Oʻzbekiston tarixi Eramizdan oldin



Download 440,85 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.02.2020
Hajmi440,85 Kb.
#40305
Bog'liq
Oʻzbekiston tarixi - Vikipediya


B…

Qidir


Oʻzbekiston tarixi

[1]


Bu maqolada manbalar  

  teglariga olinmagan, yoki

Ko‘proq o‘rganish



 Oʻzbekiston tarixi

Eramizdan oldin

Tarixiy Markaziy Osiyo

Andronovo madaniyati (e.a. 

XVII


IX

)



Baqtriya-Margʻiyona arxeologik kompleksi

 (e.a.


XXIII

XVIII



)

Skiflar (saklar, massagetlar, dahlar) (e.a. XVIII—

IV

)

Xorazm (e.a. 



VIII

—e.a. VI asr)

Sugʻdiyona (—e.a. VI asr)

Choch (—


e.a. III asr

)

Fargʻona (—e.a. VI asr)



Baqtriya (

VIII


—e.a. VI asr)

Margʻiyona (—e.a. VI asr)



Fors bosqini (e.a. 558—330)

 Ahamoniylar imperiyasi (558—e.a. 330)



Yunon bosqini (e.a. 334—125)

Aleksandr Makedonskiy imperiyasi (e.a. 334 —

e.a. 146)

Salavkiylar davlati (312—e.a. 64)

Yunon-Baqtriya podsholigi (e.a. 250—125)

Turkiy davlatlar (

e.a. II

1055)

Hind-skif podsholigi

 (

e.a. II


IV

 asrlar)



Qangʻ davlati (

e.a. III asr

 — V a.lar yarmi)

Davan (


e.a. II asr

 — 


I asr

)

Parfiya podsholigi (e.a. 250 — 224)



Bizning era

Kushon podsholigi (I — III aa.)

Ustrushona (IV — V aa.)

Xioniylar davlati (IV — V aa.)

Kidariylar davlati (IV — V aa.)

Eftaliylar davlati

 (IV — VI aa.)


Turk xoqonligi (552—603)

Gʻarbiy xoqonlik

 (603—698)

Turkash xoqonligi (698—766)

Oʻgʻuz davlati

 (750—1055)

Qarluq xoqonligi

 (766—940)



Fors bosqini (224—652)

Sosoniylar davlati (224—652)



Islom bosqini (661—750)

 Umaviylar xalifaligi (661—750)

 Abbosiylar xalifaligi (750—1258)

 Toxiriylar amirligi (821—873)

 Safforiylar amirligi (861—1003)

 Somoniylar amirligi (875—999)



Turkiy davlatlar (1005—1221)

 Gʻaznaviylar davlati (963—1187)

Qoraxoniylar davlati (840—1040)

Gʻarbiy Qoraxoniylar xonligi

 (1040—1212)


Sharqiy Qoraxoniylar xonligi

 (1042—1212)

Saljuqiylar davlati (1037—1194)

Xorazmshohlar davlati (1077—1231)



Moʻgʻullar istilosi (1141—1269)

Qoraxitoylar davlati (1141—1212)

Moʻgʻullar davlati (1206—1291)

Chigʻatoy ulusi (1224—1340)

Oltin Oʻrda (1224—1481)

Gʻarbiy Chigʻatoy ulusi

 (1340—1370)

Moʻgʻuliston (Sharqiy Chigʻatoy ulusi) (1346—

1706)

Amir Temur davlati va Temuriylar davlati



(1370—1500)

Oʻzbek ulusi (1428—1468)

Shayboniylar davlati (1507—1598)

Buxoro xonligi (1500—1785)

Xiva xonligi (1512—1920)

Moʻgʻuliya

 (1514—1679)

Qoʻqon xonligi (1709—1876)



Toshkent davlati

 (1784—1809)

 Buxoro amirligi (1785—1920)

Qunduz xonligi (1800—1850)



Rossiya imperiyasi ekspansiyasi

(1853—1920)

Turkiston muxtoriyati (1917—1918)

Muvaqqat Fargʻona hukumati (1919—1920)

Sovet davri (1920—1991)

 Turkiston ASSR (1918—1924)

 Buxoro XSR (1920—1924)

 Xorazm XSR (1920—1924)

 Oʻzbek SSR (1924—1991)

 Oʻzbekiston Respublikasi (1991-

yildan)

«Oʻzbekiston» portali


1. 

Qadimgi Xorazm

2. Qadimgi Baqtriya

3. Oʻrta Osiyo (eneolit va bronza davri)

4. 

Oʻrta Osiyo (Makedoniyalik Iskandar



yurishi)

5. Salavkiylar davlati

6. Yunon-Baqtriya podsholigi

7. Kangyuy

8. Kushonlar davlati

9. 


Eftaliylar davlati

Tarix


10. Turk xoqonligi

11. Soʻgʻd

12. Oʻrta Osiyo (arab istilosi)

13. Somoniylar davlati

14. Qoraxoniylar davlati

15. Xorazmshohlar davlati

16. Oʻrta Osiyo (Chingizxon istilosi)

17. Amir Temur davlati

18. Temuriylar davlati

19. Shayboniylar davlati

20. Xiva xonligi

21. Qoʻqon xonligi



22. Buxoro amirligi

23. Oʻrta Osiyo (Rossiya tomonidan zabt

etilish)

Qadimdan Oʻzbekiston hududida

koʻchmanchi eroniy qabilalar yashab

kelganlar. VII asrda ular arablar istilosiga

uchraydilar.

Sulolalar

Qadimgi davr

Qoraxoniylar davlati



Asosiy maqola: Qoraxoniylar.

X asrda Xitoy hududidan oʻzbeklarning

ajdodlari — Qoraxoniylar sulolasini tashkil

qilgan qarluqlar kirib keladi. Markazi

Samarqand shahri boʻlgan Qoraxoniylar

davlati Xorazmshoh Muhammad

tomonidan 1212-yilda tugatiladi.

[2]


1219-yilda Oʻzbekiston hududiga

Chingizxonning moʻgʻul armiyasi kirib

keladi. Oʻzbekiston hududi 

Moʻgʻullar

Moʻgʻullar imperiyasi

tarkibida



imperiyasining

 Chigʻatoy ulusi tarkibiga

kiradi.

Asosiy maqola: Temuriylar.

1370-yilda Amir Temur markazi

Samarqand shahrida boʻlgan mustaqil

Temuriylar



Temuriylar davlati bayrogʻi

davlat yaratgani haqida eʼlon qiladi. U

Oltin Oʻrda, Hindiston, Turkiyaga bir necha

muvaffaqiyatli yurishlar qiladi.

Asosiy maqola: Buxoro xonligi.

Buxoro amirligi (1500—

1920)

1920-yil 1-sentabrgacha boʻlgan Buxoro amirligining

bayrogʻi


1500-yilda Oʻzbekiston hududiga Oltin

Oʻrda tarafidan Shayboniyxon



Buxoro Xalq Sovet Respublikasining bayrogʻi (1921-

yil 23 sentabrdan 1923-yil 11 oktabrgacha)

Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasining bayrogʻi

(1924-yil 18 sentabrdan 1925-yil 22 iyulgacha)

boshchiligidagi turk-qipchoqlar bostirib

kirib, Buxoro va Samarqandni ishgʻol

qiladilar. Oltin Oʻrda islomni Oʻzbekxon

davrida qabul qilgani tufayli ular

musulomon boʻlib, oʻzlarini Oʻzbekxon

sharafiga oʻzbeklar deb atay

boshlaydilar. Shayboniyxon yangi

oʻzbek davlatini yaratib, Buxoroni ushbu

davlatning poytaxti qiladi.

1709-yilda Fargʻona vodiysida Buxoro

xonligidan ajralib chiqqan Qoʻqon

xonligi vujudga keladi.



1868-yili Rossiya Qoʻqon xonligini

ishgʻol qiladi va Buxoro xonligi ustidan

protektorat oʻrnatadi.

Taxminan 1500-yillarda Oks (Amudaryo)

daryosining shimoliy qismidan yangi

istilochilar bostirib kelishdi. Mahalliy

hukmdorlarning oʻzaro nizolaridan

foydalangan Shayboniyxon

boshchiligidagi turk-moʻngʻul qabilalari

avvaliga Movarounnahrni, soʻngra butun

Xurosonni boʻysundirdilar. Soʻnggi

Temuriylarning taxtdan agʻdarilishi va

koʻchmanchi oʻzbeklarning bostirib kelishi


oqibatida Movarounnahr avvalgi siyosiy

salohiyatini yoʻqota boshladi; oqibatda

mamlakat siyosiy jihatdan tez quladi va

markazlashgan davlatdan anchagina

kuchsiz Buxoro xonligiga aylana bordi.

Shayboniylar (1510—1597) va

Ashtarxoniylar (1597—1737) davrlarida

Buxoro xonligi tarixi toj-taxt uchun forslar

va Xorazm bilan kechgan koʻplab

nizolarga guvoh boʻldi. Shayboniylar

sulolasi vakillaridan mamlakatning

gullab-yashnashi va xalqning baxtini

oʻylagan Abdullaxon II alohida ajralib


turgan. Oʻzining qirq yildan ortiq

hukmronligi davrida u koʻplab taʼlim

markazlari, masjidlar, hammomlar,

karvonsaroylar va koʻpriklar qurdirdi,

xonlikning markaziy shaharlarida

xushhavo bogʻlar barpo ettirdi, ibtidoiy

pochta aloqasini yoʻlga qoʻydi,

dehqonchilik, savdo-sotiq va ilm-fan

homiysi sifatida tarixga kirdi. Bugungi

Buxoroda Abdullaxon nomi haligacha

tillarda doston; Buxorodagi deyarli

barcha tarixiy obidalar buxoroliklarga bu

hukmdorning oʻta sahiyligi va serjilo


sanʼatga oshuftaligini eslatib turadi.

Shayboniylar hukmroniligi davrida ulamo

mullalar va xudojoʻylar davlat ishlarida

faol ishtirok etganlar, buning oqibati

oʻlaroq Buxoro madrasalarida asosan

diniy fanlar oʻqitilgan.

Ashtarxoniylar sulolasidan keyin oʻlkada

Mangʻitlar sulolasi (Chingizxonning oʻgʻli

Joʻji avlodlaridan) hukmronligi davri

boshlandi, ular Buxoroni 1920-yilga qadar

boshqarganlar.

Xiva xonligi (1598—1919)



Asosiy maqola: Xiva xonligi.

1917-yilgacha boʻlgan Xiva xonligining bayrogʻi

Xorazm SSRning bayrogʻi (1923-yil 23 oktabrdan

1924-yil 2 oktabrgacha)

1598-yil Urganch (qadimda Gurganj deb

atalgan)ni suv bilan taʼminlaydigan

Amudaryo oʻz oʻzanini oʻzgartirishi

oqibatida saltanat poytaxti Xivaga

koʻchirildi. Oʻsha sanadan boshlab

mamlakat Xiva xonligi deb atala

boshladi.

Amudaryo xonlik hududidan oqib oʻtib,

Kaspiy dengiziga quyilardi, natijada

kishilarni suv bilan taʼminlabgina qolmay,

hududni suv yoʻli orqali Ovrupo bilan

bogʻlardi. Asrlar davomida daryo oʻz

oʻzanini bir necha marta oʻzgartirgan. 16-


asrning oxirlarida roʻy bergan

Amudaryoning oxirgi burilishi Gurganj

shahrini xarobaga aylantirgan. Hozirgi

Xiva shahridan 150 km uzoqlikda

joylashgan, Koʻhna Urganch aholi

yashash punkti yaqinida (hozirgi

Turkmaniston hududida) qadimgi

poytaxtning xarobalari joylashgan.

Poytaxtni yangi joyga koʻchirishga majbur

boʻlganlarida, bu shubhasiz, Xorazm

tarixidagi eng ogʻir davrlardan biri

boʻlgan. Ammo vaqt oʻtishi bilan xonlik

yana gullab-yashnadi va qisqa vaqt


ichida Xiva Islom olamining maʼnaviy

markazlaridan biriga aylandi.

Demak, 1598-yil Xiva shahri xonlikning

poytaxtiga aylandi, bu 10 asrlik tarixga

ega kichikroq, ammo mustahkam

shaharcha edi. Afsonalarga koʻra, bu

shahar suvi oʻzgacha taʼmga ega boʻlgan

Xeyvak


 qudugʻi atrofida shakllangan,

quduqni esa Nuh (s.a.v.)ning oʻgʻli

Simning buyrugʻiga koʻra qazishgan.

Ichanqalʼa

 (Xiva shahrining ichki qismi)da

hozir ham bu quduqni koʻrish mumkin.



1873-yil Rusiya Xiva xonligining bir

qismini anneksiya qildi (bunga asosiy

sabab esa, turkman bosmachilari

dexqonlarni oʻgʻirlab, Xiva va Buxoroning

bozorlarida qul sifatida sotishgan, Xivada

olib borilayotgan qul savdolari janubiy

Rusiyaning xavotiriga sabab boʻlgan).

Asosiy maqola: Qoʻqon xonligi.

Qoʻqon xonligi (1709—1876)



Xonlikka 1709-yil Shayboniy 

Shoxrux II

tomonidan asos solingan. U minglar

urugʻidan boʻlib, kelib chiqishi

Temuriylarga borib taqaladi.

Ogʻzaki maʼlumotlarga koʻra, Amir

Temurning avlodi shoh Bobur

Samarqanddan Hindistonga ketar chogʻi



Qo'qon muhtoriyatining bayrogʻi (

1917-yil

 12

dekabrdan 

1918-yil

 18 fevralga qadar)

Fargʻona vodiysi orqali oʻtayotganda,

uning xotinlaridan biri farzandi bilan

Xoʻjand va Konibodom oraligʻidagi yoʻlda

qolishga ruxsat olgan, 

Oltin-beshik

 deb


ism qoʻyilgan bu bolani (1545-yil)

koʻchmanchi Ming urugʻi oʻz qaramogʻiga

olgan (sulola nomi ham shundan kelib

chiqqan). Oltin-beshik biy deb eʼlon

qilingan va 

Axsi


 shahrida yashay

boshlagan. Biy unvoni meros sifatida

uning avlodlariga ham oʻtgan. Uning

avlodlaridan biri 

Abduraim

 Diqantoʻda

qishlogʻiga koʻchib oʻtdi va taxminan


1732-yil Qoʻqon shahriga asos soldi.

Shahar avvaliga Eskiqoʻrgʻon, keyinchalik

Qalʼai Raimboy deb nomlangan.

Abduraim Buxorodagi ichki nizolardan

foydalanib, u yerga hujum uyushtiradi,

Samarqandga qarovchi baʼzi qishloqlarni,

Kattaqoʻrgʻonni egallab, Shahrisabzgacha

boradi, lekin, u yerning hokimi bilan sulh

tuzadi va hokimning jiyaniga uylanib

Xoʻjandga qaytadi, oxir-oqibatda taxm

1740-yilda oʻz qoʻl ostidagilardan biri

tomonidan oʻldiriladi. Bundan tashqari

fors shohi Nodirshox 1740-yil Buxoroni


boʻysundirib, qoʻqonliklarni

Samarqanddan quvib yuboradi.

Abduraimning ukasi 

Abdukarimbiy

endigina Qoʻqon deb atala boshlagan

(1740) Eskiqoʻrgʻonga koʻchib oʻtadi

(Aslida esa, "Qoʻqon shahri" atamasi

anchagina qadimiy boʻlib, u haqda 10-

asrda arab sayyohlari Istaxriy va Ibn

Havqal Axsi shaharchasi va Shosh

daryosi (Sirdaryo) yaqinida joylashgani

haqida yozishgan, yaʼni bu joy hozirgi

Qoʻqonning oʻrnidadir. Demak, shaharga

"asos solganlar" unda shunchaki oʻrda



(saroy) qurishgan va qalʼa devorlari bilan

oʻrab olishgan, degan taxminlar ham yoʻq

emas).

Abdulkarim va Norboʻtabiy zamonlarida



xonlik hududi kengaydi. Shuni ham

taʼkidlash joizki, 1774-1798-yillar

oraligʻida Abdulkarim ham, Norboʻtabiy

ham Xitoyga boj toʻlab turganlar.

Norboʻtabiyning oʻgʻli Olimxon togʻda

yashovchi tojik qavmlarining koʻmagi

bilan Fargʻona vodiysining gʻarbiy qismini

oʻziga boʻysundirdi, Xoʻjand (hozirgi



Leninobod), Toshkent shular

jumlasidandir. 1809-yil u oʻz ukasi

Umarxon tomonidan oʻldiriladi. 1821-yil

Umarxonning 12 yoshli oʻgʻli

Muhammadali

 (

Madalixon



) taxtga

oʻtiradi. Uning hukmronlik davrida

xonlikning hududi anchagina kengaydi.

Xonlik oʻziga shimoliy Qirgʻiziston va

janubiy Qozogʻiston hududlarini qoʻshib

oldi. Bu yerlarni boshqarish uchun 1825-

yil 

Pishpak


 va Toʻqmoq qalʼalari barpo

etildi.


1842-yil Вuxoro amiri Nasrullaxon Qoʻqon

xonligiga bostirib kirdi. Shu yillarda

Madalixonning jiyani Sheralixon isyon

koʻtaradi, bu isyon keyinchalik fuqarolar

urushiga va etnik nizolarga sabab boʻladi.

1845-1858-yillarda (va yana 1865-yil)

taxtga Sheralixonning oʻgʻli Xudoyorxon

oʻtiradi.

1855-yildan boshlab mahalliy

hokimlarning oʻzboshimchaligi va

zulmlaridan charchagan qirgʻiz va qozoq

qavmlari ruslar tarafga ogʻa boshlaydilar.

Oqibatda xonlikning Rusiya harbiylari


bilan bir necha marta qurolli

toʻqnashuvlari yuzaga keladi. 1866-yil

Rusiya imperiyasi Toshkentni, keyingi yil

Xoʻjandni egallaydi. Bu vaqtda Toshkent

begi Yoqubbek Xitoy tazyiqidan vaqtincha

ozod boʻlgan Qashqarga qochib ketadi.

1868-yilgi Rusiya bilan savdo kelishuvlari

Qoʻqon xonligini iqtisodiy jihatdan Rusiya

iqtisodiga qaram qilib qoʻyadi. 1873-

1876-yillarda Xudoyorxonning ichki

siyosatidan norozi boʻlgan xalq gʻalayon

koʻtaradi. Qoʻzgʻolonni oʻzini taxt vorisi

deb eʼlon qilgan Poʻlatxon boshqaradi.


Isyonchilar avvaliga Rusiyadan yordam

kutishadi, ammo Rusiya ularga yordam

qoʻlini choʻzishdan bosh tortadi. Bundan

ranjigan Poʻlatxon 1875-yil taxtni

egallagach, Rusiyaga qarshi siyosat

yuritadi, Natijada 1876-yil martida Rusiya

imperiyasining generallari 

Kaufman


 va

Skobelev ham harbiy kuch tashlab,

qonuniy xonni himoya qilish bahonasida

Qoʻqonni qamal qilishadi. Poʻlatxon tutib,

qatl qilinadi, Qoʻqon xonligi tugatiladi.

Sobiq Qoʻqon xonligining yerlari Rusiya



Turkistonining Fargʻona viloyati

tasarrufiga oʻtadi.



Asosiy maqola: Oʻzbekiston Sovet

Sotsialistik Respublikasi.

1917-yil 7- dan 8-noyabrga oʻtar kechasi

Petrogradda

 

Ulugʻ Oktabr inqilobi



 nomi

Oʻzbekiston SSSR tarkibida



Turkiston ASSR bayrogʻi (

1919

-

1921-yillar

)

bilan tarixga kirgan qoʻzgʻolon

uyushtirildi. Shu kech poytaxti Moskva

shahri boʻlgan 

Rossiya Sovet Sotsialistik

Federativ Respublikasi

 (RSFSR) tuzildi.

Turkiston General Gubernatorligi

 oʻrnida


RSFSR tarkibidagi 

Turkiston Muxtor Sovet

Sotsialistik Respublikasi

 (Turkiston

Muxtoriyati) tuzildi. Sobiq Rusiya

imperiyasi protektoratlari hisoblangan

Xiva xonligi va Buxoro amirligi vaqtincha

mustaqil boʻlib qoldilar.

Fuqarolar urushi davrida bolsheviklar

Sobiq Rossiya Imperiyasi hududlari



ustidan oʻz hukmronliklarini oʻrnatib

bordilar va barcha frontlarda intervensiya

kuchlariga qarshi (yaʼni Angliya, Fransiya,

Polsha, Turkiya, AQSH, Yaponiya va b.

koʻplab mamlakatlar) kurash olib bordilar.

1919-yil iyunida Oʻrta Osiyoga 

Budyonniy

boshchiligidagi otliq askarlar korpusi

yuboriladi. Uning qoʻshini tinch xalq

ustiga qurol bilan bostirib kelib, Qoʻqon,

Buxoro va Xiva shaharlarini egallaydi.

Buning oqibatida yuzaga kelgan ozodlik

harakati qatnashchilarini 

„bosmachilar“

deb ayblaydilar.


1920-yil fevral oyida Qizil armiya yordami

bilan Xiva xonligi va Buxoro amirligi

hududlarida Xorazm va Buxoro Xalq

Sovet Respublikalari tuzildi. Lekin oddiy

xalq orasida shoʻrolar hukumatiga bosh

egishni istamaydigan kuchlar ham

saqlanib qolgandi. Milliy ozodlik

kurashlari tinchib ketmadi. Hattoki

Budyonniy suvoriylari ham bosmachilarni

tutishga qiynalishardi, chunki ular tezda

tarqab, oddiy xalq orasiga birikib ketardi.

Shunda budyonniychilar qishloqlardagi

barcha erkaklarni boshini tanasidan judo


qila boshladilar, natijada oddiy xalq

yordami bilan 1922-yil bosmachilarning

asosiy qismi tutib qatl qilindi.

Bosmachilar bilan kurash 1933-yilga kelib

tamomila tugadi.

1920-yil 26-avgustda Turkiston

muxtoriyatining Sirdaryo va Yettisuv

qismlarida RSFSR qaramogʻidagi

Qirgʻiziston ASSR

 (Qirgʻiziston

Muxtoriyati) tashkil qilindi.

1922-yil dekabrida Ukraina va Belarus

Shoʻro qurultoylari RSFSR bilan ittifoq


tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qildilar. Koʻp

oʻtmay ularga Kavkazorti SFSR ham

qoʻshildi.

1924-yil sentabrida Xorazm va Buxoro

Xalq Sovet Respublikalari sotsialistik

respublikalarga aylantirildi, lekin bir oy

oʻtib, Oʻzbekiston va Turkmaniston Sovet

Sotsialistik Respublikalari tashkil etilishi

munosabati bilan chegaraviy

boʻlinishlarga uchrab, viloyat maqomini

oldilar.


1923-yildan 1929-yilgacha guberniyalar

oʻrnida oʻlkalar va viloyatlar (SSJI davrida

yozilgan barcha oʻzbek tilidagi rasmiy

hujjatlarda „viloyat“ soʻzi „oblast“ tarzida,

„tuman“ soʻzi „rayon“ tarzida uchraydi),

volostlar va uyezdlar oʻrniga tumanlar

tashkil qilindi. Boshqaruv ishini

yengillashtirish maqsadida viloyatlar

muntazam ravishda boʻlinib borildi. Oʻrta

Osiyodagi respublikalar ham milliy yoki

diniy qarashlardan kelib chiqib boʻlindi.

1923-yil SSJI tarkibiga Xorazm va Buxoro

Xalq Sovet Respublikalari qoʻshildilar


(SSR sifatida).

1924-yil 14-oktabrda 

Buxoro SSR

tarkibida 

Tojikiston ASSR

 tuzildi va

Qirg'iziston ASSR

 tarkibidan 

Qora-Qirg'iz

avtonom oblasti

 ajratildi.

 

Oʻzbekiston SSR bayrogʻi (1952-yil 29 avgustdan



1991-yil 18 noyabrgacha)

1924-yil 27-oktabrda rasman Oʻzbekiston

SSR va Turkmaniston SSR tuzildi.

Oʻzbekiston SSR tarkibiga Buxoro SSR

(Tojikiston ASSR bilan birga) va boʻlib

yuborilgan Xorazm SSRning uchdan bir

qism hududi qoʻshildi, qolgan qismlardan

biriga Qirgʻiziston ASSR tarkibiga kiruvchi

Qoraqalpog'iston AO

 tuzildi, qolgan

uchinchi qism hududda Turkmaniston

SSR tashkil etildi.

Shu tariqa Oʻzbekiston ittifoqdosh

respublika maqomida SSJI tarkibiga

qoʻshildi, Oʻzbekiston SSRning birinchi



poytaxti 1924-yilda Samarqand shahri

boʻldi. 1930-yilda poytaxt Toshkent

shahriga koʻchirildi.

1926-yil 1 fevralda Qirgʻiziston ASSR

Qozogʻiston ASSRga

 oʻzgartirildi va Qora-

Qirgʻiz AO uning tarkibidan ajratib olinib,

oʻrniga Qirgʻiziston ASSR tuzildi.

1929-yil 16 oktabrda Oʻzbekiston SSR

tarkibidan 

Tojikiston ASSR

 ajratib olindi

va oʻrniga Tojikiston SSR tuzildi.

Tojikiston SSR 1929-yilning 5 dekabrida

SSJI tarkibiga qoʻshildi.


1936-yilning 5 dekabrida 

Qirgʻiziston

ASSR

 va 


Qozogʻiston ASSR

 rasman


RSFSR tarkibidan ajratilib, Sovet

Sotsialistik Jumhuriyatlar Ittifoqiga SSR

sifatida qoʻshildi, 

Qoraqalpogʻiston AO

esa, Avtonom SSR sifatida Oʻzbekiston

SSR tarkibiga kirdi.

Oʻzbekiston SSR tuzilgan sanadan

boshlab, 1925-yil fevral oʻrtalarigacha

SSSR tarkibida Oʻzbekiston

hukumati boshliqlari



rasman respublika boshligʻi Fayzulla

Xo'jayev boʻlgan. (1896 — 15.03.1937).

1925-yil 17 fevraldan 

Yo'ldosh


Oxunboboyev

 (01 (13).07.1885 —

28.02.1943) Oʻzbekiston SSR Markaziy

Ijroqoʻmi Raisi (1938-yil 21 iyuldan

Oʻzbekiston SSR Oliy Sovet Prezidiumi

Raisi) etib tayinlandi va umrining

oxirigacha mazkur lavozimda qoldi

1938-yilning 19-dan to 21 may

sanasigacha Oʻzbekiston SSR Oliy Sovet

Prezidiumi Raisi lavozimida vaqtinchalik



Usmon Yusupovich Yusupov

(01.03.1900 — 07.05.1966) boʻldi.

1943-yil 22 martdan 1947-yil 14

martgacha Prezidium Raisi 

Abduvali

Mo'minov


 boʻldi.

1947-yil 17 martdan [[1950|1950-yil 21

avgustga qadar OʻzSSR Prezidiumi Raisi

lavozimida Amin Ermatovich Niyozov

(1903-1973) ish yuritdi.

1950-yil 21 avgustdan OʻzSSR Raisligiga

Sharof Rashidovich Rashidov (24.10

(06.11).1917 — 31.10.1983) tayinlandi va



umrining oxirigacha oʻz lavozimida qoldi.

Ammo, shuni ham taʼkidlash joizki,

rasman respublika boshliqlari 1959-

yildan to 1970-yilgacha Yodgor

Sodiqovna Nasriddinova (26.12.1920),

1970-78-yillarda Nazar Matkarimovich

Matchonov (01.01.1923), 1978-83-

yillarda 

Inomjon Buzrukovich

Usmonxoʻjayev

 (21.05.1930) boʻlishgan.

Rasmiy Moskva tomonidan uyushtirilgan,

Gdlyan va Ivanovlar tomonidan olib

borilgan „tozalash ishlari“ natijasida



mamlakatning keyingi boshliqlari tez-tez

almashtirib turildi.

21.12.1983 — 09.12.1986 Oqil

Umrzoqovich Salimov (1928)

09.12.1986 — 09.04.1988 Rafiq

Nishonovich Nishonov (15.01.1926)

09.04.1988 — 06.03.1989 

Poʻlat


Qirgʻizboyevich Habibullayev

(14.10.1936)

06.03.1989 — 24.03.1990 Mirzaolim

Ibragimovich Ibragimov (1928)



1990-yil 24 martda Oʻzbekiston SSR

prezidenti lavozimiga tantanali ravishda

Islom Abdugʻaniyevich Karimov keldi va

oʻzbek xalqini yangi gʻoya — mustaqillik

sari intilishga undadi. 

[3]


Mustaqil Oʻzbekiston

 

Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi (1991-yil 18



noyabrdan)

1991-yil SSJI boʻlinib ketishi oqibatida

mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi

vujudga keldi. Islom Karimov Oʻzbekiston

Respublikasining prezidenti etib saylandi.

Turli islomiy radikallar jumhuriyat

tepasiga chiqishga urinib koʻrishdi, ammo

barcha harakatlari besamar ketdi, 1999-

yil ushbu radikallar terroristik harakatlarni

boshlashdi. Respublika rahbarining

oqilona harakatlari natijasida koʻplab

teraktlarning oldi olindi.

Manbalar


1. Ilmiy-tarixiy jurnal haqida bu yerda

qarang — Oʻzbekiston tarixi (jurnal)

2. https://tarix.uz/ozbekiston-



tarixi/ozbek-davlatchiligining-

shakllanishi/?lang=uz

3. http://www.tarix.uz/buyuk-



shaxslar/ozbekiston-hukmdorlari/

O'zbekiston Xukumdorlari

"

https://uz.wikipedia.org/w/index



.php?

  So‘nggi tahrir 1 oy avval Malikxan tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


title=O zbekiston_tarixi&oldid=20

74355


" dan olindi 

Download 440,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish