O’zbekiston tarixi fanidan 2022-yil bitiruvchilari uchun test savollari 28-variant
1. Xorazm davlati haqida xato javobni toping.
A) Mil.avv. IV asrda ahamoniyiardan mustaqil davlatga aylandi
B) Qo`yqirilganqal`a xarobalari ostidan aylana shakldagi ibodatxona topilgan
C) Tuproqqal’a m. avv III-II asrlarga oiddir
D) Oybo’yirqal'a yodgorligida xum sirtiga chekilgan mahalliy yozuv topildi
2. Xorazmda shaharsozlik …. borib taqaladi.
A) Mil.avv. VII-asrga
B) Mil.avv. V-asrga
C) Mil.avv. VI-asrga
D) Mil.avv. IV-asrga
3.MiloddanavvalgiV – IVasrlargaoidXorazmmahalliyhukmdorlariningqarorgohibo`lganulkanqal'abunyodetilgan. Buqaysishaharxarobasiedi?
A) Ko`zaliqirB) Qal'aliqir
C) Jonbosqal'aD) Tuproqqal`a
4. Miloddan avvalgi I asr va milodning dastlabki asrlarida Xorazmda ...
A) Kumush va mis tangalar zarb qilindi
B) Dastlabki mahalliy yozuv kashf qilindi
C) Tuproqqal`ada aylana shakldagi katta ibodatxona qurilgan
D) mahalliy taqvim ishlab chiqildi
5. Oybo’yirqal`a yodgorligi qaysi asrlarga oid?
A) Miloddan avvalgi VI-V asrlar B) Miloddan avvalgi IV-III asrlar
C) Miloddan avvalgi V-IV asrlar D) Miloddan avvalgi III-II asrlar
6. Xorazmda ishlab chiqilgan mahalliy taqvim qachondan qachongacha amalda bo`lgan?
A) Mil.avv. II asrdan - milodning VII asrigacha
B) Mil.avv. I asrdan - milodning VIII asrigacha
C) Milodning I asridan - VII asrigacha
D) Milodning I asridan - VIII asrigacha
7. O`rta Osiyo viloyatlari tarixida antik yoki ellinistik davr tarixi qachon boshlangan?
A) Yunon-Makedon istilolaridan keyin B) Ahamoniylar davrida
C) Salavkiylar hukmronligi davrida D) Forsiar bosqinidan keyin
8. Yuechji qabilalari nechanchi yillarda Yunon-Baqtriya davlatini bosib oladilar?
A) mil.avvalgi 130-120 yillarda B) mil. avvalgi 138-125 yillarda
C) mil. avvalgi 135-125 yillarda D) mil. avvalgi 140-130 yillarda
9. Xorazm nechanchi asrda Ahamoniylar imperiyasidan mustaqil davlatga aylangan?
A) mil.avvalgi IX asrda
B) mil. avvalgi III asrda
C) mil. avvalgi IV asrda
D) mil. avvalgi V asrda
10. Qoyqirilganqal'a nechanchi asrlarga oidligini aniqlang?
A) mil.avvalgi V-IV asrlar
B) mil. avvalgi VI-V asrlar
C) mil. avvalgi III-II asrlar
D) mil. avvalgi 1V-III asrlar
11. Milodiy I-asrda Xorazmda ishlab chiqilgan mahalliy taqvimdan Xorazniliklar nechanchi asrga qadar foydalanishgan?
A) VIII asrgacha B) V asrgacha C) VII asrgacha D) VI asrgacha
12. Qaysi Mo‘g‘uliston xoni soliq va hashar ishlarini tartibga solish to‘g‘risida maxsus farmon-yorliq chiqaradi?
A) O‘qtoy B) Munke
C) Kebekxon D) Chig‘atoy
13. Movarounnahr noibi Mas’udbek qachon pul islohotini amalga oshirgan?
A) 1238-yil B) 1271-yil
C) 1251-yil D) 1259-yil
14. Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida Movarounnahrning qaysi shaharlari qayta tiklanadi?
A) Termiz va Qarshi
B) Samarqand va Toshkent
C) Urganch va Buxoro
D) Buxoro va Xo‘jand
15. 2017-2021-yillarga mo’ljallangan harakatlar strategiyasi davlat dasturining
3-yo’nalishi qanday nomlanadi?
A) Davlat va jamiyat quruish tizimini takomillashtirish
B) Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish
C) Xavfsizlik, diniy bag’ri kenglik va millatlar aro totuvlik, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat
D) Qonun ustivorligini ta’minlash va sud –huquq tizimini yanada isloh qilish
16. Mas’udbek davrida Movarounnahrning nechta shahar va viloyatida sof kumushdan tanga zarb qilingan ?
A) 14 ta B) 15 ta
C) 16 ta D) 18 ta
17. Chig‘atoy xonlaridan qaysi biri davlatni idora etish tuzilishi va uning iqtisodiy hayotini tartibga solish maqsadida mamuriy va pul islohoti o‘tkazgan?
A) Mas’udbek B) Munke
C) Kebekxon D) Chig‘atoy
18. Mo‘g‘ul hukmdorlari orasida kim birinchi bo`lib o`z qarorgohini Movarounnahrga ko`chirgan ?
A) Qozonxon
B) Tug‘luq Temur
C) Kebekxon
D) Chig‘atoy
19. Kebekxonning hukmronlik yillarini aniqlang.
A) 1318-1326-yillar
B) 1279-1294-yillar
C) 1326-1360-yillar
D) 1318-1330-yillar
20. Quyidagi qaysi hukmdor Nasaf shahri yaqinida o‘ziga saroy qurdirgan ?
A) Chig‘atoy B) Munke D)Kebekxon C) Tug‘luq Temur
21. Kebekxon davrida quyidagi qaysi shaharlarda tangalar zarb etilgan ?
A) Taroz va O‘tror
B) Samarqand va Buxoro
C) Qarshi va Buxoro
D) Urganch va Buxoro
22. Ma’lumki, Kebekxon pul islihotini o‘tkazgan edi. Uning tangalari qaysi davlat tangalari na’munasida zarb qilingan?
A) Arab xalifaligi
B) Mo‘g‘uliston
C) Oltin O‘rda va Xuroson
D) Xulokiylar davlati va Oltin O‘rda
23. Qoraqalpoqlarda biy qachondan tayinlanadigan bo’lgan?
A) Azaldan
B) Qoraqalpoqlar Xiva xonligiga bo’ysundirilgach
C) Qoraqalpoqlar Rossiya fuqaroligini qabul qilgach
D) XVIII asr birinchi choragidan
24. Qoraqalpoqlarning ma’muriy markazi bo‘lgan shaharlarni aniqlang.
A) Qiyot, Xo‘jayli
B) Qo‘ng‘irot, Chimboy
C) Mang‘it, Xo‘jayli
D) Chimboy, Nukus
25. Amudaryo quyi tarmoqlarida Qalliko’l va Kegayli kabi dehqonchilik manzilgohlari qachon vujudga kelgan?
A) XVIII asr oxirida
B) XIX asr o’rtalarida
C) XIX asr oxirida
D) XVII asr oxirida
26. Chimboy va Qo’ng’irot dehqonchilik manzilgohlari qachon vujudga kelgan?
A) XVIII asr oxirida
B) XIX asr o’rtalarida
C) XIX asr oxirida
D) XVII asr oxirida
27. Sharqdan G’arbga boruvchi savdogarlar uchun qoraqalpoqlarning qaysi mahsuloti xaridorgir bo’lgan?
A) tuzlangan baliq B) O’tov
C) tuya junidan tayyorlangan gilam D) tuya junidan tayyorlangan namat