«O’zbekiston tarixi» fanidan chor rossiyaSI, sovet mustamlakachiligi va milliy istiqlol» davrlari bo’yicha uslubiy qo’llanma


 Mahalliy o’zini-o’zi boshqaruv organlarining tashkil etilishi, Jamiyatda



Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/79
Sana20.03.2022
Hajmi1,16 Mb.
#501815
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   79
Bog'liq
chor rossiyasi sovet mustamlakachiligi va milliy istiqlol

4. Mahalliy o’zini-o’zi boshqaruv organlarining tashkil etilishi, Jamiyatda 
ko’ppartiyaviylikning qaror topishi 
Milliy davlatchilik tarixi tajribasidan kelib chiqib, «O’zbekiston Respublikasi 
mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to’g’risida»gi Qonunga muvofiq 
1992 - yil yanvaridan boshlab viloyat, tuman, shaharlarda hokimlik boshqaruvi 
tashkil etildi. Hokimiyat qoshida ijroiya apparati tuzildi. 
Viloyat, tuman va shaharlarda hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari 
Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo’lib davlat va fuqarolarning 
manfaatini ko’zlab o’z vakolatlariga taalukli masalalarni hal etadi. Tumanga 
buysunadigan shaharlarda, shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda xalq 
deputatlari Kengashlari faoliyat yuritmaydi. 
Hokim va uning ijroiya apparati joylardagi korxona va muassasalarga 
rahbarlik qilish, mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning 
manfaatlariga mos ravishda hal qilish bilan shug’ullanmoqda. Xalq deputatlari 
Kengashlari va hokimlarning vakolat muddati 5 - yil. 
Konstitutsiyada fuqarolik jamiyatini barpo etishda mahalliy o’zini – o’zi 
boshqarish organlarining rolining oshib borish prinsipi mustahkamlangan. 
Konstitutsiyaning maxsus bobbi (XXI) mahalliy davlat hokimiyati organlariga 
bag’ishlangan
127

Konstitutsiyaning 105 moddasiga ko’ra, shaharcha, qishloq va ovullarda, 
shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahalallarda 
fuqarolarning yig’inlari o’zini-o’zi boshqarish organlari bo’lib, ular ikki yarim - yil 
muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi
128
, deb, yozib qo’- 
yilgan. 
Fuqarolarning 
yig’inlari 
o’zini-o’zi 
boshqarish 
organlari 
bo’lib, 
hokimiyatning eng qo’yi bug’ini hisoblanadi va mahalla uning o’zagini tashkil 
etadi. Mahalla O’zbekistonning muayyan tarixiy sharoitlarida, asrlar davomida 
shakllanib, faoliyat ko’rsatayotgan, aholi yashaydigan ma’muriy-hududiy birlik, 
uyushma. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha dastlabki mahalalar IX asrda 
Buxoroda shakllangan. Mahalalar 1917 - yilgacha bo’lgan davrda juda keng ish 
olib borib, mahalliy aholini birlashtiruvchi, uyushtiruvchi tashkiliy tuzilma 
bo’lganlar. Mahalla o’zbek xalqining kundalik ijtimoiy hayotini va turmushini 
125
Каrimоv.I.А O’zbеkistоn Коnstitutsiyasi- biz uchun dimаkrаtik tаrаqqiyot yo’lidа vа fuqоrоlik jаmiyatini bаrpо 
etishdа mustаhkаm pоydеvоrdir. Тоshkеnt, 2009. – B. 4. 
126
O’shа mаnbа. –B. 4. 
127
Оdilqоriеv Ҳ. Коnstitutsiya vа fuqаrоlik jаmiyati. Тоshkеnt. 2002, - B. 37. 
128
O’zbеkistоn Rеspublikаsining Коnstitutsiyasi, Тоshkеnt. 2008, -B. 29. 


103 
tashkil qilishda izlab topgan va asrlar davomida takomillashtirib kelgan a’molidir. 
Ammo, shunga qaramasdan sobiq sovet davrida hukmron tuzum va mafkura 
mahalalarni rasman tan olmadi. Biroq, aholining noroziligiga sababchi bo’lmaslik 
uchun mahalalarni taqiqlay ham olmadi, uni jamiyatni boshqarishsh tizimiga 
kiritmadi. Mahalla o’z mohiyati, faoliyati mazmuni va shakllari bilan sharqona 
fikrlash, ish ko’rish tarzi kabi xalqimizning o’ziga xos fazilatlarini aks ettiradi
129
.
O’zbekiston mustaqilligi e’lon qilinishi bilan mahalalarga bo’lgan munosabat 
tubdan o’zgardi. Konstitutsiyaning 105 moddasiga va 1993 - yil sentyabrda qabul 
qilingan «Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida»gi Qonunga 
binoan mahalalar o’z huquqiy maqomiga ega bo’lib, mahalliy hokimiyatning 
tarkibiga kirdi
130

O’zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati organlari, 1992 - yil, 8- dekabrda 
qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 1993 - yil, sentyabrda 
qabul qilingan «Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida»gi, «Fuqarolarning o’z-
o’zini boshqarish idoralari to’g’risida»gi, Qonunlar hamda 1994 - yil, may oyida 
qabul qilingan «Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar 
to’g’risida»gi Qonun va boshqa huquqiy – me’yoriy hujjatlar asosida ish yuritadi. 
Prezident I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 2000 - yil, 
22-yanvarda bo’lib o’tgan ikkinchi chaqirik birinchi sessiyasidagi ma’ruzasida 
«Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamo- yilini hayotga tatbiq 
etish borasida shunday degan edi: «Odamlarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati, 
siyosiy faolligi yuksalib borgan sari, davlat vazifalarini nodavlat tuzilmalar va 
fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o’tkazib 
borish zarur»
131
.
Bu borada o’zini-o’zi boshqaradigan idoralarning mahallalarning nufuzini va 
mavqyeyini oshirish, ularga ko’proq huquqlar berish katta ahamiyat kasb etadi
132

Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish