiz 
uchun har ming bosh otdan bir biya undirilgan. 


107 
Yana bir soliq targ’u deb atalgan va hunarmand, savdogarlardan olingan. 
Targ’u ishlab chiqarilgan va sotilgan molning o’ttizdan bir ulushi xajmida 
bo’lgan. Yana mahalliy xalq tuz solig’i, jon yoki kumush solig’i to’lagan. 
Ma’lumki, mo’g’ul xonlari noiblarga barot (ijara yorligi), payza berganlar, 
noiblar soliq yig’ish paytida rasmiy belgilangan xajmdan ziyodroq undirib 
olgan. 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish