O’zbekiston tarixi fanidan
2022-yil bitiruvchilari uchun test savollari 11-variant
1. Quyidagi qaysi javob moddiy manbalarga taaluqli emas?
A) Sopol idishlar B) Mehnat qurollari C) Zebi-ziynat buyumlari D) Kitoblar
2. Persepol shahri qaysi davlatda?
A) Misr B) Eron C) Hindiston D) Mesopatamiya
3. Qachondan boshlab yunonlar yurtimizning aholisi, viloyatlari haqidagi ma“lumotlarga ega bo“lganlar?
A) mil. avv. V asrdan
B) mil. avv. IV-asrdan
C) mil. avv. VII asrdan
D) mil. avv. VI asrdan
4. Yer yuzidagi odamlar qaysi xususiyatlari bilan hayvonat dunyosidan ajralib turgan?
A) yozishni bilganligi va mehnat quroli bilan ov qilishi bilan
B) turar joylarda istiqomat qilganligi bilan
C) qaddi-qomatini tik tutib yurishi, mehnat qurollarini yasash va ularni ishlatishni bilishi bilan
D) qo“shnichilik jamoalari bilan birlashib yashashi bilan
5. O‘ta oddiy tosh qurollari yasashni biladigan eng qadimgi odam suyaklari qoldiqlarini olimlar jahonning qaysi hududlaridan topib tekshirishgan?
1) Janubiy Afrika 2) Sharqiy Afrikaning Zinj vodiysi 3) Angliya
4) Xitoy 5) Avstraliya 6) Germaniya 7) Amerika qit‘asi 8) Farg‘ona vodiys; 9) Yaponiya hududi 10) Afrikaning Madagaskar oroli 11) Fransiya 12) Indoneziyaning Yava oroli
A) 1, 2, 4, 6, 8, 11, 12
B) 1, 3, 4, 5, 7, 9, 10
C) 1, 2, 5, 6, 8, 9, 12
D) 2, 3, 4, 6, 7, 9, 11, 12
6. Hozirgi qiyofadagi odam suyak qoldiqlari dastlab jahonning qaysi hudidan topib o“rganilgan?
A) Afrika B) Fransiya
C) Indoneziya D) Germaniya
7. O“ta oddiy tosh mehnat qurollari yasashni biladigan eng qadimgi odam nomlarining ketma-ket berilgan javobni aniqlang.
1) Zinjantrop 2) Avstrolipitek
3) Neandertal; 4) Pitekantrop
5) Sinantrop6) Kromanyon
A) 2, 1, 4, 5, 3, 6
B) 2, 1, 5, 4, 6, 3
C) 1, 2, 5, 4, 3, 6
D) 4, 1, 2, 5, 3, 6
8. Eng qadimgi odamlar rivoji xronologik jihatdan to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping?
A) avstralopitik, pitekantrop, zinjantrop, neandertal, sinantrop, kromanyon
B) zinjantrop, pitekantrop, avsttralopetik, sinantrop, neandertal, kromanyon
C) avstralopitek, zinjantrop, pitekantrop, sinantrop, neandertal, kromanyon
D) avstralopetik, pitekantrop, zinjantrop, neandertal, kromanyon, sinantrop
9. Ilk paleolitning dastlabki davrlarida yer yuzida iqlim iliq bo“lgan kezlarda eng qadimgi odamlar manzilgohlari qayerlarda joylashgan edi?
A) kichkina daryolar va soylar yaqinidagi tepaliklarda
B) unumdor yerlar va o“rmonlar atrofida
C) suvli jilg’alar va soylar atrofida
D) unumdor yerlar va tog“larda
10. Toshdan yasalgan eng qadimiy mehnat qurollari, chopperlar O’zbekistonning qaysi hududlaridan topib o’rganilgan?
A) Farg’ona vodiysi va Amudaryo bo“ylaridan
B) Toshkent vohasi va Farg’ona vodiysidan
C) Surhondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan
D) Buxoro va Surhondaryo hududlaridan
11. Selung’ur manzilgohi qaerda joylashgan ?
A) Toshkent vohasida
B) Surxandaryoda
C) Qashqadaryoda
D) Farg’onada
12. Qaysi xalifa hukmronligi davrida ummaviylargaqarshi norozilik nihoyatda kuchaygan?
A) Muoviya B) Marvon IC) Marvon IID) Umar ibn Abdulaziz
Ummaviylarga qarshi targ‘ibot uchun Abu Muslim qachon Xurosonga kelgan?
A) 745-yil B) 746-yil C) 728-yil D) 732-yil
Ummaviylarga qarshi targ‘ibot uchun Xurosonga kelgan Abu Muslim asli qayerlik edi?
A) Eronlik B) Kufalik C) Marvlik D) Kozalik
Qaysi qal’a Abu Muslim qarorgohi etib tayinlangan?
A) Valiyon qal’asi
B) Maxuvon qal’asi
C) Som qal’asi
D) Robiya qal’asi
Abu Muslim o‘z qo‘shiniga kelib qo‘shilgan qullar uchun qayerda maxsus joy tashkil ettirgan?
A) Valiyon qal’asida B) Vodoriy qishlog‘ida
C) Koza qishlog‘ida D) Shavval qishlog‘ida
Abu Muslim boshchiligidagi qo‘zg‘olonni dastlab kimlar qo‘llab quvvatlagan edi?
A) qullar
B) dehqonlar va hunarmandlar
C) arab zodagonlari
D) mahalliy mulkdorlar
Abu Muslim o‘z qo‘shiniga kelib qo‘shilgan qullarga kimni boshliq etib tayinlaydi?
A) Jabroil ibnYahyo
B) Ziyod ibn Solih
C) Dovud
D) Mazdak
Arab zodagonlarining Abu Muslim harakatini qo‘llab quvvatlashdan maqsadlari qanday edi?
A) Payg‘ambar avlodini qo‘llab-quvvatlash
B) hokimiyatni yangi sulolaga olib berib, mamlakatda o‘z mavqelarini ko‘tarish
C) mahalliy mulkdorlarni hokimiyatdan chetlatish
D) davlatni mustaqil idora etish
Mahalliy mulkdorlarning Abu Muslim harakatini qo‘llab quvvatlashdan maqsadlari qanday edi?
A) siyosiy jihatdan arablar bilan tenglashish
B) mamlakatni mustaqil idora etish
C) hokimiyatni yangi sulolaga olib berib, mamlakatda o‘z mavqelarini ko‘tarish
D) A va B javoblar to‘g‘ri
Abu Muslim boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar qachon xalifalik poytaxtini egalladi?
A) 745-yil B) 746-yil
C) 749-yil D) 755-yil
748-yilning boshida …
A) Abu Muslim Xurosonning poytaxti Marv shahrini egallaydi
B) Abu Muslim boshliq qo‘zg‘olonchilar xalifalikning markaziy viloyatlari tomon yo‘l oladilar.
C) Arab xalifaligi taxtiga Abul Abbos Saffoh o‘tqazildi.
D) Buxoroda xalifalikka qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarildi.
23. O’sha yerda ishlayotgan dehqonlardan soliq yig’ib olish huquqi berilganyer egaligi?
A) Suyurg’ol B) Tanho
C) Mulki sultoniy D) vaqf yerlari
24. Barcha mulk shakllariga xos qatorni toping?
A) Yersiz kambag’al dehqonlar ijaraga ishlagan B) Soliq olingan
C) Yerlar o’gitlanmagan
D) Barcha yerlar sug’orilgan
25. Mamlakat iqtiodiyotini butunlay inqirozga tushib qolishidan saqlab turgan omilni aniqlang ?
A) Soliq
B) hunarmandchilik
C) Savdo-sotiq
D) Dehqonchilik
Do'stlaringiz bilan baham: |