O`zbekiston tarixi fanidan 2013-2014 o`quv yiliga mo`ljallangan amaliy mashg’ulotlar rejalari


– mavzu: IX – XII asrlarda O`rta Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan uyg`onish davri. Fan va madaniyatning yuksak ravnaqi. (2 soat)



Download 248,05 Kb.
bet22/55
Sana07.04.2021
Hajmi248,05 Kb.
#62946
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55
Bog'liq
ASOSIYSI O`zbekiston tarixi student

5 – mavzu: IX – XII asrlarda O`rta Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan uyg`onish davri. Fan va madaniyatning yuksak ravnaqi. (2 soat)
REJA:

  1. IX- XII asrlarO`rta Osiyoda madaniy yuksalishni ta`minlagan omillar shart-sharoitlar.

  2. Tabiiy va ijtimoiy fanlar rivoji. Al-Farg`oniy, Al-Farobiy , Ibn Sino.

  3. IX – XII asrlarda islom dini va so`fiylik.

  4. IX-XII asrlarda me`morchilik va san`at.

Arablar Xuroson, Movarounnahr va Xorazmni bosib olgach, hamma yerda bo`lgani kabi o`lkamizda ham qattiqqo`llik bilan yurtni arablashtirish siyosatini olib bordilar. O`lkada islom dini bilan bir qatorda arab tili, arab alifbosi ham joriy qilindi. Arab tili-davlat tili, islom dini tili va fan tili darajasiga ko`tarildi. Mahalliy tilde yozilgan asarlar yo`q qilindi, yerli bilimdonlar quvg`in ostiga olindi. Arab tili va islom dini bo`yicha mukammal bilim va malakaga ega bo`lganlar arab xalifaligining markaziy shaharlariga borib o`qishni odat tusiga, an`anaga aylantirdilar. Damashq, Qohira, Bag`dod, Kufa, Basra va boshqa shuning singari katta shaharlarda Movarounnahr va Xorazmdan borib fan, madaniyat taraqqiyotiga o`z hissasini qo`shgan avlod-ajdodlarimiz soni brogan sayin ko`payib bordi.

Xususan, bu borada Bog`dod shahri Sharqning ilm-ma`rifat markazi sifatida katta ahamiyat kasb etdi. IX asrda bu shaharda “Bayt-ul Hikma” (Donishmandlar uyi) – Sharqning fanlar akademiyasi tashkil etildi.

X asr oxirlarida Xorazmda ham podsho Ma`mun ibn Ma`mun davri (995-997)da “Donishmandlar uyi tashkil etildi”. Urganchda tashkil etilgan bu “Bayt-ul Hikma” – “Ma`mun akademiyasi” (Xorazm akademiyasi) deb nomlanadi.

Arablar istilosidan so`ng IX-XII asrlarda mahalliy hukmdorlar boshchiligida vujudga kelgan markazlashgan davlatlar davrida mamlakatda vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy-madaniy qulay vaziyat shunday muhitni yaratdiki, natijada bu mintaqada o`z qobiliyatlari, yorqin va betakror ijodlari, ulkan madaniy-ma`rifiy durdonalari bilan jahon madaniyati sivilizatsiyasi xazinasiga bebaho hissa qo`shgan ajoyib allomalar, fan va madaniyat sohiblari, olim-u donishmandlar, mumtoz adabiyot daholari kamolotga yetdilar. Bularning hammasi bizning milliy iftixorimiz, g`ururimiz va faxrimizdir.

Sahovati keng ona tuprog`imiz, O`zbekiston nomini faxr va g`urur his-tuyg`usi bilan uzoq-uzoq avlodlarga ko`zko`z qilishga arzigulik ulug` siymo va allomalardan biri Ahmad Farg`oniydir. Asli kindik qoni Farg`onada tomgan va IX asrda yashab ijod etgan vatandoshimiz haqida ma`lumot beruvchi tarjima hujjatlar deyarli yo`q. U asosan tabiiy fanlar: falakiyotshunoslik, matematika, geografiya kabi fanlar bo`yicha ijod qilgan. Ahmad Farg`oniyning oltita kitobi dunyoga ma`lum va mashhurdir. “Kitob Fi Usul ilm an-Nujum” (Falakiyot ilmining usullari haqida kitob). Bu risolaning asl qo`lyozmalari matni bir xil bo`lsada, besh nom ostida saqlanadi. Bu nodir qo`lyozmalar Angliya, Fransiya, AQSH, Marokash, Misr va Sank-Peterburgda saqlanmoqda.

Olimning “Al-Farg`oniy jadvallari”, “Usturlob bilan amal qilish haqidagi kitob” Hindistonda, “Oy, Yerning ostida va ustida bo`lganida vaqtni aniqlash risolasi”ning qo`lyozmasi Qohirada, “Yetti iqlim hibi” asarinin qo`lyozmasi Olmoniyada, “Usturlob yasash haqidagi kitob” qo`lyozmasining to`rtta nusxasi Berlin va Parijdadir.

Ahmad Farg`oniy bu asarlaridagi ilmiy kashfiyotlari bilan jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga ulkan va munosib hissa qo`shdi.

Sharq allomalarining yirik namoyondalaridan biri bo`lgan Abu Nasr ibn O`zlug` ibn Tarxon al-Farobiy Aris daryosining Sirdaryoga qo`yiladigan joyida, Shosh-hozirgi Toshkent shahridan 200-260 km shimoliy – g`arbda joylashgan Farob (O`tror) shahrida tavallud topgan. Farobiy ilmu urfon markazlari Buxoro, Samarqand va Bog`dod, Damashq shaharlarida yashab deyarli fanning barcha sohalarini egallab 160 dan ortiq asarlar ijod qilgan.

U yozgan “Aristotel”, Arastuning “Metafizika” asari maqsadlari haqida”, “Tirik mavjudod a`zolari haqida”, “Musiqa kitobi”, “Baxt saodatga erishuv haqida”, “Siyosat al-Madoniya”, “Fozil odamlar shahri”, “Masalalar mohiyati”, “Qonunlar haqida kitob”, “Tafakkur yuritish mazmuni haqida”, “Mantiqqa kirish haqida kitob”, “Falsafaning mohiyati haqida kitob” va boshqalar buyuk olimning ilm va dunyoqarash doirasining beqiyos darajada kengligi va chuqurligidan dalolat beradi.

Farobiyning ilmiy falsafiy merosi xalqimizning buyuk ma`naviy merosi sifatida asrlar osha avlodlar uchun ilhom va ijod manbai bo`lib xizmat qilaveradi.

Sharq dunyosining buyuk daho olimi Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog`ida tug`ilgan. Yoshligidan ilm-ma`rifatga qiziquvchi Ibn Sino fanning falsafa, mantiq, falakiyot, tibiiy va riyoziy ilmlar sohasini mufassal o`rgandi. Buyuk qomusiy olimdan bizgacha juda katta meros qolgan. Turli manbalarda ulug` mutafakkirning falsafa, mantiq, ruhshunoslik, adabiyotshunoslik, she`riyat, musiqa geologiya, mineralogiya, fizika, matematika, tibbiyot, falakiyot va fanning boshqa sohalariga oid 450 dan ortiq ilmiy asarlar qayd etiladi. Biroq, bizgacha Ibn Sinoning faqat 242 ta asari yetib kelgan.

Shundan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga, 43 tasi tabobatga, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi ruhshunoslikka, 23 tasi tibbiyot ilmiga, 7 tasi falakiyotga, 1 tasi riyoziyotga, 1 tasi musiqaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi odob ilmiga, 4 tasi adabiyotga, 8 tasi boshqa olimlar bilan bo`lgan yozishmalarga tegishlidir.

Uning falsafaga oid “Kitob ash shifo”, “Al ishorat va tanbihot”, “Donishnoma”; tabobatga oid shoh asari “Kitob al-Qonun fi-t-tib”; badiiy ijod bobidagi asarlari: “Qush risolasi”, “Salomon va Ibsol”, “Yusuf qissasi”, “Uyg`oq o`g`li Tirik” kabi bebaho ijod namunalari bizgacha yetib kelgan.


Download 248,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish