O’zbekiston tarixi bo’yicha ma’lumotlar Ibtidoiy jamoa tuzumi


ilk → mil.avv. 1 mln. – 100 ming yil . o‘rta



Download 39,07 Kb.
bet3/18
Sana08.01.2021
Hajmi39,07 Kb.
#55176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
6 umumtarix

ilk → mil.avv. 1 mln. – 100 ming yil

. o‘rta → mil.avv. 100 – 40 ming yil.



so‘nggi → mil.avv. 40 –12 ming yil.

Yer yuzidagi dastlabki odamlar qaddi-qomatini tik tutib yurgani, mehnat qurollarini yasash va ularni ishlatishni bilgani uchun hayvonot dunyosidan farqlanib turishgan. Olimlar turli mintaqalardan o‘ta sodda tosh mehnat qurollari ya sashni biladigan eng qadimgi odam suyaklari qoldiqlarini topib o‘rganganlar, jumladan, Janubiy Afrikadan – avstralopitek, Sharqiy Afrikadagi Zinj vodiysidan – zinjantrop, Yava orolidan (Indoneziya) – pitekantrop, Xitoy hududidan – sinantrop, shuningdek, Germaniyadan – neandertal va Fransiyadagi Kromanyon g‘oridan – hozirgi qiyofadagi odam – kromanyon suyaklari topilgan. Ilk paleolitning oxirlariga kelib Buyuk muzlik davri boshlandi. O‘rta Osiyoda toshdan yasalgan qadimiy mehnat qurollari Farg‘ona vodiysidagi Selungur makonidan va Toshkent vohasidagi Ko‘lbuloq manzilgohidan ham topilgan. Bular qo‘pol tosh qurollar bo‘lib, ularning bir tomoni urib o‘tkirlangan. Arxeologiya fanida bu tosh qurollar chopperlar deb nomlangan. Tabiat insonga nimani in’om etsa, odam shuni olgan, topgan yeguligi bilan qanoatlangan. Shuning uchun ham kishilarning eng qadimiy mashg‘uloti bo‘lgan termachilik va ovchilik o‘zlashtiruvchi xo‘jalik deb ataladi.



Boysun tog‘laridan topilgan Teshiktosh g‘ori o‘rta paleolit davri madaniyatining jahonga mashhur yodgorligi hisoblanadi. Teshiktosh g‘oridan tosh qurollari ularning parchalari, tog‘ echkisi, kiyik, yovvoyi ot, qoplon, quyon, mayda kemiruvchilar, shuningdek, qushlarning suyaklari topilgan. Teshiktosh g‘orida topib tekshirilgan, tosh asriga mansub 8 – 9 yashar neandertal bolaning suyak qoldiqlari eng mashhur topilmadir. Bola jasadi qabrga ko‘milgan. Jasad atrofi ga tog‘ echkisi shoxlari qadab chiqilgan. Murdaning dafn etilishi dastlabki diniy e’tiqodlar bilan bog‘liq bo‘lgan.

Odamlar guruhi jamoasining biror hayvon yoki o‘simlik turi bilan qarindoshlik aloqasiga ishonish totemizm deb ataladi. Odamni o‘rab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga e’tiqod fanda animizm nomini olgan. Qadimgi odamlar u yoki bu buyumlar omad keltirishiga yoxud balo-qazoni bartaraf etishiga ham e’tiqod qilganlar. Bu e’tiqod fetishizm nomini olgan. So‘nggi paleolit davriga oid g‘orlar devorlarida topib tekshirilgan rasmlar ham qadimgi odamlarning diniy tasavvurlari to‘g‘risida hikoya qiladi. Bunday rasmlardan eng qadimiylari Ispaniyadagi Altamir, Fransiyadagi Lasko va Boshqirdistondagi Kapova g‘orlaridan topilgan.




Download 39,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish