Toshkent Viloyati
Chirchiq Davlat Pedagogika Insituti
“Tarix va tillar” fakulteti
“Tarix o`qitish metodikasi” yo’nalishi
sirtqi 1-bosqich 19/1 guruh talabasi
Qosimov Qobiljonning
O’zbekiston tarixi fanidan
2 - uy vazifasi.
1. Salavkiylar davlatining tashkil topish jarayoni qanday omillar sababli vujudga kelgan?
Millodan avalgi 323-yilda Makedoniyalik Iskandarning vafoti dan so’ng, taxt vorisligiga davogar shaxs yo’q edi. Aleksandr vafotidan so’ng to’rt oy o’tgach uning xotini Roksana o’g’il farzand ko’radi. Unga Aleksandr deb ism qo’yadilar.Kichik Aleksandr sharqiy viloyatlar hukmdori etib tayinlanadi. Hukmdor hali yosh bo’lganligi sababli bu viloyatlarga rahbarlik qilish qo’mondonlardan Perdikka va Antipatr zimmasiga yuklanadi. Ammo toj-taxt uchun olib borilgan kurash yosh go’dakni ham omon qoldirmaydi.Taxt uchun kurashda Aleksandr lashkarboshlari o’rtasida kurash avj olib ketadi, Aleksandr lashkarboshilarining birontasi ham yorqin g’alabaga erisha olmaydi.Buning ustiga Aleksandr vafotidan habar topgan xalqlar ozodlik kurashiga otlanadilar. Natijada miloddan avvalgi 301-yilda Frigiyaning Ips deb atalgan joyida Aleksandr lashkarboshlari o’rtasida yuz bergan qonli janglar oqibatida Aleksandr saltanati uch mustaqil davlatlarga bo’linib ketdi: Misr, Makedoniya va Suriya ya’ni Salavkiylar davlatiga bo’linib ketdi. Makedoniya IV asrning oxiri, III asrning o’rtalarida Baqtriyada Makedoniyalik Iskandarning eng ishonchli sarkardalaridan biri Salavka asos solgan Salavkiylar davlati tarkibiga kirar edi. Millodan avvalgi 312-yilda Salavka atrofidagi sarkardalar bilan qattiq kurash olib borib, Vaviloniyaga ega bo’ldi, va shu yili Bobilni bosib olib, Bobilda o’z hukmronligini mustahkamlab, Bobil davlati hukmdori bo’ldi. Shundan so’ng Salavka sharqiy satrapliklarni ham egallaydi. U tez orada o’z yerlarini Sirdaryo va Hind daryolari qadar kengaytirdi. Bu masalada Salavka bilan Nikanor o’rtasida kurash kuchayadi.Nikanor, birinchi jangdayoq mag’lubiyatga uchraydi. Salavka miloddan avvalgi 311-302-yillarda boshqa satraplar bilan jang olib boradi va sharqda o’z hukmronligini mustahkamlaydi. U bir necha yil davomida urushlar olib borib, davlat chegaralarini G’arbga va Sharqga tomon kengaytirib E’ron va Markaziy Osiyo xududlarini ham bosib olishga erishdi. Salavka davlati tarkibiga Mesopotamiya, Eron, Parfiya, Baqtriya, So’g’diyona, Marg’iyona kirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |