15. Salavkiylar va Yunon–Baqtriya davlatlarining O’rta Osiyo xalqlari hayotida tutgan o’rnini, o’xshahshlik tomonlarini qiyosiy tahlil asosida ko’rsatib berung.
Yunon-Baqtriya podsholigi Hindiston va Oʻrta Osiyo hududlarini oʻzaro bogʻlovchi hamda Xitoydan Badaxshon orqali Fors koʻrfaziga olib chiquvchi savdo yoʻllarini nazorat qilib, xalqaro iqtisodiysavdo aloqalarida faol ishtirok etgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan koʻplab tangalar tovarpul munosabatlari rivojlanganligini koʻrsatadi. Tangalar yunon standartlari asosida kumush va jezdan quyilgan. Tangalarda (tetradraxma, draxma, obol va boshqalar) hukmdorlar qiyofasi yuksak did va aniqlik bilan tasvirlangan. Diodot (mil. av. 250—230), Yevtidem (mil. av. 230 —200), Demetriy (mil. av. 200185), Yevkradit (mil. av. 185171), Geliokl (mil. av. 171—155) va boshqalar hukmdorlari maʼlum. Bitta nom bilan davlatni boshqargan hukmdorlar (mas, Diodot 1P, Yevkradit 1 —II) ham boʻlgan. Mil. av. 3-asr oxiri —2-asrning 1-yarmi davlatning eng rivojlangan davri hisoblanadi. Mil. av. 2-asr oʻrtalaridan boshlab ichki nizolar kuchayib, inqiroz davri boshlanadi. Mamlakat alohida viloyatlarga boʻlinib, mahalliy hokimlar (Antimax, Menandr, Appolodot va boshqalar)oʻz nomidan tangalar zarb qilishgan.Yunon-Baqtriya podsholigi mil. av. 140—135 yillarda sak va yuyechji qabilalari tomonidan butunlay tugatilgan.
Salavk I mil. av. 293 yilda oʻgʻli Antiox I ni Oʻrta Osiyo yerlariga hokim etib tayinlaydi. Oʻrta Osiyoning bir qancha muhim siyosiy va ijtimoiyiqtisodiy voqealari Salavk I, ayniqsa, Antiox I hukmronligi bilan bogʻliq. Bu davrda Baqtriya hayotida dastlabki tangalar — oltin, kumush, mis draxma va tetradraxmalar zarb qilina boshlanadi. Salavkiylar davriga oid tangalar Termiz, Taxti Sangin, Denov, Kampirtepa, Afrosiyobdan topilgan. Salavkiylar davlati markazidan chetda boʻlishiga qaramay, Oʻrta Osiyo ushbu davlatning eng muhim qismi boʻlib, harbiystrategik va iqtisodiy ahamiyatga ega edi. Oʻrta Osiyo boʻylab oʻtgan savdo yoʻllari boʻyida shaharlar va qishloklar qurdirilgani bejiz emas. Maʼmuriy boshqaruv jihatdan davlat satrapiyalarga (manbalar 20—30 ta dan 72 tagacha satrapiya boʻlganligi haqida maʼlumot beradi) va nisbatan kichik hududiy birlashmalar — eparxiya, gipparxiya, tonarxiyalarga boʻlingan. Yunon hokimlari va ular atrofida toʻplangan yunon zodagonlar bilan birga mahalliy zodagonlar ham hokimlik qilar edilar. Salavkiylar hokimiyati, avvalo, Oʻrta Osiyodagi harbiy manzilgohlarda joylashgan harbiy kuchlarga tayanar edi. Mil av. 3-asrning oʻrtalariga kelib Salavkiylar davlatida hokimiyat uchun oʻzaro kurashlar avj olib ketadi. Bu esa Oʻrta Osiyoda Salavkiylar hokimiyatining barham topishiga olib keldi
Do'stlaringiz bilan baham: |