O’zbekiston tarixi fanidan 2022-yil bitiruvchilari uchun test savollari 4-variant Qadimgi odamlar yodgorliklari topilgan Olduvay darasi hozirda qaysi davlat hududida joylashgan?
A) Efiopiya B) Keniya
C) Misr D) Tanzaniya
Avstralopitek odami qayerdan topilgan?
A) Xitoydan
B) Janubiy Afrikadan
C) Yava orolidan
D) Sharqiy Afikadan
Zinjantrop odami qayerdan topilgan?
A) Xitoydan B) Sharqiy Afrikadan C) Keniyadan D) Kongodan
Pitekantrop odami topilgan hududni aniqlang.
A) Germaniya
B) Fransiya C) Afrika
D) Indoneziya
Neandertal odam qoldiqlari O’zbekistonning qaysi g’oridan topilgan?
A) Teshiktosh
B) Machay C) Selung’ur D) Obirahmat
Xitoy hududidan topilgan odam nima deb ataladi?
A) Pitekantrop B) Sinantrop C) Neandertal D) Kromanyon
Quyidagilardan qaysi biri so’nggi paleolitda yashagan?
A) pitekantrop B) sinantrop C) neandertal D) kromanyon
Hozirgi qiyofadagi odam qoldiqlari ilk bor qayerdan topib o’rganilgan?
A) Germaniya
B) Fransiya
C) Afrika D) Indoneziya
Qaysi davrga kelib buyuk muzlik boshlandi?
A) O’rta paleolitda
B) ilk paleolit so’nggi davrida
C) mezolitd
D) so’nggi paleolit boshida
O’rta Osiyoda toshdan yasalgan qadimiy mehnat qurollari qayerdan topilgan?
A) Selung’ur, Ko’lbuloq
B) Teshiktosh, Obirahmat
C) Machay, Ko’lbuloq
D) Selung’ur, Teshiktosh
Uchi bir tomonga qaratib o’tkirlangan qo’pol daryo toshlari nima deb ataladi?
A) mikrolit
B) nous
C) petroglif D) chopper
Oltoy va Janubiy Sibirda yashagan turkiy qabilalar qachon ilk davlatga birlashadi?
A) IV asr 70-yillarida B) V asr 20-yillarida C) VI asr o‘rtalarida D) VI asr boshlarida
Turk xoqonligi asoschisi kim?
A) Bumin B) Istami C) Vaxshunvar D) Qultegin
Turk xoqonligi qaysi hududda tashkil topgan?
A) Oltoy va Janubiy Sibirda B) Yettisuv va Sharqiy Turkistonda
C) Oltoy va Irtish daryosi oqimida D) Sirdaryo va Orol havzasida
Bumin qachon “xoqon” deb e’lon qilingan?
A) 531-yilda B) 552-yilda C) 558-yilda D) 555-yilda
Quyidagi qaysi hudud Turk xoqonligining markazi etib belgilangan?
A) Yettisuv B) Oltoy C) Bolasog‘un D) Talas vodiysi
Turklarning g‘arbga yurishiga kim boshchilik qilgan?
A) Bilga xoqon B) Bumin C) Istami D) To‘ng yabg‘u
Qachon turklar Sirdaryo va Orol dengizi hudularigacha cho‘zilgan hududlarni bosib oldilar?
A) 531-yilda B) 552-yilda C) 558-yilda D) 555-yilda
Qachon turklar Yoyiq va Itil bo‘ylarini zabt etdi?
A) 531-yilda B) 552-yilda C) 558-yilda D) 555-yilda
Turk xoqonligi qaysi hududlarni egallagandan so‘ng, ularning chegarasi Eftallar davlati hududlariga borib taqalgan?
A) Sirdaryo va Orol dengizi hududlari B) Yoyiq va Itil bo‘ylarini
C) Shimoliy Kavkazning bepoyon yerlarini D) Parak vodiysini
575-576-yillarda turkiy xalqlar qaysi yerlarni egallaganlar?
A) Sirdaryo va Orol dengizi hududlaridagi B) Yoyiq va Itil daryosi oralig‘idagi
C) Janubiy Kavkazdagi D) Shimoliy Kavkazdagi
Qachon turklar Qrim yarim oroliga kirib bordilar?
A) 560-566-yillarda B) 585-586-yillarda
C) 575-576-yillarda
D) 563-567-yillarda