Ibtidoiy jamoa tuzumi – insoniyat tarixining boshlang‘ich davri bo‘lib, bu paytda barcha mehnat qurollari umumiy bo‘lgan va hamma birgalikda mehnat qilgan.
Ibtidoiy to‘da bu – turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan eng qadimgi odamlar jamoasi.
Urug‘ bu – birgalikda yashagan va mehnat qilgan, umumiy mehnat qurollari va qurol-yarog‘larga ega bo‘lgan qarindoshlar jamoas. Dastlabki urug‘ jamoalari ayol kishi, ya’ni ona atrofida jipslasha boshlagan. Insoniyat tarixidagi bu bosqich ona urug‘i davri – matriarxat deb ataladi.Erkaklar boshchilik qilgan davr esa patriarxat davr deyiladi.
Eng qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurollarini toshdan yasagani tufayli arxeologlar insoniyat tarixining boshlanishini «tosh davri» deb atashadi. Tosh davri ancha uzoq davom etgan, shuning uchun ham uni quyidagi bosqichlarga ajratishadi, jumladan:
– qadimgi tosh davri – paleolit (yunoncha «paleos» – «qadimgi» va «litos» – «tosh» so‘zlaridan);
– o‘rta tosh davri – mezolit («mezos» – «o‘rta»);
– yangi tosh davri – neolit («neos» – «yangi»);
– mistosh davri – eneolit (lotincha «eneus» – «mis» va yunoncha «litos» – «tosh»).
Paleolit davrining o’zi quyidagilarga bo’linadi: Paleolit
Do'stlaringiz bilan baham: |